O‘zbekiston–Evropa Ittifoqi: muhim bitim bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi

Foto: YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA) bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. 6 iyul kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili/Evropa komissiyasi vitse-prezidenti mahkamasi rahbari Pedro Serrano va davomi…

Malayziya vaziri: “Turizm va madaniyat – O‘zbekiston bilan hamkorlikning strategik yo‘nalishlari”

Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilk bitiruvchi talabalariga Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri Nensi Shukri o‘z tabriknomasini yo‘lladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. “Malayziya va O‘zbekiston uzoq yillik bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik an’analariga davomi…

Xolis. Qandil

Xolis. Qandil: She’rlar. — T.: Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. — 80 b. Keksa g‘azalxonlarimizdan biri domla Xolisning ushbu «Qandil» majmuasi shoir umrining oxirgi pallalarida iqtidori darajasida baholi qudrat yozilgan g‘azallardan tarkib topdi.

Nabijon Boqiy. Xorazmlik olmonlar

Qizim Uzro bonuga bag‘ishlayman Xorazmni qazsangiz agar, Yer ostidan dunyolar chiqar… Matnazar Abdulhakim Olmoniyaga Xorazmdan oltmish-etmish oila ko‘chib borib, muqim yashab qolishi mumkinmi? Maktab qurib, masjid tiklab, urf-odatlarini saqlab qolishi,  musulmon o‘zbek sifatida halol ter to‘kib, hayot kechirishi mumkinmi? Bundan davomi…

Ko‘llar qanday hosil bo‘ladi?

Ko‘llar dengizlardan olisda joylashgan, Yer yuzasidagi botiqliklarni to‘ldirgan suv havzalaridir. Bu botiqliklar basseynlar deb ataladi. Ko‘llar suvning past joylarga oqib, to‘planishi natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘llar suvining asosiy qismini yomg‘ir va erigan qor suvlari tashkil etadi. Suv basseynga jilg‘alar, katta-kichik daryolarning davomi…

Hofiz Rustam (1951)

Hofiz Rustam (Hafiz Rüstəm) – Mir Hofiz Mir Ashraf o‘g‘li Rustamov 1951 yil 8 yanvarda Salyanda tug‘ilgan. Shoir, publitsist, sharqshunos olim, tarjimon. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. MENI KUT To‘kilib yo‘llarga hasrat yog‘dusi, To‘kilib yo‘llarga ona boqishi, Tutib yo‘l bo‘ylarin chechak davomi…