2018 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, hikoyalar, she’rlar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 552 961 tani (www.ziyouz.com — 4 707 615; www.ziyouz.uz — 845 346) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15313 kishi). Tashrif buyurganlarning 68 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (11%), Qozog‘iston (5%), Tojikiston (3%), davomi…

Karlos Fransisko Changmarin (1922-2012)

Karlos Fransisko Changmarin (Carlos Francisco Chang Marín) – shoir, hikoyanavis, rassom va bastakor. She’rlarida sun’iy ohanjamalik o‘rnida soddalikni, soxta dabdabayu balandparvozlik o‘rnida samimiyatni ko‘rasiz. “Fig‘on” (1948), “Moddiy she’r­lar” (1956), “Panama qo‘shiqlari” (1963) va boshqa she’riy kitoblari chop etilgan. Bir necha davomi…

Rikardo Miro (1883-1940)

Rikardo Miro (Ricardo Miró) – atoqli panama shoiri. Uning she’rlari timsollar aniqligi, sermazmunligi, tushunarliligi bilan ajralib turadi. Shoirning “Muqaddima” (1908), “Tinch okean afsonalari” (1919), “Vatanparvarlik lirikasi” (1925) kabi she’riy kitoblari chop etilgan. Panamada shoir nomida adabiy mukofot ham ta’sis etilgan. davomi…

Sobit Madaliyev. Quyoshni sog‘inib

Sobit Madaliyev. Quyoshni sog‘inib: She’rlar va dostonlar. [Ruschadan tarjima]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. Sobit Madaliyev 1949 yilda Jambul shahrida tug‘ilgan A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutining rejissyorlik fakultetida ikki yil o‘qigan, Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot davomi…

Ozoda Bekmurodova. Yurak zarblari

Ozoda Bekmurodova. Yurak zarblari: she’rlar / taqrizchi N.Jo‘rayev. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. Iste’dodli shoira Ozoda Bekmurodova «So‘z — eng yorug‘ qismatimdir!» degan sobit aqida bilan qalam tebratayotgan ijodkorlar sirasiga kiradi. Ozodaning she’rlarida ko‘ngil kishisining eng davomi…