Bir kuni ayiq podachini yemoqchi bolibdi. Shu payt kelgan tulki voqeani bilib, o‘rgangan nayrangini ishga solmoqchi bo‘libdi. Uzoqdan chang ko‘tarilibdi. Ayiq:
— U qanday chang, nima bo‘ldi? — debdi. Tulki:
— Podshohning qizi, kasal ekan, unga dori uchun sariq ayiqning o‘ti kerak ekan, shunga kelishayapti, — debdi. Ayiq:
— Meni berkit, — debdi. Podachi ayiqni qopga solib bog‘labdi, keyin uni urib o‘ldiribdi.