Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy (taxallusi; ismi Muhammad Sharif) (1785 — Kattaqo‘rg‘on tumani — 1861) — shoir. Buxorodagi Govkushon madrasasida tahsil olgan. O‘zbek, tojik va arab tillarida ijod qilgan.
Uning bir devon va turli bayozlardagi lirik she’rlarining umumiy hajmi 3000 misra atrofida. Bular ichida g‘azal salmoqli o‘rin tutadi. Shavqiy she’riyatida, shuningdek, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar, masnaviy, ruboiy, fard, qit’a, marsiya, muvashshah, chiston janriga mansub she’rlar ham uchraydi.
Shavqiyning she’rlarida insondagi go‘zal ma’naviy fazilatlar madh etilgan. U Bedil, Navoiy, Fuzuliy, kabi shoirlarning adabiy an’analarini davom ettirib, o‘zining komil inson borasidagi fikrlarini falsafiy mushohadalar, tasavvufiy qarashlar, diniy ehtiroslar pardasiga o‘rab bergan.
Shavqiy musulmonchilik qonun-qoidalarining qisqa majmui — «Muxtasar ul-viqoya» masnaviysini «Mir’ot al-muxtasar» nomi bilan tojik tilida sharhlagan. Taxminan 23 ming misradan iborat bo‘lgan bu risola 26 bob — faslga bo‘linadi. Huquq mezonlari, axloqiy-ta’limiy qarashlar har bir faslda bayon shaklida berib borilgan. Asar oxirida kitobdagi arabcha so‘z va istilohlarning lug‘aviy ma’nolariga izoh beruvchi so‘zlik ilova qilingan. Shuningdek, arab grammatikasiga oid «Risolai qofiya yo mir’ot un-nahv» asarini yozgan. Shavqiy devonlari nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №4634) va Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 1899) da saqlanadi.
DEBOChA
Haq hamdi, rasul na’tin izhor
Aylab, yana bir-iki so‘zum bor.
Donolar sam’iga yetushgay,
Bir necha rasoni ko‘zi tushgay.
Ash’orim o‘qushsalar aroda,
Yod aylasalao meni duoda.
Hijratdin o‘tub ming ikki yuz yil,
Yo‘qdin bu jahona kelmisham, bil.
O‘ttuzg‘a kiranda, sayr etib roh,
Xatmi kutub aylamishman, ey shoh.
Toliblara xizmat ayladim cho‘x,
Uyqu bila rohat aylamak yo‘x.
Goho kelur erdi she’r yoda,
Maktub o‘lur erdi ul aroda.
Ul asra muallim erdi bir er,
Derlar edi oni Mavlaviy Sher.
Tahqiq edi oning ishi doyim,
Toliblari xizmatig‘a qoyim.
Olimlar ichida sarvar erdi,
Hotam sifatu qalandar erdi.
Tovuq yili favt etti nochor,
Tarix anga «murg‘» bo‘ldi, ey yor…
SABABI TA’LIF
Bir mardi ko‘han manga yovushti,
Ahvolima ittiloye tushti.
Qobil bilibon meni bu ishda,
Mohir sonib har qayu ravishda,
Sa’y ayladi, berdi bir necha pand,
Izhori hunarg‘a qildi payvand.
Ustozim edi-yu, rahbar erdi,
Ul asrda balki sarvar erdi.
Oning sifatin na deyki, ey shoh,
Erdi bari ilmlardin ogoh.
Odobdin ermas erdi, nochor
Ismini desam — Xalifa Bozor.
Diydorini haq karomat etgay,
Nofe’ so‘zi birla haqg‘a yetgay.
Aydi:— Hunaringni ayla izhor,
Hifz etmakadur so‘zung sazovor.
Abyotingi kim o‘qub eshitsa,
Shoyadki doui xayr etsa…
Maqbuli tabiat o‘ldi so‘zi,
Hal bo‘ldi bari so‘zing ramuzi.
Bas «Muxtasari viqoya»ni nazm
Etmakni o‘zumga ayladim jazm.
Forsiy til ilan tamom qildim,
Zodi rahi xosu om qildim.
