Bir kuni bir shoqol bo‘yoqchining bo‘yoqli ko‘zachasiga tushib qolib, undan zo‘rg‘a chiqib olibdi. Qarasa, hammayogi ko‘m-ko‘k bo‘lib qolgan emish. Buni shoqollar ko‘rib:
— Hay, sen nega bunaqasan? — debdilar. Shoqol:
— Xudo meni sizlarga boshliq bo‘lish uchun shunday qilib qo‘ygan, — debdi. Shundan keyin shoqollar mug‘ombir shoqolni o‘zlariga podsho qilib olishibdi. Undan keyin hamma shoqollar maslahat qilishibdi. Ular shoqolni o‘rtaga o‘tirg‘azib, o‘zlari uning atrofida davra qurib o‘tiribdilar. Bir mahal tulki kelib:
— Ey shoqollar, o‘rtalikda nima bor? — debdi. Shoqollar:
— Sizlar ham itoat qilib bizlarning tevaragimizga davra qurib o‘tiringlar, — debdi. Tulkilar ham shoqollarning tevaragidan davra olib o‘tiribdilar. Shoqollarning ovozi tulkilarning ovoziga qo‘shilib, juda qo‘rqinchli ovoz paydo bo‘libdi. Bu ovozni eshitib, bo‘rilar, ayiqlar kelib, davra qurib o‘tiribdilar. Bo‘rilar tulkilarni, ayiqlar arslonlarni ko‘rar, ayiqlar bo‘rilarni, tulkilar shoqollarni ko‘rar ekan. Shoqollar arslonga, arslon ayiqqa, ayiq bo‘riga, bo‘ri tulkiga daxl qila olmas ekan. Bu to‘planganlarning har xil qo‘rqinchli uvullash ovozi odamlarga ham eshitilibdi. Ovchilar ham qo‘rqib bu joyga yondosha olmas ekanlar.
Oqshom arslonlardan biri qarasa, bir ko‘m-ko‘k shoqol o‘rtada o‘tirgan emish. “E-he, podsho kichkina narsa ekan-ku. Men borib oldida vazir bo‘lib o‘tirsam ham boiar ekan”, deb ichkariga qarab debdi. Shoqollar buni ko‘rib: “Bizlarning sirimizni hamma bilib qolibdi”, debdi va tarqala boshlabdilar. Uni ko‘rib tulkilar, tulkilarni ko‘rib bo‘rilar, bo‘rilarni ko‘rib ayiqlar, ayiqlarni ko‘rib arslonlar ham tarqalib ketibdilar. Hamma hayvonlar bilsalarki, bir kuni bo‘yalgan shoqol hammaga qo‘rqinch solib, tashvish keltirgan ekan. Bir o‘zi gangib qolgan bo‘yalgan shoqolni ovchilar ushlab olgan ekan. Bir o‘zim bo‘lay degan qora ko‘ngil odamlaming oqibati ham o‘sha shoqolday gap.