Dunyo tillari ikki baravar qisqaradi
Yashash uchun turli tillar o‘ylab topilgan edi. Odamlar yana yashash uchun ularni o‘zlari qisqartirmoqda. “Qachonlardir odamlar Yer yuzida juda baxtli hayot kechira boshlashibdi. Ular shu qadar farovonlik va to‘kislikda yashabdilarki, o‘z imkoniyatlaridagi deyarli barcha narsalarga erishibdilar.