Abdulla Oripov. Ehtiyoj farzandi (1977)

Pushkinning zamondoshi Gnedich: «Shoirlar barmoqlarini so‘rib tamaddi qiluvchi ayiqlarga o‘xshaydilar», degan ekan. O‘ylab qarasangiz bu gap shoirlik ishining tabiatiga anchayin mos keladi. Negaki, she’r yozib turgan shoir o‘sha daqiqada faqat she’r zavqi bilan yashaydi. Uning yaratayotgan asari boshqalar uchun balki davomi…

Naim Karimov. Asil Mansur qismati

1937-1938 yillardagi siyosiy qatag‘on Namangan viloyatida istiqomat qilgan maorif va madaniyat xodimlarining katta bir guruhini ham o‘z girdobiga tortgan. Endigina 32 yoshga qadam qo‘ygan, adabiyot va jurnalistika sohasidagi dastlabki ishlari bilan el og‘ziga tushgan Asil Mansur 1937 yilning shunday begunoh davomi…

Sulton Akbariy (1923-1997)

Sulton Akbariy (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 —Toshkent — 1997.3.6) — shoir, jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45). «Lenin uchquni» (1946—47), «Yosh leninchi» (1952—53), «Qizil O‘zbekiston» (1953—59) gazetalarida ishlagan. Badiiy davomi…

Vali G‘afurov (1922-1995)

Jangchi-yozuvchi Vali G‘afurov 1922 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. Samarqand viloyat maktablarida o‘qituvchilik qilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Stalingrad ostonalarida ikki ko‘zi, bir oyog‘idan ajralib, nogiron bo‘lib qolgan. U jangdan qaytgach, o‘qituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi. davomi…

Vahob Ro‘zimatov (1921-2006)

Vahob Ro‘zimatov (1921.17.11, Toshkent – 2006) — jurnalist va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1976). Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), «Sharq yudduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1945—55), bosh muharrir o‘rinbosari (1960—71), «Guliston» jurnalida mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari (1971—81), davomi…

Habib Po‘latov (1920-1989)

Habib Po‘latov 1920 yilning 20 fevralida Toshkentning hozirgi Qatortol dahasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lajak yozuvchi Toshkent pedbilim yurtini bitirib, 1940 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘qituvchilar tayyorlash bir yillik kursiga kirib o‘qiydi. Toshkent va Qashqadaryo viloyati maktablarida davomi…

Mahmud Murodov (1916-1996)

Kichkintoylar adabiyotining taniqli vakili Mahmud Murodov 1916 yili Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi 9-, 17-bolalar uylarida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Kichik-kichik hikoya va lavhalari bilan jurnallarda faol qatnashadi. 1955 yildan «Gulxan» jurnalida mas’ul kotib, 1958 yildan umrining oxirigacha «G‘uncha» jurnalida mas’ul kotib lavozimida davomi…