Said Ahmad. Tosh (hajviya)

Gapdan-gap chiqib, odamzodning pastkashi qanaqa bo‘lishiga borib taqaldi. Shunda bir kishi salmoqlab gapga aralashdi:— Rahmonali degan bir oshnam bor edi. O‘zi umrida biror joyda yolchitib ishlamagan. Ammo har oyda bir marta pochtachi qirq ikki so‘m yigirma tiyin opkelib beradi. Avvaliga davomi…

Said Ahmad. Pochchajon… (hajviya)

Temir-tersak buyumlari zavodining direktori ellik yoshga to‘ldi. Mana shu qutlug‘ marosimni nishonlash uchun zavod aktivlari klubga yig‘ilishdi. Yubiley komissiyasining raisi — bosh injener Umrzoqov minbarga chiqdi. U noz-ne’matlari bilan to‘lgan katta stolga uzoq tikilib turgandan keyin bir tamshanib olib, so‘z davomi…

Said Ahmad. Omonat (hajviya)

Fojia Birovga ham yedirmaydigan, o‘zi ham yemaydigan qattiqqo‘l boshbux bor edi. Shu bechora yaqinda o‘ldi.Boshbux stolga ko‘pdan ko‘z tikib yurgan bir xudo urgan pombux bor edi. Boshbux o‘ldi-yu, uning oyoq-ko‘li chaqqon tortib qoldi.Pombux idora ishiga, boshbuxga sadoqatini ko‘rsatish niyatida janoza davomi…

Said Ahmad. Egar bozori (hajviya)

Hazil Butun respublikadagi jamiki magazinlarni aylanib chiqsangiz, prilavkada chang bosib yotgan egar, arqon, arava mixini ko‘rasiz. Bu mollar o‘n-o‘n besh yillardan beri sotilmay yotadi. Ammo shaharning qoq o‘rtasidagi xo‘jalik mollari do‘konida bu mollarning urug‘i ham topilmaydi. Har haftada bazaga shu davomi…

Said Ahmad. Mushtipar (hajviya)

Teskari hikoya Qizim, senga aytaman, Kelinim, sen eshit.Maqol U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu orada un elab, xamir qorardi, sigir sog‘ib, qatiq ivitardi, qo‘l mashinasini shitirlatib, bolasiga har davomi…

Said Ahmad. Karnay (hajviya)

Muzeyni tomosha qilgani kelganlar «Muzey berk, remont» degan yozuvni o‘qib, qaytib ketaverishardi. Ammo soqoli ko‘ksiga tushgan, ikki lunji filning qulog‘iga o‘xshab osilgan bir chol eshikni ochasan, kirib karnayimni ko‘raman, deb ikki oyog‘ini bir etikka tiqib turib oldi. Qorovul tushuntirsa ham davomi…

Said Ahmad. Bo‘ri ovi (hajviya)

I Javlonbek rayon markaziga yetganda tong yorishib, ko‘chalar gavjum bo‘lib qolgandi. Budka oldini supurayotgan cho‘tkachi Mullaqand tuyoq tovushini eshitib qaddini rostladi.— Bahay, aka Javlun? Sutra kujo rafte? Ibi, sabil echkini qayga olib ketobsiz. E, tushindim, tushindim, sluchkagame? Bo sizga yak davomi…

Said Ahmad. Hech kim va hech narsa unutilmaydi (hajviya)

(Yodgorlik) Turdivoyni do‘stlari orqavarotdan Turdi Ilimiliq deb atashardi. Bunday deyishlariga sabab, gap-gashtaklarda uning bor-yo‘qligi bilinmasligida edi. Hech qachon, hech qayerda, palon so‘zni Turdivoy aytgan, degan gap bo‘lgan emas. O‘zi to‘nggina, gapi sovuqqina edi. Jo‘ralari jononlardan gaplashayotganlarida bir chekkada, o‘likdekkina bo‘lib davomi…