Otabek Yo‘ldoshev. Hadya (hajviya)

Ikki  hafta davomida kechani kecha, kunduzni  kunduz demay dars tayyorlaganlarim havoga uchdi-ketdi. Fakultetda “Sattorovning  darsidan besh baho oldim”, deb ko‘krak kergan talabalarni sanashga bir qo‘lning barmoqlari ham ko‘plik qiladi. Men ham shular safiga kirsammikin, degandim-da.– Tak, –  dedi Sattorov burnining davomi…

Otabek Yo‘ldoshev. Quyon bo‘lish voqeasi (hajviya)

Ostonaqulovning fakultetga dekan bo‘lib ko‘tarilganligiga bor-yo‘g‘i bir oy bo‘lgan esa-da, barchaning “dodini berishga” ulgurdi. Kecha uning dakkisidan besh daqiqagina kech qolgan kaminai kamtarin ham bebahra qolmadim.Oliygoh domlasi ham shunaqa mas’uliyatsiz bo‘ladimi, o‘rtoq? O‘qituvchi bo‘laturib siz kechikibsizki, talabalardan xafa bo‘lmasak ham davomi…

Dilrabo Mingboyeva. Dilband (hikoya)

Biz uyimizga yetay deb qoldik. Ikki-uchta it bemavrid o‘tkinchidan jahli chiqib, hura boshladi. Sen itning ovozidan qo‘rqma. Bu ham dunyodagi tovushlardan biri.Mana, yonimizga kelib, mening etaklarimni yalay boshladi. Sezayapsanmi, men itlarning ko‘zlariga qaramayapman. Ko‘zlarida miltirayotgan ojiz g‘azabni ko‘rmaganimiz ma’qul. Sen davomi…

Dilrabo Mingboyeva. Talant (hikoya)

Navbatdagi asarim nashr etildi. Sokinlik tilsimli, sukunat sirlarini olamga yoyuvchi bo‘ronlar esa undan qudratli. Mening asarlarim – bo‘ronlar. Ijodkor tanishlarimizdan biri yangi kitobim bilan tabrikladi. U yaxshi inson va o‘rtamiyona shoir. She’rlariga nisbatan suhbatlari hayajonliroq. Ustiga-ustak butun vujudi bilan ro‘zg‘or davomi…

To‘raboy Jo‘rayev (1951)

To‘raboy Jo‘rayev (Turabay Joroyev) 1951 yili Botken viloyatining Laylak tumanida tug‘ilgan. O‘sh pedagogika institutini (1972) va Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan (1979). Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi. Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1991). “Ыyman” (“Iymon”), “Avaz” (“Ovoz”), “Dartikem jүrөk” davomi…

Ermamat Usmonov (1937-2014)

Ermamat Usmonov (Ermamat Osmonov) 1937 yili Novqat tumanining Merkit qishlog‘ida tug‘ilgan. To‘qmoqdagi respublika madaniy-oqartuv bilimgohini tamomlagan (1960). Qirg‘iziston jurnalistlar uyushmasi (1970) va Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1988). Ilk she’riy to‘plami 1976 yili chop etilgan. DARAXTLAR Yerning yuzi oqu qizil nurga davomi…