Chjiguy Kun
HAYoT Tik qoya yuksalgan osmonga qadar, Quyosh nurin to‘sar qalin o‘rmonzor. Cho‘qqilar bag‘riga kelmaydi ko‘klam, Tog‘ boshidan qorlar ketmas yozda ham… Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.
HAYoT Tik qoya yuksalgan osmonga qadar, Quyosh nurin to‘sar qalin o‘rmonzor. Cho‘qqilar bag‘riga kelmaydi ko‘klam, Tog‘ boshidan qorlar ketmas yozda ham… Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.
UMRNING UFQI Yuragimda qayg‘u uyqum kelmaydi. Uyqu ham quvolmas g‘amimni hargiz! Oyning yog‘dusida qor yaltiraydi, Sovuq shamol esar yovvoyi, yovuz. Vaqt juda tez o‘tar – kutmaydi, aslo, Umrimning ufqiga botaman asta… Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.
YILNING TO‘RT FASLI Bahor yomg‘iridan ko‘l to‘ldi lim-lim, Yozning tog‘larida ajib sukunat. Kuzgi to‘lin oydan nur yog‘di sim-sim, Qishda qarag‘aylar yashnagay faqat. Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.
NASTARIN ChORBOG‘I * * * Qadimgi donolar davridagidek Bizlar ham navbahor sayrin istadik. Qirlar, adirlarga talpindi yurak, Boychechak qidirdik, lola izladik. Daraxtlar osmonga bo‘y cho‘zdi birga, Yaylovlar to‘shaldi yalang‘och yerga. Bulutlar o‘rladi ko‘kka tutundek, Pildirab muzlarni eritdi jilg‘a. * * davomi…
“Amakivachchamga bag‘ishlayman” turkumidan * * * Qarag‘ay tebranar Qoyada yolg‘iz. Dalada shamollar esar shitob, tez. Naqadar Qahrli uvullar dovul, Sindirmoqchi bo‘lar Qarag‘ayni ul! Qish kelar – beshafqat qirov ham, muz ham, Qarag‘ay bariga chidaydi bardam. U pisand qilmaydi ayozni nechun? davomi…
Voqelik. Ilmlar. Orzu Gazetada qandaydir maqolani o‘qiyotib bir fikrga keldim. Muallif uni biolog Nikolay Vladimirovich Timofeev — Resovskiyning fikri sifatida taqdim etipti. “Hech narsa, hech qanaqa ilm-fan chinakam bilim bermaydi”. Sirasini aytganda, dastavval shuni ta’kidlamoq kerakki, hech kim hech qachon davomi…
Abulqosim Firdavsiy o‘zining mashhur “Shohnoma” dostoni boshlanishida Eron saltanati ravnaqini, shu bilan birga butun insoniyat taraqqiyotining eng muhim bosqichlarini ham realistik uslubda, ham badiiy-fantastik voqealar orqali tasvirlaydi. Sevimli farzandi Siyomakdan ayrilganiga qayg‘urib, dod-faryod bilan yashar ekan, unga Oliy tangri Xurmuzd davomi…