Xulosa (So‘ngso‘z o‘rnida)

Ikki daryo — Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi o‘lka jug‘rofiy-tabiiy xususiyatlari jihatidan inson jamoasining rivoji uchun eng qulay bo‘lgan makonlardandir. Sersuv vodiylari, ko‘m-ko‘k qirbag‘irlari, daraxtzorlari, yer osti boyliklari odamlarning yashashi, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikning rivoji uchun tabiiy imkoniyatlarni vujudga keltirgandir. Shu sababdan davomi…

Shoxruhbiy

Shoxruhbiy ibn Ashurbiy (? – 1721), (1709-1721) Keyinchalik Qo‘qon xonligi deb atalgan davlatning asoschisi. 1709 yilda minglar alohida beklik tuzgan chodalik din peshvolari hokimiyatini ag‘dardilar va Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z qo‘lariga oldilar. Ming qabilasi yo‘lboshchilaridan biri Shohruxbiy hukmdor deb e’lon davomi…

Abdurahimbiy

Abdurahimbiy ibn Shohruhbiy (1700-1733, Xo‘jand) (1721-1733) Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni, Shoxruhbiyning o‘g‘li. U xushyor, oqil, donova tadbirkor edi. Abdurahimbiy davrida Qo‘qonda qal’a qurilgan bo‘lib, u xozirda “Eski qo‘rg‘on”deb ataladi. V.P. Nalivkinning ma’lumotiga ko‘ra, 1732 yilgacha uning qarorgohi Tikon To‘da davomi…

Abdulkarimbiy

Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy (1710-1750) (1733-1750) Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Shohruxbiyning o‘g‘li. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga o‘tirgan. Xonlik o‘rdasini Qo‘qon yaqinidagi Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko‘chirgan. 1746 yil O‘ratepa hokimi Fozilbiy yordamida Qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qo‘qon shahrida saroy, madrasa, davomi…

Abdurahmon

(tug‘ilgan yili nom’alum) (1750-1751 yillar, 6 oy) Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Abdulkarimbiyning o‘g‘li. 1750 yilda Abdulkarimbiy vafot etgach xonlik taxtiga o‘tirgan va atigi olti oygina hukmronlik qilgan. Ammo, olti oy o‘tgach u Marg‘ilonga hokim qilib yuboriladi. Taxtga esa Erdona davomi…

Erdonabiy

Erdonabiy ibn Abdurahimbiy (? – 1762 yil) (1751-1752; 2-marta – 1753-1762) Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Abdurahmon Qo‘qonda olti oylik hukmronligidan so‘ng xonlik taxtiga o‘tirgan. Uning hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortgan. U O‘sh, O‘zganni bo‘ysundirgan. 1758-1759 yillarda esa Xitoy davomi…

Bobobek

Bobobek ibn Abdurahimbiy (? – taxm. 1753) (1752-1753) Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Abdurahimbiyning katta o‘gli. Jung‘orlar (ba’zi manbalarda qalmoqlar) 1740 yillarda Qo‘qonni qamal qilganlarida Abdurahimbiy jiyani Bobobekni garov sifatida oq uylik qilib dushmanlarga berishga majbur bo‘lgan. Bobobek Qo‘qon yaqinidagi davomi…

Sulaymonbek

Sulaymon ibn Shodibiy (? – 1763 yil) (1762-1763, 3 oy) Qo‘qon xonligida 12 yil hukmronlik qilgan Erdonabiy vafot etgach (1762), Shodibiyning o‘g‘li Sulaymonbek taxtga o‘tqaziladi, lekin suiqasd tufayli uch oy hikmronligidan so‘ng o‘ldiriladi. Sulaymonbekning qotillari Abdulla Qushbegi, G‘urumsaroy hokimi O‘tov davomi…

Norbo‘tabek

Norbo‘ta (taxminan 1749-1798) (taxminan1763-1798) Qo‘qon xoni. Abdurahmonning o‘g‘li, Abdulkarimbiyning nabirasi. 14 yoshidan taxtga chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qo‘zg‘alon ko‘targan Xo‘jand begini yengib, shaharni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ammo, O‘ratepa nomigagina Buxoroga tobe bo‘lib qolgan.