Marmuzi g‘avomuzin hal etdim,
Mujmal so‘zini mufassal etdim.
Burnog‘i rasolari zamona
Go‘sturdilar el aro nishona.
Bir necha kitob deb Navoiy,
Etkurdi hazinlara davoyi.
Andin so‘ng o‘tub raso Fuzuliy,
Ash’ori rasolaring qabuli.
Forsny el aro rasosi cho‘xdur,
Bedil kibi bir rasosi yo‘xdur.
So‘z bobida tab’i bahri mavvoj,
Fayz ila zamiri shamsi vahhoj.
G‘oyatda erur aning kamoli,
Mir’oti sifoti loyazoli.
Rangin so‘zi durri bahri g‘aybiy,
E’jozida yo‘q ulusni raybi.
Bir necha kitob qoldi ondin,
Har birisi oni totlu jondin.
Men, Shavqiy, aning so‘zin asiri,
Bel bog‘lu muhiblarini biri.
Ruhidin aning tilab ionat,
Ofoti zamonadin siyonat.
Tangri karam etsa men gadoya,
Solg‘ay bosha tayri baxt soya.
Yo‘q bog‘lu dari xazinai g‘ayb,
Dur sochsa kimarsa, qilmag‘il ayb.
Insof ila so‘zg‘a qil nazora,
Farq ayla dur ila sangi xora.
Har kimki erur uluma mohir,
Bo‘lg‘ay anga so‘zni husni zohir.
Uch lafz ila olam ichra devon
Ayg‘an yo‘q edi biror inson.
Himmat kamarini belga bog‘lab,
Uslubi ulum ilan yarog‘lab,
Tuttum rahi hamdu na’tu alqob,
Yor o‘lsa karimi hayyi vahhob.
Shavqiyg‘a xudoy rahbar o‘lg‘ay,
Daryodil o‘lub, suxanvar o‘lg‘ay.
G‘AZALLAR
* * *
Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab,
Burqa’in solib yuzdin, bag‘rimi kabob aylab.
Titravuj toqib boshqa, zarvaraq sepib qoshqa,
Meni oldi yonboshqa, din uyin xarob aylab.
Haddin oshqanin ishqim bilmayin, belin quchtum.
Zarradek yera tushtum, anda iztirob aylab.
Bexud o‘lmog‘im ko‘rdi, boshim uzra o‘lturdi,
Meni husha kelturdi, xayidin gulob aylab.
Ko‘rgach-o‘q o‘shal yuzni, bahramand etib ko‘zni,
Boadab tutub o‘zni, naqshi po hisob aylab.
So‘rdi mustamandidin, hajrining gazandidin,
La’li no‘shxandidin meni komyob aylab.
Aqlim itmish ul soat, telbalig‘ tariyqidin
Yova so‘z demishdurmen, ollida xitob aylab.
Keldi qahri ul gulni, sardi zulfi sunbulni,
O‘tqa soldi men qulni, bog‘i irtikob aylab.
Tarki xonumon ettim, go‘shada makon ettim,
Vasfini bayon ettim, Shavqidin kitob aylab.
* * *
Ey qadi sarvi sihiy, bulbuli gulzorginam,
Ko‘zimi ravshaniyu mahrami asrorginam.
Deb o‘shal gavhari yak dona meni mahv etay,
Sadqa bo‘lsun ani yo‘lida yo‘qu borginam.
Bo‘lmasun ofati dunyog‘a giriftor aslo,
Ko‘zimni ollida yursun guli bexorginam,
Jonima rohat erur ko‘nglumi oromgahi-
Sarvi ul gul go‘zalim ham meni dildorginam.
G‘ami ayyom ko‘ngul pardasig‘a yo‘l topmay,
Meni shod ayladi ul gavhari shahvorginam.
Gar Zulayxoi zamon desam oni, ayb etmang,
Misri kulfatda manga bo‘ldi xaridorginam.
Lab shakar to‘tisi Shavqiyni sevarda aytur:
— Ey qadi sarvi sihiy, bulbuli gulzorginam.
