Minhojiddin Mirzo (1965)

Minhojiddin Mirzo (Hojimatov Minhojiddin) 1965 yil 30 iyulda Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2002). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1990). «Nilufar» (1994), «Visol xabari» (2003) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. R. Hamzatov, A. S. Pushkin kabi shoirlarning she’rlaridan o‘zbek davomi…

Salim Ashur (1964)

Salim Ashur 1964 yil, 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Ko‘rg‘ontepa viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1989). Dastlabki she’rlar to‘plami — «Yashil giyoh» (1994). Shundan so‘ng shoirning «Atirgul» (1994), «Siz ertaga kelasiz» (1999), «Kechikkan tong» (2002), «Atalgan kunlar» (2004), davomi…

Zebo Mirzo (1964)

Zebo Mirzayeva 1964 yil 15 dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Beshterak qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1987). «Tun malikasi» (1990), «Ajr» (1997), «Nur kukunlari» (2004) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. * * * Sahrolar bag‘rida adashgan, Iliq yomg‘irlarday davomi…

G‘ulom Mirzo (1964)

G‘ulom Mirzo (G‘ulom Mirzayev) 1964 yil 4 yanvarda Qashkadaryo viloyatining Qarshi tumaniga qarashli Xushvaqd qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1989). «Yaxshiyam siz borsiz» (1994), «Unutilgan hur» (1997) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. YaNA… Yana qonshar ota boshlar Ko‘ngil ko‘zgusiga davomi…

Rustam Musurmon (1963)

Rustam Musurmon 1963 yil 26 avgustda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga qarashli Yakkatut qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1989). «Ruhimning tovushi» (1995), «Xirgoyi» (1997) she’rlar va dostonlar to‘plamlari nashr etilgan. A.Faynberg («Chig‘ir», 2007), B.Genjamurod («O‘kuzdaryo bitiklari», 2006) kabi shoirlarning davomi…

Faxriyor (1963)

Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963 yilda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati, Xatirchi tumanidagi Sangijumon qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1988). «Dardning shakli» (1987), «Ayolg‘u» (2000), «Geometrik bahor» (2004) she’riy to‘plamlari, «Yangilanish an’analari» (1998) publitsistik maqolalar to‘plami nashr etilgan. davomi…

Bahrom Ro‘zimuhammad (1961)

Bahrom Ro‘zimuhammad 1961 yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Tovushsiz qadam» (1987), «Terakka yakin yulduz» (1989), «Ikki nur» (1994), «Davsaman» (1995), «Tinch gullaydigan daraxt» (1997), «Kunduz sarhadlari» (1999), «Soyalar suhbati» (2006) kabi she’riy to‘plamlar muallifi. davomi…

Aziz Said (1961)

Aziz Said 1961 yil, 25 sentyabrda Dushanbe shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tutatgan (1984). «Chiltor» (1988), «Dili qani Bedilning» (1996), «G‘oyibdan do‘st bilan suhbatlar» (2001), «Fursat darvozasi» (2007) nomli she’riy kitoblar muallifi. U. Uitmenning «Maysa yaproqlari», N. Hikmatning «Yusuf va davomi…

Eshqobil Shukur (1961)

Eshqobil Shukur 1961 yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari davomi…