Safar Kokilov. Imtihon (hajviya)

Uzoq yillar bosh hakimning muovini bo‘lib ishlagan va keyingi ikki yilda “o‘z arizasiga binoan bo‘shatilib”, Eshako‘ldi qishlog‘idagi ambulatoriyaga terapevt qilib ishga jo‘natilgan Turdiyevning jikkakina tanasini bir vahima o‘rgamchak turiday o‘rab olgan. Besaramjon.Uyqusizliqdan qizargan ko‘zlarining tagi xalta. Lunji, baq-baqalari battar osilgan. davomi…

Safar Kokilov. Reportaj (hajviya)

Musiqa yangraydi.Tog‘lar. Dala. Eshak mingan bola. Qishloq. O‘rtada qora to‘n, telpak kiygan basavlat, ikki beti qip-qizil kishi tilla tishlarshsh ko‘rsatib turibdi. Jikkakgina, qorachadan kelgan, sochi qirqilgan, shim kiyib olgan qiz uning tumshug‘i tagiga mikrofon tutib turibdi.— Rais bova. Marhamat qilib davomi…

Safar Kokilov. Eshak (hajviya)

U avvallari xirmon qorovul, tabelchiga yordamchi – egat o‘lchab beradigan va idoraga kunlik terimning hisobotini yetkazuvchi, dalada samovor qaynatuvchi lavozimlarida ishlagan. Sho‘ro armiyasiga chaqiruv qog‘oz tarqatgich bo‘lgan. Endi esa g‘isht zavodda gulax bo‘lib ishlayapti. Bir kecha – kunduz ishlaydi, ikki davomi…

Safar Kokilov. Ushlab turing (hajviya)

Qabulxona. Vrach huzurida bir odmiroq kiyingan kampir o‘tiribdi.– Xo‘sh, kampirshoh, familiyangiz nima? – vrach yozuvdan bosh ko‘tarib so‘radi.– Ahmedova.– Ismingiz?– Ushlab turing.– Nimani?– Hech nimani. Ismim shunaqa…– Qanaqa?– Ushlab turing.– Voy nimani? Bundoq tushuntirib gapirsangaz-chi. Qo‘lingizda hech narsa yo‘q-ku?– Ha, davomi…

Safar Kokilov. Ma’ruza (hajviya)

Ertalabdan beri kallasi xumday, qorni meshday Mallayev uyida. o‘zi mag‘rurlanib “kabinetim” deb ataydigan, kitoblarga liq to‘la bir necha javon va stol-stullar bilan to‘ldirilgan kichkina bir xonada ertaga katta yig‘inda o‘qiydigan ma’ruzasiga tayyorlanib o‘tiribdi. Xotini ketma-ket damlab kirayotgan issiq ko‘k choydan davomi…