Firuza Muhitdinova. Ajdodlar ruhiga mangu ehtirom

Qadimda qo‘llanilgan tug‘­lar davlat bayroqlarida, tam­g‘alarda o‘z aksini topganini sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Amr qildimki, qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora berib, uni “bahodir” davomi…

Yoqub Umar o‘g‘li. Kasalxonada (hikoya)

Nazokat bilan salom berib, kasalxona palatasiga kirdik.Uch kishilik palataga shosha-pisha kirgandik. G‘ildirakli aravachadagi o‘g‘lim, rafiqam, do‘stligini ko‘rsatib, dardimizni yengillashtirgan doktor og‘aynim va men. O‘z dardiga g‘arq bo‘lgan kichik bir guruh. Palatada biz bilan bo‘ladigan bemorlar orasidan yoshrog‘i – qalin, uzun davomi…

Xo‘jageldi Kultegin (1960)

Xo‘jageldi Kultegin (Kojogeldi Kultegin) 1960 yil 18 fevralda Qirg‘izistonning Qoragulja tumani Alayku ovulida tug‘ilgan. Zamonaviy qirg‘iz shoiri, dramaturg, tarjimon, jamoat arbobi, Aliqul Osmonov nomidagi mukofot laureati. Qirg‘iz Respublikasi xalq shoiri (2016), Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi (2004). OYJAMOL Kechang davomi…

Jumanazar Beknazarov. Loqaydlik zinapoyalaridan (1990)

Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor Jumanazar Beknazarov bilan suhbat — Jumanazar aka, suhbatimizni boshlashdan oldin o‘tgan kunlarga bir nazar tashlab olsak, zero bu suhbatimiz mavzusiga bevosita aloqador, deb o‘ylayman. «Hokimiyat Sovetlarga!» degan dabdabali shiorning yoshi yetmishdan oshib qoldi. O‘tgan vaqt mobaynida davomi…

Muhammad Ali. Do‘stim haqida xotiralarim

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan 1965 yilda tanishgandim. Endigina Moskvadagi Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti 4-kurs talabasi maqomida Toshkentga amaliyot o‘tkazish uchun kelgan kunlarim edi. Tush vaqti, Toshkentning Navoiy ko‘chasidagi 30-uyning uchinchi qavatida bufet oldidan o‘tib ketayotgandim, uch davomi…

Olloyor Begaliyev. Bolajon ijodkor

To‘lqin Eshbek ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekis­ton Milliy universiteti) jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan chog‘laridayoq darslardan so‘ng tahririyatlarga oshiqardi. “Guliston” jurnali tahririyatida Oqiljon Husan, “Gulxan” jurnalida Xudoyberdi To‘xtaboyev bilan tanishib, ulardan ijodiy mahorat sirlarini o‘rganganlarini hayajon bilan so‘zlab yurardi. So‘ng, davomi…