Asad Asil. Toptaganga tog‘ chidamas (2000)

Aslida xalq orasida bu ibora: “Yotib yeganga tog‘ ham chidamas” , deb yuritiladi. Qayoqqa qaramaylik, Alloh yaratgan nabotot olamini, dorivorlaru tabiat boyliklarini o‘z bilganlaricha bosib – yanchib, ochofatlarcha toptab o‘zlashtirishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Shunday yovuzliklarga o‘zlarini urayotganlarning deyarli barchasi tabiblik niqobini davomi…

Asad Asil. Orol yo‘llarida (1988)

HAYoT QUVONChLARI VA TAShVIShLARI!.. Mana shu gap hozirgi kunning muhim masalalari qatorida turibdi. Chunki jamiyatimizning barcha kishilari orzumand bo‘lgan nurafshon kelajak yo‘liga jiddiy muammolar birma-bir ko‘ndalang bo‘lib qolyapti: oy yuzli ayollarimiz o‘z jonlariga o‘zlari qasd qilmoqda, chiroyli urf-odatlarimizga yaramas illatlar davomi…

Asad Asil. Muvozanat (1988)

Yigirma-o‘ttiz yil muqaddam Bo‘stonliq chiroyini ta’riflashga til ojiz edi. Lekin bu ko‘rk, chiroy shiringina tush misol ko‘z o‘ngimizdan yiroqlashib bormoqda. Bor-yo‘g‘i yigirma-o‘ttiz yil oralig‘idagi yo‘qotish, salbiy o‘zgarishlarni ko‘rib, odamning hech ishongisi kelmaydi. Bolalik kezlarimizda meva va sabzavotlarga har xil dori davomi…

Asad Asil. Dam olish madaniyatini o‘rganaylik (2005)

Dunyoning ko‘plab so‘lim go‘shalarida, Karpat tog‘lari, Qora dengiz bo‘ylaridagi oromgohlarda bo‘lganman. Yurtimizning xushhavo maskanlarini ham kezib chiqqanman. Lekin bizning yurtdek tabiat manzarasi, iqlimi, to‘rt fasli ham rohatbaxsh jannat o‘lkani uchratmadim. Men tog‘da o‘sganman. O‘zbekiston tog‘li hududlari, ochig‘i, bahavoligi, o‘simliklar dunyosi, davomi…

Abdulla Qahhor. Paqir qo‘mondonlari (1963)

Yoz faslida, bir tuman markazidagi kitobxona yigirmatacha yozuvchini nom-banom aytib, uchrashuvga taklif qildi. Uchrashuvdan keyin jamoa xo‘jaliklarida adabiy suhbatlar o‘tkazdik, dalalarni kezdik. Bir jamoa xo‘jaligi dalasida g‘alati bir bog‘cha-yaslini ko‘rib qoldik. Bu «tarbiya o‘chog‘i» kattakon tut daraxti ostiga joylashgan bo‘lib, davomi…