Abdulla Qodiriy. Birinchi may (1923)
Birinchi may kuni bizning basharamiz irjaygan, ikkinchidan boy, ulamo, ashqiyolarning basharasi tirjaygan kundir. Birinchi may biz o‘ynag‘an, kulgan; mustamlakachi «mushfiq mehribonlarning» qon yig‘lag‘an, kuygan kunidir. Birinchi may butun dunyo mehnatkashlarining birlashkan bayrami, butun dunyo ifloslarining bir-birlari bilan it-mushuk bo‘lub ajrashqan davomi…