* * *
Ey pari paykar, Masihovash, shakar guftor sen,
Qo‘y qadam gulshan sarikim, ravnaqi gulzor sen.
Bosh chiqorib sarv gulshandin, yo‘lungda muntazir,
Qilmasang bovar, so‘r andin, borsang, ey dildor, sen.
Shomi hijron ichra qoldim, orazingdin chek niqob,
Ey quyosh tal’at, furug‘i didai xunbor sen.
Notavon etti g‘ami hijron, yetushti labg‘a jon,
So‘rg‘ali bemori ishqing, kel Masihovor sen.
Men xud o‘ldum ko‘rmayin, tavsan minib qilsang guzar,
Marqadimdin o‘tma, to bir boqmasang zinhor sen.
Dasht aro ovora bo‘lg‘anlarni holin, ey nasim,
Yor ko‘yi sori bo‘lsang, aylagil izhor sen.
Mahvashimni tavsani bosg‘an izidur, ko‘kdag‘i
Ul to‘lun oy ermas, ey zohid, agar hushyor sen.
Sen kibi zolim elidin shikvalar qilsam, ne tong,
Cho‘x balolar boshg‘a solg‘an gunbazi davvor sen,
Har qachon qolsang suubat ichra bu davron aro,
Shavqiyo, zikr ayla na’ti sanyidi abror sen.
* * *
Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon
Oqtikim, qoldi ulus ko‘rgali qayron-hayron.
Charxdek sochtim o‘lub ham yoshim anjum-anjum,
Kelgali kulbama ul oy araqafshon-afshon.
O‘lturub erdim aning yodida men qon yig‘lab,
Sundi may men sari ul mug‘bacha xandon-xandon.
Qoshi yosini chekib, noz ila novak otgach,
O‘tti ko‘ksum siparidin o‘qi parron-parron.
Shukrkim, ko‘nglum uyin ayladi ravshan tun subh,
Ko‘rguzub mehri vafosin manga alvon-alvon…
Dayrdin lutf ila, Shavqiy, sanga miyno-miyno
Bersalar boda, sumur go‘shada pinhon-pinhon.
* * *
Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr,
Fasif antassuoda laylatud-dajr.
Agar shomi firoqidin qutulsam,
Degay vasfini hatto matla’ul-fajr.
Javohirlar to‘karmen ikki ko‘zdin,
Tilarmen la’li nobidin anga ajr.
Nedin ohim o‘qin toramg‘a otmay,
Qilibdur qomatim «yo»dek nigun hajr.
Meni gar xonaqah sorida ko‘rsang,
Bu yo‘ldin qaytarurda aylag‘il zajr!
Tama’ aylab visolig‘a, chekarmen
yo‘lida dardu anduhi g‘ami hajr.
Baloi hajridin ko‘p qo‘rqma, Shavqiy,
Masaldur: qo‘rug‘an ko‘zga tushar vajr.
* * *
G‘aflatim daf’ig‘a ma’juii zarovand ettim,
Ko‘ziming kosayu ashkin suvu hovand ettim.
O‘lmas iksilmog‘udek g‘ayr xayoli ya’ni
Rishtai shavqingi jon torig‘a payvand ettim.
Muzdi diydoringga loyiq hasanotim yo‘q edi,
Va’dai vasling ila ko‘nglumi xursand ettim.
Qasri irfonimi selobi xayol etti xarob,
Dayr loyidin ani raxnasini band ettim.
Telba ko‘nglumg‘a solib silsilai ranju ano,
Vodiyi ishqingi qat’ig‘a xiradmand ettim.
Shoyad o‘lg‘ay manga jamiyati dil tafriqadin,
O‘zimi xalq aro faqr ahlig‘a monand ettim.
Jomi maydin meni Shavqiyg‘a karam qil, soqiy,
Harza aqvol ila tab’imni parokand ettim.
* * *
Kelo, xo‘blarni xo‘bi, kinnalarni tashlamaymizmu?
Jahon ayvonida bir necha kun dil xushlamaymizm\ ?
Mabodo bir kuni jon olg‘uchi olg‘ay bu jonlarni,
Ki andin ilgari bo‘yning uza qo‘l tashlamaymiz.mu?
