Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir quyon yashagan ekan. U bir kuni ko‘kyong‘oq tagida xayol surib o‘tirganda, birdan bir dona yong‘oq “taq” etib tushibdi. Undan quyon qo‘rqib, qochib qolibdi. Yo‘lda maymunlarga uchrab qolibdi.
— Nimaga qochyapsan? — deb so‘rashibdi maymunlar. Quyon aytibdi:
— Yer yorilayapti. Joning kerak bo‘lsa qochib qol, — debdi. Maymunlar ham qochib qolibdi. Yo‘lda fil uchrabdi:
— Qayerga qochayapsizlar? — deb so‘rabdi fil.
— “Er yorilyapti, qochib qol”, — deb javob berishibdi. Fil ham qocha boshlabdi.
Yo‘lda dono arslon duch kelibdi. Arslon:
— Nega qochyapsizlar? — debdi. Jonivorlar voqeani aytib beribdilar. Yurlaring, o‘sha yorilayotgan joyga boramiz, — debdi arslon. Ular haligi yerga borib qarashsa, bir ko‘kyong‘oq yotgan emish. Shu-shu quyon qo‘rqoq bo‘lib qolgan ekan.