Buy Sim Sim (1969)

Buy Sim Sim zamonaviy Vetnam shoiralaridan biri. Xanoy davlat universitetini tamomlagan. Bir qancha xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Hozirda poytaxt Xanoyda yashab ijod qiladi. Shoiraning kitoblari mamlakatda eng ko‘p sevib o‘qiladigan asarlardan hisoblanadi. ANNAGA ATALGAN HISLAR Anna Karenina! Ehtimol, davomi…

Lo Ngan Shun (1945-2013)

Lo Ngan Shun taniqli shoir, Vetnam Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bir qancha kitoblar, stsenariylar muallifi. GO‘ZAL Go‘zal Qorga mengzaydi u, Qo‘l tekkizsang – xo‘p qaynoqqina. Go‘zal olovmonand – muzdayin Nayzasini sanchar qo‘llaring tegsa. Istamaysanmi sipqorishni Bir qultum suv kabi? Qara – davomi…

Vaagn Karents (1924-1980)

Vaagn Karents – shoir va tarjimon. Yerevan pedagogika instituti va Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. “Yomg‘irdan so‘ng”, “Lolalar”, “Qordagi izlar”, “Kechki yo‘llar”, “Tog‘ etagida” kabi she’riy kitoblari nashrdan chiqqan. Rus va kurd tillaridan adabiy tarjimalar qilgan. SENING ISMING Oppoq dalalarga davomi…