Iqboloy Adizova. Sharafli umr (2007)

“Boburnoma”da bosh qahramon Boburning o‘zi. U voqea-hodisalarni bayon etar ekan, xolislikka amal qiladi. Shuning uchun ham, muallif timsoli ideallashtirilmagan. Tasavvurimizda u hayotning butun achchiq-chuchugini, past-balandini ko‘rgan real inson sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda uning fe’l-atvori butun murakkabligi bilan o‘z ifodasini topgan. davomi…

Abdulla Oripov. Navoiyni anglash (2007)

Buyuk bobomiz ijodi, darhaqiqat, ulkan bir ummondir yoxud dunyoning eng rang-barang va benazir xazinasidir. Kimki nimaniki axtarsa, ushbu xazinadan albatta topg‘usidir. Jumladan, barcha navoiyshunoslar necha zamonlardan buyon bu ulug‘ merosni o‘rganib, tadqiq etib, undan shoyon bahramand bo‘lib kelmoqdalar. Aytish kerakki, davomi…

Yo‘ldosh Solijonov. Detallar tilga kirganda (2007)

Siz O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “Saylanma”sini o‘qidingizmi? E, o‘qing, birodar, o‘qing! Bu uch jildlik “Saylanma” nafaqat sermahsul adibimiz Shukur Xolmirzayevning, balki o‘zbek adabiyotining qimmatbaho boyligi bo‘lib qoldi. Ochig‘i, bu hikoyalarini yaxlit majmua shaklida ko‘rish Shukur Xolmirzayevning ham yagona orzusi davomi…

Tilini hakka cho‘qiganlar

O‘zim guvoh bo‘lgan bu noxushlik haqida yozsammi yoki yo‘qmi, deya ko‘p o‘yladim. Ko‘ngilsiz bir voqea nafsoniyatimga qattiq tegdi.Voqeaning qisqacha bayoni shunday: taniqli musavvir do‘stim uyidagi ziyofatga taklif etdi. Mehmonlarning aksariyati san’atga daxldor, ziyoli odamlar edi. Ularning ko‘pchiligini oldindan yaxshi tanirdim. davomi…