Bonu (1837-1891)
Bonu (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, O‘sh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — o‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar. Huvaydoning chevarasi. «Meros dedim bobomlardin» masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik iste’dodi ota-bobosidan meros davomi…