Dilshodi Barno (1800-1905/06)

Dilshod Otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800, O‘ratepa — 1905/06, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o‘rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatgan. Anbar Otin Dilshod Otinning iqtidorli talabalaridan bo‘lgan. Dilshod Otin g‘azal, muxammas, davomi…

Xiromiy (1796-1891)

Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, Kitob viloyati Charmgaron guzari — ?) — shoir. Ba’zi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urug‘idan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida davomi…

Amiriy (1787-1822)

Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787— Qo‘qon — 1822) — Qo‘qon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qo‘qon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida davomi…

Mujrim Obid (XVIII-XIX asr)

Mujrim-Obid — (taxallusi; asl ismi-sharifi Mirakxo‘ja o‘g‘li, 18-asrning 2-yarmi — hozirgi Buxoro viloyati Vobkent tumani Kumushkent qishlog‘i — 19-asrning 1-choragi) — zullisonayn shoir. O‘z davri Buxoro adabiy muhitining zabardast vakili. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi manbalarda shoirning ismi davomi…

G‘oziy (XVIII asr – 1818)

G‘oziy, Muhammadg‘oziy (18-asrning 2-yarmi — Qo‘qon — taxminan 1818) — shoir. Buxoro madrasalarida o‘qigan. Qo‘qondagi Madrasai Mirda mudarris, mufti bo‘lgan. Akmal Xo‘qandiyning yaqin do‘sti. O‘zbek va fors tillarida ijod qilgan. Fuzuliyni o‘ziga ustoz bilgan. She’rlarining mazmuni bilan ham, dunyoga, atrof-muhitga davomi…

Sayqaliy (1730-1798)

Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir) (1730— Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniy-didaktik asarlari bor. Ularda Sharqda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. G‘azal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, davomi…

Xo‘janazar Huvaydo (1704-1780/81)

Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (? — O‘sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi davomi…

Tolibiy (XVIII asr)

Tolibiy XVIII asrda yashab o‘tgan o‘zbek shoiri. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot kam. XVIII—XIX asrlarda tuzilgan qo‘lyozma hamda bosma bayozlarda shoirning ishqiy g‘azallaridan namunalar joy olgan. Bundan tashqari shoirning ixchamgina «Tolibnoma» axloqiy-ta’limiy xarakterdagi dostoni yetib kelgan. Unda Tolibiy davomi…