Zamona kulfatidin ko‘zda yoshlar qona aylandi,
Ani daf’i uchun mayxonag‘a yo‘l boshlamanmizmu?
Seni zulming qilib bag‘rimni qonu, dil hama zardob,
Ne bo‘lg‘ay rahm qilsang, soate yonboshlamaymizmu?
Bahor ayyomida gullar hama ochilsa bo‘stonda,
Ani sayr etmoqa hamdam bo‘lib qo‘l ushlamaymizmu?
Chunon tashna bo‘lubmen otashi ishqingdin, ey barno,
Ani qondurmoqa la’li labnngdin tishlamaymizmu?..
Nigoro, zolimo, muncha jafolardin ne maqsad bor,
Meni oldimg‘a kel, yonboshlashib kengoshlamaymizmu?..
Muningdek orzularg‘a yetolmay o‘tting, ey Shavqiy,
Ki shoyad rahmi kelg‘ay, deb sahar nolishlamaymizmu?
* * *
Qildilar ahli riyo o‘zlarin eshon yangliq,
Bildilar hiyla ishin bu bila oson yangliq.
El ko‘ziga o‘zlarin ayladilar qutbi zamon,
Qalbiga boqsa kishi, surati bejon yangliq.
Hiyla-yu makr ila elni o‘ziga qildi murid,
Surati shayxnamo, siyrati shayton yangliq.
Ma’raka sadri bo‘lub, bermayin ilm ahliga jo
Bilmayin ilmu adab rasmini hayvon yangliq.
Nazr deb hiyla-yu talbis ila el molin olib,
Hazar etmay yedilar gurgi biyobon yangliq.
Xaylini rohi zalolat sarig‘a boshlag‘ali,
O‘g‘rilik xojasiga qilg‘uvchi do‘xon yangliq.
Xohishi nafs uchun ayladilar muncha fusun,
Shavqiyo, qilma o‘zing botini yolg‘on yangliq.
* * *
Desang zamirimi xannos qilmasun va^vos,
Yirog‘ aylama o‘zdin sitoyish ila sipos.
Ulug‘ sifat kishi yosh erkanida ham bilinur,
Bu so‘zg‘a qoyil erur kimki bo‘lsa chehrashunos.
Jahon baqosig‘a maqbul bo‘lmadi mehnat,
Magar bu so‘zga guvah bo‘lsa Xizr ila Ilyos.
Ko‘ngul xaroshig‘a ko‘rdungmu charxi kajraftor
Hiloldin yasabon ko‘rguzur xaloyiqa dos.
Na koxi chatrdurur, na sipehri torami xazr,
Qilurg‘a gard, erur boshing uzra sangi xaroye.
Ajal shikanjasidin forig‘ o‘lmadi hech kim,
Ne ko‘ng‘urotu, ne nayman, ne uyg‘uru jayyos.
O‘zing ishing bila bo‘l, g‘ofil o‘lma bir soat
Ki, qasri umring erur bemadoru sust asos.
Kushodaro‘y o‘lubon, aylag‘il tilingni chuchuk,
Agar desang, bo‘layin olam ichra sarvari nos,
O‘zungg‘a ayla tavozu’ tariyqasin pesha,
Yuzungni qilma sovuq xalq ichida misli kalos.
Muhabbating guharin sarf etmagil ulkim,
Itob etarda sening xetiringni tutmas pos.
O‘zung mujolising ila qaror tut, bilsang,
Bo‘lur qarog‘a sazovor ayru chog‘ida los.
Falakni ko‘rki, berur g‘ayrimizga bodai aysh,
Biza yetushganida davr chappa ayladi tos.
Qayerda changu rubob o‘lsa, Shavqiyo, bazm et,
Mug‘anniylaring erur nag‘masi so‘zungg‘a libos.
MUXAMMASLAR
* * *
Ishq ofatidin tushti mening boshima savdo,
Majnun kibi hayron kezaram shahr ila sahro,
Tun-kun ishim o‘ldi meni har yerda alolo,
Olam ko‘runur ko‘zima bir shahpari anqo,
Munis manga g‘am, dardu balo kulbasi ma’vo.
