Ulug‘bek Hamdam. Unutilgan nay navosi (hikoya)
Tinglagil, nay ne hikoyat aylagay,Ayriliqlardan shikoyat aylagay.Mavlono Rumiy Olis-olislarda chalingan hazin nay sasi nihoyat yaqinlashib, shundoq quloqlari ostida yangraganda A. cho‘chib uyg‘ondi. Uyg‘ondiyu negadir bu safar nay sadosi uyqusi bilan birga o‘chmadi: aksincha, endigina u ko‘z ochgan xobxonani, dahliz va davomi…