Mirzapo‘lat Toshpo‘latov (1952)

Mirzapo‘lat Toshpo‘latov 1952 yili Qarshi tumanining Dashtfayziobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan (1970—1976). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy-badiiy targ‘ibot markazida, «O‘zbektelefilm» studiyasida xizmat qilgan. Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning yozuvchi sifatidagi faoliyati 1975 yilda «Guliston» jurnalida chop etilgan «Sodiq» nomli hikoyasi davomi…

Shomirza Turdimov. Alpomish va Otabek

Abdulla Qodiriyning yozuvchilik talanti, badiiy salohiyati “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarida namoyon bo‘lgan. Yozuvchi bu asarlarida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga an’anaviy adabiyot va xalq badiiy tafakkur tarzini yangi o‘zan — realistik bayon usuliga o‘tkazish orqali erishgan. Yuzaga kelgan shart-sharoit, davomi…

Mahmud Toir (1952)

Mahmud Toirov 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumani, Parkent qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Yangi asr avlodi” nashriyoti, O‘zbekiston radiosida faoliyat yuritgan. Hozirda “Parkent tongi” gazetasining bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent davomi…

Abay. Yurak amri bilan (“Qora so‘z” asaridan)

Tirik odam uchun eng muhimi — yurak. “Botirlik” va “qo‘rqoqlik” xislatlari “yurak”dan tug‘iladi. Xalq botirni “yurakli”, qo‘rqoqni esa, “yuraksiz” deydi.Rahmdillik, birovning qayg‘usiga hamdardlik kabi olijanob insoniy fazilatlar yurak tuyg‘usidir. Shoshqaloqlik ham yurakning ishi. Agarda, til yurakning aytganiga ko‘nsa, yolg‘on so‘zlamaydi. davomi…

Qutlibeka Rahimboyeva (1952)

Qutlibeka Rahimboyeva 1952 yil 9 fevralda Turkmaniston Respublikasiga qarashli Toshhovuz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1994). Farg‘ona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan (1974). O‘rta maktabda, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at davomi…

Eng parhezbop mahsulot

Evropa parhezshunoslar assotsiatsiyasi tomonidan shu yil bahorda e’lon qilingan ma’lumotda quyon go‘shti eng parhezbop mahsulot sifatida tilga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, odam organizmi quyon go‘shtini juda yaxshi hazm qilarkan. Unda allergiya qo‘zg‘ovchi unsurlar, masalan, parranda go‘shtiga nisbatan ham juda kam bo‘larkan. davomi…

Xurshid Davron (1952)

Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda ishlagan (1974— 94). Ma’naviyat va ma’rifat markazida rahbar o‘rinbosari (1994—96), davomi…

Anvar Namozov. Vladimir Mayakovskiy. Yurakka uzilgan o‘q

Vladimir Vladimirovich Mayakovskiy – rus shoiri, XX asrning yirik ijodkorlaridan biri. Uning she’rlari otashin misralarga to‘la, satrlarida qizg‘inlik, kuchli ehtiros yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mayakovskiy shoirlikdan tashqari, dramaturg, kinostsenariynavis, kinorejissyor, “LEF” (“Leviy front” – “Chap front”), “Yangi LEF” jurnallari muharriri sifatida davomi…