Xislat (1880-1945)

Xislat (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo‘ja Orifxo‘ja o‘g‘li) (1880.10.5 Toshkent — 1945.8.6) shoir va tarjimon. O‘zbek mumtoz adabiyotining so‘nggi namoyandalaridan biri. 16—17 yoshlarida Toshkent shahri Kesaqqo‘rg‘on mahallasidagi madrasaga o‘qishga kirib, arab va fors tillarini mukammal o‘zlashtirgan; o‘zbek, ozarbayjon, turk, fors va davomi…

Usmon Turkoy (1927-2001)

Usmon Turkoy 1927 yilning 16 fevralida tavallud topgan. Girna shahrida ingliz oliy maktabiga kirib o‘qigan. So‘ng Angliyada Hozirgi zamon tillari maktabining gazetachilik-jurnalistika bo‘limida tahsil ko‘rgan. London universitetining falsafa fakultetini tugatgan. Usmon Turkoyning ingliz hamda turk tillarida 30 ga yaqin kitobi davomi…

Qurbondurdi Zaliliy (1780-1836)

Turkman mumtoz adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Qurbondurdi Zaliliyning (Gurbandurdy Zelili) axloqiy-didaktik, falsafiy, ishqiy, diniy mavzulardagi she’rlari xalqonaligi, mazmunan teranligi, serma’noligi bilan xuddi Maxtumquli asarlari singari xalq orasida mashhur bo‘lgan. Uning ko‘plab she’rlari nafaqat turkman hofizlari, balki o‘zbek san’atkorlari davomi…

Abdurahmon Jomiy (1414-1492)

Jomiy (عبدالرحمن جامی) (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom – 1492.8.11, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan bo‘lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi «Dilkash» (Navoiy davomi…