Baltasar Grasian (1601-1658)

Baltasar Grasian Ispaniyaning Blemonte qishlog‘ida e’tiborli shifokor oilasida tug‘ilib o‘sdi. U bolaligidanoq o‘z iste’dodi bilan boshqalardan ajralib turgan. Baltasar 1619 yilda diniy maktabga o‘qishga boradi. 1619-1623 yillarda falsafadan saboq oladi. 1623 yilda esa Saragosda ilohiyot ilmini o‘rganadi. Faylasufning «Qahramon» (axloqiy-ilmiy davomi…

Fransua de Laroshfuko (1613-1680)

Farangistonlik faylasuf gertsog Fransua de Laroshfuko qirol xonadoniga qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan kiborlar oilasida tug‘ilib o‘sdi. Laroshfukoning bolalik yillari Anumua muzofotining Vertey qal’asida joylashgan ota mulkida o‘tgan. Oilaning to‘ng‘ich farzandi (farzandlar jami 12 nafar edi) bo‘lgani uchun uni otasining ismi davomi…

Blez Paskal (1623-1662)

Farangistonlik riyozatchi, tabiiyotshunos olim va faylasuf Blez Paskal Kleromonda istiqomat qiluvchi oqsuyak oilada tug‘ilib o‘sdi. Uning Jilberta ismli opasi va Jaklin ismli singlisi bo‘lgan. Kichkintoy Blez endigina yurishni boshlagan kezlari nogohon kasallikka chalinadi. Kundan-kunga ahvoli og‘irlashib, ozib-to‘zib ketadi. Bundan tashvishga davomi…

Jon Lokk (1632-1704)

Ingliz faylasufi Jon Lokk Angliyaning janubi-g‘arbidagi Somerset grafligiga qarashli Rington shaharchasida tug‘ildi. Lokkning otasi advokat bo‘lib, Kromvel armiyasining otliq eskadroniga qo‘mondonlik qilgan. Jon Lokk Oksford dorilfununi qoshidagi diniy kollejda ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot ilmini o‘rgandi. 1656 yilda u Oksford dorilfununining davomi…

Barux Spinoza (1632-1677)

Gollandiyalik faylasuf Barux Spinoza Amsterdamda savdogar oilasida dunyoga keldi. U yahudiylarning Amsterdamdagi 7 yillik maktabiga o‘qishga bordi. Ammo o‘qishni tamomlashga ulgurmadi. Chunki otasiga savdo ishlarini yuritish uchun yordamchi kerak edi. Otasining o‘limidan keyin Spinoza bir necha yil savdogarlik bilan mashg‘ul davomi…

Jan de Labryuyer (1645-1696)

Farangistonlik mutafakkir, yozuvchi Jan de Labryuyer o‘rtahol shaharlik oilada dunyoga keldi. U avvaliga kollejda, keyin Orlean dorilfununining huquqshunoslik kulliyotida tahsil oldi. 1673 yilda Labryuyer Kan muzofotining bosh moliyaviy xazinachisi lavozimini egalladi. Labryuyer o‘z zamondoshi bo‘lmish mashhur notiq, yirik din arbobi davomi…

Benjamin Franklin (1706-1790)

Amerikalik faylasuf olim, siyosatchi, diplomat va ixtirochi Benjamin Franklin ingliz muhojiri Jozef Franklin oilasidagi 17 farzandning sakkizinchisi edi. Uning otasi hunarmand bo‘lib, sovun va sham ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Yosh Benjamin o‘zi mustaqil tahsil olgan. U birinchi bo‘lib tebranma o‘rindiqni davomi…