Anvar Obidjon. Xorij radiosi va … kalish (hajviya)

Pul almashtirilayotgan bonkani eslatuvchi tiqin bekatda «Frunzening haykalini-ku majaqlashdi, lekin tagidagi otda nima ayb?» – degan mulohazani kallada ezg‘ilab turuvdimki, yelkamga «shap» etib tushgan qo‘l xayolimni bo‘ldi. Og‘zida pivaning qoldig‘i ko‘pirayotgan ayvonpeshana banda meni o‘ziga o‘girib, ko‘zimga sho‘ng‘ishga intildi:– Kalishimni davomi…

Anvar Obidjon. Ziyolicha olishuv (hajviya)

Hasharot uchsa, qanoti bo‘ksib yiqiladigan g‘ira-shira tong edi. Jig‘ildoniga mix tiqilgan qo‘ydek uvatda «xir-xir»lab tipirchilayotgan Parriq ming‘i cho‘chib uyg‘ondi-yu, yonginasida yonboshlab yotgan Mamashotining baqrayma ko‘zidan battar shaytonlab, «Abva-a!» deb chinqirganicha, nayzaga chap bergan to‘ng‘izdek chetga sapchidi.– Ie, ha? Tushingda bolalar davomi…

Anvar Obidjon. Oliy tabaqali mehmonlar (hajviya)

Bor-yo‘g‘i qalbaki soqolu yasama soch, to‘shaknamo ustki kiyimlaru uch-to‘rt chaplam upa-bo‘yoqlar Urug‘alini qorboboga, Qurug‘alini qorqizga aylantirdi-qo‘ydi. Ilgari unisi ustaxona mudiri, bunisi chirmandachilar to‘garagining «g‘ildiratuvchi»si bo‘lib ishlaganligi hurmati maktab qorovulligidan hamon haydalmay kelayotgan piyonista amakivachchalar bugun sovg‘asevar bolalarning diqqat markazida, o‘qituvchilarning davomi…

Anvar Obidjon. Ortig‘alining o‘zginasi (hajviya)

Oshxonadagi javon yonida seyfning kalitini yo‘qotgan g‘aznachidek uymalanib yurgani sayin, Umrzoqni ter bosib, bosh og‘rig‘i battar kuchaya bordi. Oxiri peshanasiga tang‘ilgan nam sochiqdan bug‘ taratganicha kelib, o‘zini divanga tashladi. Shu zahoti eshikning qo‘ng‘irog‘i g‘alayon ko‘tardi: «Jir-r-ring!»– Kir-r-ring! –dedi Umrzoq, qo‘ng‘iroqqa davomi…

Anvar Obidjon. G‘ilay sichqon (hajviya)

«Xo‘sh, sizni nima bezovta qilyapti?» – degan odatiy savolga bemor: «Sichqon!» – deya g‘ayritabiiy javob qaytargach, Habib tabibning hayratdan kipriklari kerilib, qulog‘iga shapalog‘ini tutdi:– A, labbay?!– Xo‘jayinimni sichqon tinch qo‘ymayapti, sichqon! – tinkasi qurib, tili gapirishga ham qovushmayotgan erining o‘rniga davomi…

Anvar Obidjon. Talablarga binoan (hajviya)

– G‘at, g‘at! G‘ittir-g‘it! G‘at, g‘at! G‘ittir-g‘it!..G‘ildiragi yog‘lanmagan ko‘takaravani eslatuvchi bu surunkali nag‘ma shoir Nashvatiyning jonini hiqildoqqa keltirdi, qalamini xontaxtadagi qog‘ozga sanchgudek urib, og‘zini qo‘shni xonaga zambaraklantirdi:– Bas! Yig‘ishtir! To‘xtat! He, o‘sha o‘tmas arrangni…– Ha?! Nima gap?!Oshxona tomondan siltovli tovush davomi…

Anvar Obidjon. Eng iste’dodli o‘lik (hajviya)

Kollej tomoshoxonasi «Chap-chup chayna» firmasining xayriya tadbirida, ya’ni talabalarga bittadan tekin saqich tarqatilgan unutilmas kunda ham bu qadar kallabozor bo‘lmagandi. Ichkariga vaqtida yorib kirolmagan o‘spirinlar o‘rindiq chetidagi yo‘lkalarda bog‘langan poyadek zichlanib turishar, ko‘zga ora-sira chalinayotgan qizlar bezovtalanib g‘imirlashar, ulardan birining davomi…