David Yum (1711-1776)

Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg universiteti va Lya-Flesh nomli farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning davomi…

Mixail Vasilevich Lomonosov (1711-1765)

Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan. U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kiyevdagi diniy akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim davomi…

Deni Didro (1713-1784)

Frantsuz faylasufi Deni Didro Frantsiyaning shimoli-sharqiy qismidagi Langr shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Dastlabki ta’limni 8-9 yoshida Langrdagi diniy kollejda oldi. 12 yoshida Parijdagi d‘ Arkur nomidagi diniy kollejga o‘qishga yuborildi. Kollejni tamomlagach, san’at magistri degan unvonga sazovor bo‘ldi. Otasi davomi…

Leje-Mari Deshan (1716-1774)

Farang faylasufi Deshan Frantsiyaning Renn (Bretan) shahrida kichik amaldor oilasida dunyoga keldi. U 17 yoshidan boshlab hayotini Montray-Belle ibodatxonasida o‘tkazgan. Deshan o‘ta kuzatuvchanligi, o‘tkir aqli va benihoya hurfikrligi bilan boshqalardan ajralib turgan. U «Hamma narsa», «Bir butun», «Hech narsa» degan davomi…

Grigoriy Savvich Skovoroda (1722-1794)

G.S.Skovoroda Ukrainaning Poltava guberniyasidagi oddiy kazak oilasida dunyoga keldi. 16 yoshida Kiyev Akademiyasiga o‘qishga kirdi. U Yevropaning Vengriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarida bo‘lgan. Qaysi davlatga borishidan qat’i nazar, avvalo o‘sha yerdagi universitetlarda ma’ruza tinglashga shoshilgan. U shu tariqa uch yil davomi…

Immanuil Kant (1724-1804)

Germaniyalik mutafakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand usta oilasida tug‘ilib o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to‘rtinchisi bo‘lgan. Kant bolalik va o‘smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli nimjon, jizzaki hamda vahimachi edi. 1745 yilda u Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. davomi…

Robine Jan Batist Rene (1735-1820)

Frantsuz faylasufi Robine Renne shahrida kambag‘allashgan dvoryan oilasida tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi parlament matbaachisi bo‘lgan. Robine 1760 yili Gollandiyaga ko‘chib o‘tadi. 1761-1766 yillarda «Tabiat haqida» nomli asari ustida ishlab, uning to‘rt jildini nashrga tayyorlaydi. Robine 1820 yilda Renne shahrida vafot davomi…