Hasratzadamai, lozim emas masnadi shohiy,
Oldurg‘ali ko‘nglumni ko‘rub ul yuzi mohiy,
Har dam oshururman falaki zuhradin ohi,
Oyo ko‘runurmu ko‘zuma vaslini rohi,
Og‘zimg‘a erur zahru sitam ne’mati dunyo.
Gar vasli muyassar manga qilmas esa baxtim,
Dunyoda kerakmas manga bu toj ila taxtim,
Bir yon ketaram telbasifat, qolg‘usi raxtim.
Chekti alami teshai ofat sari saxtim,
Farhoda na nofe’ labi Shirin, dami Iso.
Mushkil ish ekan ishq, ani bilmas ekanman,
Ranju alamim ko‘zga aning ilmas ekanman,
Bosh ketsa, aning yo‘lidin ayrilmas ekanman,
Er etsa jafo, tarki vafo qilmas ekanman,
Jon rohatidur royihai sunbuli soro.
Ey zohidi farsuda, manga qilma nasihat,
Ishqidin aning mane’ o‘lub, qilma fazihat,
Gar vasli muyassar no‘q esa, hajri g‘animat,
To katmi adam bor ani ko‘yiga zzimat,
Sargashta kezarmen rahi payg‘ulai g‘abro.
Ma’shuqani husnini bilur siynai oshiq,
Xoki qadamin surma qilur diydai oshiq,
Gar boshidin oshsa g‘ami derinai oshiq,
Ummedin uzolmas dili bekiynai oshiq,
Umrini qilur sarf ani yo‘lida saropo.
Oinai iqbolima davron sitam etti,
Hijron toshini urdi, bahosini kam etti,
Mehnatni ziyod ayladi, pomoli g‘am etti,
Ko‘nglum tilinib, azmi tariyqi adam etti,
Ushshoqa ulug‘ ofat erur fitnai a’do.
Bir yora giriftor o‘lali besaru somon,
Har yon kezaram telba sifat volau hayron,
Ishqidin erur hamnafasim nolau afg‘on,
Olamda mening mushkilimi aylag‘il oson,
Yo‘q sendin o‘zga takyagahim, ey shahi dono.
Shavqiyg‘a maqolini karam qil, asar etsun,
Kim naxli maqoloti fasohat samar etsun,
Fayzi haqa elni so‘z ila boxabar etsun,
Ash’orini donolar o‘qub, mu’tabar etsun,
Ozg‘urma tariyqi nabaviydin ani aslo.
* * *
Bir oshyonda tutmish edi maskan ikki zog‘,
Bumi zamona ayladi bir-biridin yirog‘,
Bir dam oloncha qo‘ymadi hijron alarni sog‘,
Aydi alarni sha’nig‘a bir sohibi farog‘:
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
Majnunu Layli bir-bira aylardi jon fido,
Tahsin etar edi alara shah ila gado,
Homunu Najd aroda qilib ishqg‘,a iqtido,
Hijron alarni ayladi bir-biridin judo,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
Yusuf ag‘olari chah aro tashlabon nisheb,
Kan’on ichida hazrati Ya’qub g‘ussa yeb,
Oxirda sottilar ani Misr ichra banda deb,
Hijron alarg‘a ko‘rki, na ishlarni ko‘rdi eb,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
Farhodkim g‘azanpari ahli jahon o‘lub,
Shirin firoqi birla ani bag‘ri qon o‘lub,
Ham Qo‘hkanki shuhrati ahli zamon o‘lub,
Hijron aroga tushgali tog‘lar makon o‘lub,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
Keldi quloqg‘a Vomiqu Azro xabarlari,
Biri Yamanni burjini bir mohi anvari,
Biri firoq marhalasini samandari,
Hijron alarg‘a soldi bukun charxi axzariy,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
Mahjur Xisravi-yu, Muzaffarda ming alam,
Ya’qub’ cho‘l aroda giriftori cho‘x sitam,
Muztar asiri nash’a-yu Vola xarobi g‘am,
Shavqiyni suhbatini topolmay Xiromiy ham,
Ul unda dog‘ bo‘ldi-yu, bul munda bo‘ldi dog‘.
