Muhammad Ochil. Shahar ko‘rgan Shodiqul (hajviya)

Mulla Moyliboyning kenjasi Shodiqul shaharda yashaydi. O‘qitgan o‘qituvchilari: «Bu bola odam bo‘lmaydi, g‘irt chalasavod!» deyishardi. Yo‘q, binoyiday… Hafta-o‘n kunda, ayniqsa bayram, hayit kunlari «inomarka» mashinasini «bip-bip»latib kelib, qishloqdoshlarning ko‘zini o‘ynatib ketadi. «Nima ish qilasan shaharda?» deb so‘raganlarga ko‘krak kerib: «Biznes!» davomi…

Habib Siddiq. Nima bilan urdi (hajviya)

O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida viloyat partiya qo‘mitalari ikkiga: sanoat va qishloq xo‘jalik partiya qo‘mitalariga, bo‘lingan edi.Viloyatning nufuzli idorasiga boshini durra bilan bog‘lab olgan ayol kelibdi. Eshikbonlar undan kelishining maqsadini so‘rashipti.— Obko‘mga arzim bor, — depti ayol.— Qaysi obko‘mga?— Obko‘mga-da!— Hozir davomi…

Habib Siddiq. Qaytgan duo (hajviya)

Bahodirjon degan hazilkash ulfatimiz bor. «Eshon aka» deb hazillashib yuramiz. Bir gal paxta yig‘im-terimiga chiqishganda brigada boshlig‘i depti:— Mana shu traktorchimiz ja-a yaxshi yigit-u, kelin bilan oralari chatoq bo‘lib qolib, sal xafa bo‘lib yuripti-da. Eshon aka, bir duo qiling, zora davomi…

Erkin Usmon. Daladagi hangoma (hajviya)

«Bo‘ston» jamoa xo‘jaligiga televideniyedan dehqonlar haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun kelishdi.Xo‘jalikda yer bilan tillashadigan kishilar ko‘p ekan. Ular orasidan bir kam yetmish yoshli Xo‘javoy mirobni tanlashdi. Yoshiga nisbatan epchil va chaqqon bu qoramag‘iz odam andak asabiy ekan, «Yo‘q, kinoga tushmayman, men davomi…

Muhammad Ochil. Shaftoli (hajviya)

Qurbon qassob xastaxona palatasida bilagiga boshini qo‘yganicha mudrayotgandi, mushuk tirnagandek eshik qitirladi. Bemor hushyor tortdi. «Kim ko‘rgani keldiykin? Kattasi bo‘lsa, shartta ochib.. Yoki supraqoqdisimikin? Kim kelsa ham durust bo‘ldi. Qorin ochib tatalayotgandi…» — Kim u? Kir-kiraver…Eshik tabaqasi qiya ochilib, oldin davomi…

Muhabbat Hamidova. Vaziyat o‘zgardi (hajviya)

Shahar yo‘l boshqarmasining boshlig‘i Halim Xalilovich endigina ishdan qaytib kelgandi hamki, telefon jiringladi.— Eshitaman!Go‘shakdan kimningdir yig‘loqi ovozi eshitildi:— Yaxshimisiz xo‘jayin. Falokat yuz berdi, rasvo bo‘lamiz endi. Kattaning otasi qazo qilibdi.Bu gapdan Halim Xalilovichning jahli chiqdi. O‘lsa hokimning otasi o‘libdi. Bu davomi…

Ilhom Zoyir. Xabarnoma (hajviya)

Ishdan qaytayotib pochta qutisidagi allaqanday qog‘ozga ko‘zim tushdi. Olib qarasam — «Xabarnoma». Unda katta summa olishim bildirilgan edi. Suyunib ketdim. Negaki keyingi vaqtlarda qarzga botib, siqilib yurgan edim. To‘rtinchi qavatga qanday ko‘tarilganimni bilmayman. Eshikni ochgan xotinimga nuqul tirjayaman. — Namuncha, davomi…