Muhammadniyoz Nishotiy (18-asr, Xorazm) — shoir. Xiva madrasalarida o‘qigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol og‘irligi tufayli Nishotiy Buxoroga kelgan, g‘ariblik va muhtojlikda yashagan.
Adabiy merosi «Husnu Dil» dostoni, «Qushlar munozarasi» manzumasi hamda 1500 misra she’r — 38 g‘azal, 14 muxammas, 1 qasida va musaddasdan iborat. Lirikasi dunyoviy muhabbat mavzuida. Unda shoir o‘z kechinmalari, zamona xaqidagi fikr-mulohazalarini ifodalagan, vafo, sadoqat, go‘zallik va nafosatni kuylagan. «Qushlar munozarasi»da 14 xil qushning o‘zaro bahsu munozaralari orqali o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik va boshqa majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug‘langan.
«Husnu Dil» dostoni (1779) — shoir ijodining cho‘qqisi. U Sharq xalqlari orasida mashhur syujet asosida nazmda yaratilgan. Doston 15584 misra, 62 bobdan iborat. An’anaviy kirish (1—5-boblar)dan so‘ng shoir o‘zi haqida, dostonning yozilish sabablari, so‘z va uning qudrati, xamsanavislar (Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa) haqida fikr yuritgan. Asosiy qism 11-bobdan boshlanadi va asar xotima bilan yakunlanadi. Yetakchi mavzui — sevgi. U Husn va Dilning murakkab sarguzashtlarida o‘z aksini topgan. Aql, Ishq, Vafo, Mehr, Nomus, Himmat, Sabr, Raqib kabi obrazlarda kishilardagi muayyan xususiyatlar ifodalangan. Doston Husn va Dilning to‘y tantanasi, ya’ni ezgulikning yomonlik ustidan g‘alabasi bilan tugaydi. Asarda Vatanni sevish, xalqparvarlik, ma’rifat va adolat, mardlik, sevgi-sadoqat, yaxshi xulq-odob kabi g‘oyalar ilgari surilgan.
Doston qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №1198, 7013, 1997, 1666, 1027), Samarqand davlat universiteti (inv. №21828) qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
G‘AZALLAR
Yorab, nechuk balodur boshimg‘a shomi hijron,
Ne dardig‘a nihoyat, ne mehnatig‘a poyon.
Ne sabru, ne qarorim, ne hushu ixtiyorim,
Ne yoru, ne diyorim, ne jon manga, ne jonon.
Har kunda boshqa g‘avg‘o, har tunda o‘zga savdo,
Ne manzilu, ne ma’vo, yo‘qtur makonim imkon.
Mehnatg‘a davri purfan ko‘nglimni qildi ma’man,
Boshimni etti maskan, g‘am lashkarig‘a davron.
Ko‘zimda ashki hasrat, ko‘nglimda xori g‘urbat,
Boshimg‘a tushdi kulfat, andoq yog‘orki boron.
To soldi ul sumanbar jonu dilimg‘a axgar,
Ohimni qildi sar-sar ashkimni etti to‘fon.
Pinhon nazardin ul moh, ne munisu ne hamroh,
Dil so‘zim otashin oh, hamsuhbatimdur afg‘on.
Ortib balou shiddat, yuz muncha bo‘lsa mehnat,
Ne g‘am yetursa nakhat ul zulfi anbarafshon.
Tortib fig‘oni g‘ulg‘ul, hajringda misli bulbul,
Sensiz ko‘zimga, ey gul, mujgoni nishu paykon.
La’ling shahidi, ey dil, bo‘lmas kafang‘a moyil,
Bas jism uzra hoil rangin kafan qizil qon.
Ochg‘onda doli zulfing, yetkach shamoli zulfing,
Qildi xayoli zulfing toroji dinu imon.
Zulm etti charxi zolim, qildi fuzun malolim,
Ko‘p mushkil o‘ldi holim, yorab, san ayla oson.
Lutf aylabon bir oni, boqg‘il buyon nihoni,
Bo‘lsun Nishotiy joni boshinga sadqa, ey jon.
* * *
Bihamdillohki, jononim meni masti nigoh etti,
Ko‘zim bog‘in niholi qomatiga jilvagoh etti.
O‘tub har yong‘a yuz ming shevau nozu ado birla,
Gahe ko‘rguzdi ruxsorin, gahe ilkin panoh etti.
Yuz uzra donai xolin namudar aylobon qushdek,
Ko‘ngulni mubtaloi halqai zulfi siyoh etti.
Quyoshdek orazi uzra chu to‘kti zulfi mushkinin,
Qorartib ro‘zgorim, holi zorimni taboh etti.
Parizodi eram, yo hur deb tavsifi ruxsorin,
Junundin telba ko‘nglum dedi hazyon ishtiboh etti.
Ajab ermas damodam bo‘lsa zavqi sajda ko‘nglumg‘a,
Azal naqqoshi ul oy qoshi yosin sajdagoh etti.