MASNAVIY
Bor edi bir xasisi dangu dag‘al,
O‘lur erdi diramsiz o‘lsa bag‘al.
Birov gar kelmak o‘lsa unga gumon,
Sarf o‘lur deb anga birorta non.
Otashi hirs aylayur erdi dog‘,
Ko‘runurdi zamona bir pari zog‘.
Hodisoti zamona yeli esib,
Bir kishini tushurdi, yo‘lni kesib.
Kech edi-yu, yo‘li ham erdi uzun,
Keldi darvozag‘a, chiqarmadi un.
Soate o‘lturub edi, nogoh
Chiqti uydin o‘shal xasosat joh.
Nazari tushdi ul sihiy qadga,
Holini so‘rmay, ochti lab radga.
Dedi:— Bu uyda hech kishi yo‘qdur,
Dedi ul hamki:— Qornimiz to‘qdur.
Bir zamon bo‘lsa bir uy omoda,
Garchi bo‘lsa to‘shakdin ul soda,
Istirohat qilib ketar erduk,
Ertaroq manzila yetar erduk.
Bo‘ldi nochor, uyg‘a kirguzdi,
Umridin rishtai umid uzdi.
Bor edi zavjasi, afifai vaqt,
Esmagan zulfi sori sarsari maqt.
Moil erdi saxo sarig‘a dili,
Aytmag‘an betahoshiy so‘zni tili,
Turdi ul nolira. yeridin chust,
Mehmong‘a taome qildi durust.
Chun ki mehmon uchun pishildi palov,
La’ldek jonig‘a tutoshti olov.
Boyg‘a asru tamalluq ila borib,
Mehmon sori oshini yuborib,
Bordi-yu, qiblag‘a o‘gurdi yuzin,
Chashmadek tutti ashki ikki ko‘zin.
Dedi:— Yo rab, muning zamirini och,
Rahmating fanzidin xamirig‘a soch.
Mapi tavfiqdin karam ayla,
Ani xalq ichra muhtaram ayla.
Bir necha o‘g‘ri ittifoq aylab,
Boyning molin ishtiyoq aylab,
Naqb urub hovlidin, chiqorib bosh —
Urdi mehmon alarni boshig‘a tosh.
O‘g‘rilar kettilar umidin uzub,
Etmadi mehmon o‘zini tuzib.
Yana bir molini bo‘g‘ub edi ip,
Ani ham bordi-yu, ayirdi bilib.
Uyg‘a o‘t tushganin bilib nogoh,
Uy egosin ayladi ogoh.
G‘ayrat aylab o‘churdilar oni,
Yo‘qsa kuyurdi moli ham joni.
Anglabon bu sharafni mehmondin,
Yaxshiroq ko‘rdi oni yuz jondin.
Botin ila bu ma’nig‘a yetibon,
Hasadu buxlu xissati ketibon.
Yod etib chiqti kecha-yu kunduz,
Tangri farmonidin o‘gurmadi yuz.
Dedi Shavqiy:— O‘shal kishi men edim,
Sarguzashtimni nazm birla dedim.
QIT’ALAR
Urarlar ahli mansab ertalar choyu palov oqshom,
Senu mendeklara hargiz muyassar yo‘q g‘urunbodi!
Bu yanglig‘ fazl ila, naylay, chiqib Qarnab yo‘lin tutmay,
Buxoro ichra mansab toptilar har zog‘u kalxodi!
Rasolar holini bilmak uchun Shavqiy savol etdi,
Qani bir ahli donish to javobin qilsin inshodi?!
* * *
Qilib erdimki bir kuni kochi:
Olib erdim buzoqi urg‘ochi.
Podachig‘a dedimki:— Ey o‘rtoq,
Qambag‘al molidir — bilib, xo‘b boq.
O‘tlik-o‘tlik yerda eltib boqg‘il,
Davlatimdin tezagini yoqg‘il.
Qolmayin men sening vubolingg‘a,
Ol kochimni «oshi halol»ingg‘a!