Rahmon Qo‘chqor. “Tolko‘prik”dan inson qalbi sari

Taniqli adabiyotshunos Umarali Normatovga xat Assalomu alaykum, muhtaram ustoz! Tiriklik, tirikchilik tashvishlariga o‘ralashib, Sizdan tez-tez xabar ololmayotgan ukangizni ma’zur tutasiz, avvalo. Sog‘-omon yurganingizga, Sizga umrbod hamrohlik qilayotgan hayrat hissiga ko‘z tegmasin, iloyim. Uzoq o‘ylab, ko‘pchilikni ko‘z oldimdan o‘tkazib, bu izhorni davomi…

Nurboy Jabborov. Zulfiqor ruh orzusi

Muayyan ijodiy kontseptsiyasiga ega bo‘lgan shoir yoki adibgina adabiyot olamida munosib e’tirof qozona oladi. Ijodiy kontseptsiya, o‘z navbatida, ijodkorning adabiy-estetik idealida to‘laqonli namoyon bo‘ladi. Jumladan, chinakam shoir she’riyatga faqat o‘zigagina xos talablar asosida yondashadi; ijodda qat’iy mezonlarga tayanadi, undan zarracha davomi…

Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?

«Yangi kitob» nashriyoti va ziyouz.uz portali hamkorlikda kichik tadqiqot o‘tkazdi. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. Shu tariqa o‘ziga xos ma’lumotlar zaxirasi jamlandi. Atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – davomi…

Adabiyot muxlislari uchun yangi “Ijod olami” jurnalini kutib oling!

2017 yildan adabiyot muxlislari uchun “Ijod olami” jurnali chop etila boshladi. Adabiy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda faoliyatni rejalashtirgan ushbu jurnal muassisi “Ijod olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Jurnalning 2-sonida qiziqarli asarlar bilan tanishasiz. “Suhbat” ruknida Sayyora Rashidovaning “Otam haqida xotira yozishga jur’atim davomi…

Abror Muxtor Aliy: “Ramazon — ilm va kitobxonlik oyidir” (2017)

Abror Muxtor Aliy 1976 yili Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992 yil o‘rta maktabni bitirib, Andijonda “Abdussalom Maxdum” madrasasida tayyorlov kursida o‘qigan. 1996 yilda Andijondagi “Sayyid Muhyiddin Mahdum” madrasasida tayyorlov kursida tahsil olgan. 1998‑2000 yillarda Namangandagi “Mulla Qirg‘iz” madrasida davomi…

Umarali Normatov, Hamidulla Boltaboyev. Yangi nazariy tamoyillar (2008)

Hamidulla Boltaboyev: Hammamiz yaxshi bilamizki, adabiyot nazariyasi ming yillar davomida amalga oshirilgan qonuniyatlar bilan emas, hayotni badiiy tahlil qilish asosida rivojlanadi. Amalda yaratilgan har bir daho, hech bo‘lmasa, original asar nazariy qoidalarni boyitibgina qolmay, avvalgi eski qoliplarni sindiradi. Undagi yangilik davomi…

Mansurxon Toirov. Sen naqadar totlisan, Istiqlol!

Boris Polevoyning “Chin inson haqida qissa”sini tengqurlarim ichida o‘qimagani yo‘q, desam yanglishmayman. Uning bosh qahramoni Aleksey Meresevning harbiy samolyotini dushman urib tushirgach, u uzoq vaqt behush bo‘lib yotadi. Hushiga kelgach, qor ustida sudralib bo‘lsa ham, o‘zinikilarga yetib olishga harakat qilgan davomi…

«Yoshlik» jurnalining 2016 yil sonlari to‘liq to‘plami

“Yoshlik” № 1, 2016 DEBOChA Tarbiyaning oltin tamoyili ADABIY GURUNG Nizom Komil: To‘g‘ri tarjima – yaxshi tarjima degani emas… NAZM Vohid Luqmon. Nafasing ko‘ksimni nurga to‘ldirar Yulduz O‘rmonova. Shabnam ko‘zlaringday musaffo BOBOSO‘Z Navoiydan 9 SMS Ming qarg‘ag‘a bir kesak NASR davomi…