Oraziy (1869-1942)

Alixon Mullaoxun o‘g‘li Oraziy 1869 yilda sobiq Marg‘ilon uyezdi Shahrixon volostining Qashqar mahallasida kulol oilasida tug‘ildi. Alixon Oraziy yozish va o‘qishni dastlab o‘z onasidan o‘rgandi. So‘ngra mahallasidagi otinbibida o‘qishni davom ettirdi. U 1884—1890 yillarda Shahrixondagi Dasturxonchi madrasasida tahsil ko‘radi. Biroq, davomi…

Hayratiy (1870-1963)

Shoir mulla Hoshim Solih o‘g‘li Hayratiy 1870 yilda Shahrixonning Begvachcha Qashqar mahallasida hunarmand aravasoz oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan uni maktabdorlik qiluvchi amakisi mullo Jalil o‘z tarbiyasiga oldi. Amakisi unga xat-savod o‘rgatdi, so‘ngra bo‘lajak shoir do‘sti Oraziy bilan birga shaxsiy mutolaa davomi…

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U dastlab qishloq maktabida, so‘ng To‘raqo‘rg‘on markazidagi G‘oyibnazar madrasasida tahsil ko‘rdi. U tahsil davridayoq badiiy ijodga qiziqdi, davomi…

Shavqiy (1805-1889)

Shavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Mulla Shamsi mulla Husan o‘g‘li) (1805— hozirgi To‘raqo‘rg‘on tumani — 1889) — shoir, tarixchi. «Devon»ida o‘zbek va fors tilidagi she’rlari jamlangan bo‘lib, ularning asosiy qismini o‘zbek tilidagi she’rlari tashkil qiladi. Shavqiyning asarlari mumtoz she’riy janrlar: g‘azal, davomi…

Xumuliy (XIX asr)

Xumuliy, Jumaquli ibn So‘fiy Tag‘oyi turk Urgutiy Samarqandiy (19-asr) — shoir va yozuvchi. Buxoro amiri Nasrullo (1827—60) davrida Urgutda qozilik qilgan. O‘zbek va tojik tillarida nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimai holini davomi…

Mirhasan Sadoiy (XVIII asr – 1820)

Mirhasan Sadoiy (18-asr 2-yarmi — Farg‘ona — 1820) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ayrim ma’lumotlar Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida uchraydi. Huvaydoning shogirdi, ko‘pchilik she’rlari uning g‘azallariga hamohang. Hofiz, Navoiy, Mashrab adabiy an’analarini davom ettirgan, g‘azallariga naziralar bitgan. She’rlarida davomi…

Rog‘ib (1865-1935)

Rog‘ib (taxallusi; asli ism-sharifi Muhammad Rahim Shokir o‘g‘li) (1865 — Xorazm viloyati Urganch tumani Qorovul qishlog‘i — 1935) — shoir. Navoiy, Hofiz, Munis, Ogahiy, Komil kabi shoirlar ijodini o‘rgangan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. She’riyatdagi iste’dodini ko‘rgan Feruz uni saroyga taklif qilgan. davomi…

Alamkash (1846-1924)

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq she’rdan tarkib topgan davomi…

Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan. Arab, fors tillarini o‘rgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz she’riyatning turli janrlarida davomi…