Tohir Malik. Internasional yozuvchi (hajviya)

Voy, voy, bo‘yginangdan aylanayin, Abdumalik akaning o‘g‘li! Ag‘imdan turtib, bag‘imdan turtib, axiyri yozg‘uvchilikka ham o‘rgatding-a! Ko‘rinmay qoldiyiz, qay go‘rlarda sanqib yuribsiz, diysanmi? Omma, san bola bag‘oyat zolim ekansan. Bir so‘z yozsam, “o‘xshamabdi”, diysan. O‘xshaganini yozsam, “Toshkancha gapirvoribsiz, adabiychasiga bo‘lsin”, diysan. davomi…

G‘ulom Karimiy. Muhabbat va taqdir (hikoya)

Rassom do‘stimiz Abdusattor O‘zg‘ur  serqirra iste’dod  sohibi. Qozon kabobni qoyillatishi-yu devziradan oshni san’atkorona damlashini qo‘ya turaylig-u, ijodiy qobiliyati ham turfarang. Moskva San’at universitetida tasviriy san’atdan tahsil olgan do‘stimiz ko‘p yillardan beri Toshkentda hunarmand rassom sifatida faoliyat yuritadi. To‘g‘rirog‘i, tirikchilik uchun davomi…