Akademik Azizxon Qayumov vafot etdi

Adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1961) Azizxon Qayumov 2018 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida vafot edi. Azizxon Qayumov 1926 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Po‘latxon Qayyumovning o‘g‘li.  Filologiya fanlari doktori, davomi…

Abdurahim O‘tkir (1923-1995)

Abdurahim O‘tkir ئابدۇرېھىم ئۆتكۈر) 1923) yili Shinjonning Qumul shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi Abdurahim O‘tkirning “Umr manzillari”, “Uyg‘ongan zamin” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning “Qashqar kechasi” nomli dostoni Xitoyda o‘tkazilgan kam sonli millatlar adabiy tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Abdurahim O‘tkir 1995 yili Urumchida davomi…

Mark Brayet (1925-2003)

Mark Brayet (Mark Braet; 7 iyul 1925, Nivport, Belgiya – 6 fevral 2003, Bryugge, Belgiya) – belgiyalik shoir. Niderland tilida ijod qilgan shoirning she’rlari Belgiya zamonaviy she’riyatiga erkinlik shabadalarini olib kirgan. Mark Bratning “Bo‘ron onida o‘n sakkiz qadam” (1950), “Berilgan davomi…

Arnold Sauven (1857-1938)

Arnold Sauven (Arnold Sauwen) — flamand shoiri. Niderland tilida ijod qilgan. Impressionizmning keyingi shoirlari qatorida bo‘lgan. Bu avlod shoirlari (Sauven, Langendonk, Karel van de Vusteyne) shahar shovqinidan uzoqda halovat va huzur topgan. Sauvenning eng yaxshi she’rlari Limburg viloyatining tabiatidan zavqlanib davomi…

Albrext Rodenbax (1856-1880)

Albrext Rodenbax (Albrecht Rodenbach, 27 oktyabr 1856, Ruselare, Belgiya — 23 iyun 1880, Ruselare, Belgiya) — flamand shoiri, yozuvchi, flamand adabiyotini tiriltirish harakati asoschisi. Niderland tilida ijod qilgan. Diniy seminariyada o‘qiyotgan kezlari o‘sha yerda dars bergan Gvido Gezellening ta’siri kuchli davomi…