Mavlaviy-Jununiy (1800-1877)

Nodir so‘z san’atkori, murshidi komil, ulug‘ shoir, mutafakkir alloma, orif oshiq, Mavlaviy-Jununiy (مولوی جنونی) hijriy-qamariy 1216, milodiy 1800 yilda Afg‘oniston mamlakatining Qandahor viloyatida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. U zotning shajaradagi nisbasi hazrati Payg‘ambarimiz alayhissalom xonadonlariga borib taqaladi. Shoirning asl ismi davomi…

Artur Gorjes (1557-1625)

Artur Gorjes (Sir Arthur Gorges; 1569 – 10 oktyabr 1625, Chelsi, London) – shoir, dengiz kapitani, tarjimon. Oksford universitetini tamomlagan. UNING YuZI Uning yuzi                 Uning tili             Uning fahmi naqadar oq,               buncha shirin           o‘tkir biram avval davomi…

Xala (I-II asrlar)

“Etti yuz she’r” kitobidan * * * Qop-qora kechada zangori qabo Ostidan oq ko‘ksing porladi nogoh, Bulutlar qo‘ynidan yalt etib go‘yo Ko‘ringandek bo‘ldi oltin yuzli moh. * * * G‘amlar aro,tashvish,quvonchlar aro Odamlar qariydi,sevgi qarimas: Oshiq o‘lgandayam bo‘lmagay fano, Tirigida davomi…

Amaru (III-IV asr)

“YuZ ShE’R” kitobidan * * * “Ketgan qaytadi, xotin! Bas, hadeb yig‘layverma, Qara, rang yo‘q yuzingda!” – dedim yorimga dilgir. O‘zining yoshligidan uyalib, g‘amza ila Shivirladi: ”Sen ketsang, o‘lib qolaman, axir!” * * * Yosh ma’shuqa safardan qaytib kelgan erining davomi…

Abulvafo Xorazmiy (?-1432)

Muqaddas Xorazm zaminidan ko‘plab dunyoga mashhur aziz-avliyolar, olimu adiblar yetishib chiqqani ma’lum. Bu buyuk zotlar silsilasida Xoja Abulvafo Xorazmiyning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Alisher Navoiy bir qator asarlarida uni alohida hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Chunonchi, «Majolis un-nafois»da davomi…

Majdiddin Bag‘dodiy (1150-1217)

Musulmon olamida mashhur shayx Najmiddin Kubroning iqtidorli shogirdi hamda ulug‘ avliyo va otashnafas shoir Farididdin Attorning ustozi bo‘lgan Majdiddin Bag‘dodiy turli manbalarning xabar berishicha, Xorazmning Bag‘dodak degan qasabasida tug‘ilgan. To‘liq ismi va kuniyati — Abusaid Majdiddin Sharaf ibn Muayyad ibn davomi…