Bonu (1837-1891)

Bonu (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, O‘sh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — o‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar. Huvaydoning chevarasi. «Meros dedim bobomlardin» masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik iste’dodi ota-bobosidan meros davomi…

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, davomi…

Uzlat (1752/58 – XIX asr)

Asli ismi Muhammad Sharif bo‘lib, Uzlat (Uzlatiy), Mahjur, Nodir (Nodiriy), Sharif (Sharifiy) taxalluslari bilan o‘zbek va tojik tillarida ijod etgan bu shoir Qo‘qon adabiy muhitidagi so‘z san’atkorlari qatoriga kiradi. Shoir Uzlat hayotiga doir ayrim ma’lumotlar shoirning o‘z asarlarida va Fazliyning davomi…

Ravnaq (1725-1805)

Pahlavonquli Ravnaq (1725—Xorazm — 1805) — shoir. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Dastlab Xiva xoni Abulg‘ozi Soniy (1742—47) ni maqtab she’rlar yozgan. 1768 yilda taxtga o‘tirgan G‘oyibxon ta’qibidan qochib, bir necha yil sarson-sargardonlikda yurgan. So‘ng Xiva madrasalaridan birining hujrasida faqirlikda hayot davomi…

Roqim (1742-1814)

Roqim (taxallusi; ismi noma’lum, 1742 — Xorazm — 1814/15) — shoir, xattot. Ijodda Navoiy va Fuzuliyga ergashgan. O‘zbek va fors tillarida, mumtoz badiiyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilgan. An’anaviy ishqiy lirikasi va ijtimoiy masalalarga oid she’rlari ijodida muhim o‘rin tutadi. davomi…

Andalib (1712-1780)

Andalib (Bulbul) (asl ismi Nurmuhammad G‘arib; taxminan 1712—Urganch— 1780) — turkman shoiri. O‘zbek va turkman tilida yozgan. Xiva madrasalarida o‘qigan. Andalib mumtoz adabiyotning g‘azal, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Jomiy g‘azallariga muxammaslar davomi…

Gadoiy (XV asr)

Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri,  aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek davomi…