Sayin Muratbekov. Ultug‘an (hikoya)

Ultug‘anning boshiga og‘ir musibat tushdi, onasidan judo bo‘lgani yetmaganday, otasi ham qazo qildi. Yor-birodarlar ta’ziya bildirgani kela boshladilar. Motamning uchinchi kuni ham o‘tdi. Shundan so‘ng hassakashlar birin-sirin uy-uylariga tarqaldilar-da, eng yaqin jigarlar Ultug‘anni yonlariga o‘tqazishib yupatgan, tasalli bergan bo‘ldilar: − davomi…

Farrux Atayev. Mushtarak ildizlar (Tilimiz haqidagi shaxsiy mulohazalar)

Borliq haqidagi hozirga qadar to‘plangan jamiki bilimlar ummon emas, aslida, ummondan tomchidir. Bu bilim ganjinalarining yaratilishida avvalo insonlarning aqli-zakosi-yu muloqot vositasi bo‘lmish til va adabiyotning o‘rni beqiyos. Shuning uchun butun bashariyatning o‘zaro hamkorligi mahsuli bo‘lgan ko‘pgina tushunchalaru qadriyatlar umumiydir. Masalan, davomi…

Usmon Azim. Kuz kunlari, bahor kunlari… (triptix – uch hikoya)

1. IShXONADAGI KO‘RGAZMA Asror Valiyevich ishning odami. Bugungi yumushni ertaga qo‘ymay, jon–jahdi bilan tirishib ishlaydiganlar toifasidan. U idorasiga kelib taqaladigan yuzlab muammolarning kalavalarini qo‘lida mahkam ushlab turadi. Bu kalava chuvalib–chuvalib, ado bo‘lgunga qadar zinhor–bazinhor ko‘zdan qochirmaydi. Dasturlangan allaqanday mashinaday bir davomi…