Gadoi xokisori xo‘blar gar bo‘lsa tong ermas,
Ul oyni lutfi izzu husn elig‘a qiblagoh etti.
Kulub yuz noz ila hardam chiqib qasridin ul mahvash,
Hamisha koru borim nolau afg‘onu oh etti.
Diloromim harimi nozdin chiqg‘ach ado birla,
Nishotiy ko‘nglini ayshu tarabdin iydgoh etti.
* * *
Yorab, na xush kun erdi so‘rmaqg‘a arzi holim,
Yuz ishva birla keldi ul mushkbo‘ g‘azolim.
Oldi niqobi gulgun gul yuzdin ul parizod,
Ko‘rguzdi chehrai ol, daf’ ayladi malolim.
Har bir kunim edi oy, har oy erdi bir yil,
Ul zulfu yuzni ko‘rgach xush bo‘ldi mohu solim.
Dedimki: shomi hijron tul erdi ham qorong‘u,
Dediki: ko‘zung oydin topting bu tun visolim.
Ko‘rsatti yuz nazokat ul bel ila og‘izdin.
Boru yo‘qim fidosi ham sadqa qiylu qolim.
Ul qoshu ko‘z, qadu zulf ermish niholi ra’no,
Dark ayla yaxshi ey aql desam ani niholim.
Yondashturub jamolin mehri falakga dedi:
Insof qil, Nishotiy, ul mehr ro‘ jamolim.
* * *
Tushda la’lin ko‘rdim ul oyning to‘la kulgu bila,
To qiyomat subhi yorab, qo‘y mani uyqu bila.
Shodlig‘ ashkin oqizg‘an ko‘zga surtub orazin,
Dardu g‘am gardin aritdi ko‘zlarimdin suv bila.
Otashin jannat gulidek ochilib ko‘rguzdi yuz,
Emdi hargiz yuz ko‘rushkum yo‘q qaro qayg‘u bila.
Gavhari ashkimni man’ aylarga la’lin tishladi,
Ziynatafzo bo‘ldi la’li jonfizo inju bila.
Og‘zima ruxsor ko‘zgusin tutar za’fim ko‘rub,
To hayotimdin nafas fahm aylagay ko‘zgu bila.
Tiyra hijron shomi ichra bo‘ldi nuroni ko‘zim,
To qaro suyin supurdi vusmalig‘ abru bila.
Siymiyodin yoki zohir bo‘ldi yuz turlik xayol,
Yoki hamxo‘ o‘ldim oxir nargisi jodu bila.
Qildi ul ko‘zning qarosi zahri hijrondin xalos,
Qayda pozahr o‘lg‘usi bu nav’ har ohu bila.
Orazi minusida gulzori husnin ko‘rgali,
Yo‘q Nishotiydek ishim bu gunbazi minu bila.
MUXAMMAS
Bo‘ldi xoki tan quyun ul sarvi xush raftorsiz,
Bo‘lmag‘ay olamda mendek baxti barxurdorsiz,
Bir qurug‘on naxldek kim bo‘lsa bargu borsiz,
Navbahor ayyomi bo‘lmishman diyoru yorsiz,
Bulbul o‘lg‘andek xazon fasli gulu gulzorsiz.
Oh vovayloki nega topmayin so‘zu gudoz,
Qumrilar xaylig‘adur maskan niholi sarvi noz,
Goh sham’ o‘ti bila parvona bordur sarfaroz,
Goh sarv uzra, gahe gul uzra bulbul nag‘ma soz,
Vahki man-man gungu lol ul sarvi gulruxsorsiz.
No‘sh ishrat, nesh mehnat birla bsrdur tav’amon,
Kim bahori vaslg‘a oxir firoq o‘ldi xazon,
Voy kim bu dard qildi g‘unchai ko‘nglumni qon,
Topmadim gulrang jomi be xumor, ey bog‘bon,
Vahki bu gulshan aro gul butmas ermish xorsiz.
Orazi gar bo‘lmasa tushsun gulistonimg‘a o‘t,
Gulshani ko‘yidin ayru bog‘i rizvonimg‘a o‘t,
G‘unchai bog‘i jinondur dog‘i pinhonimg‘a o‘t,
Ravza ashjori o‘tundur gullari jonimg‘a o‘t,
Mumkin o‘lsa anda bu yanglig‘ dami dildorsiz.
Eyki kirding rohi ishqa boqmag‘aysan sog‘u so‘l,
Ya’ni harbir bulhavasdek sunmag‘il har sori qo‘l,
Kir Nishotiydek xarobot ichra shodu, forig‘ o‘l,
Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadg‘a yo‘l,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam’, kim xummorsiz.
MUSADDAS
Vah necha aqlu xirad tuproqig‘a past bo‘lay,
Xayli nojins bila hamdamu hamdast bo‘lay,
Borayin dayri mug‘on ahlig‘a payvast bo‘lay,
Topibon nash’ai may sheri zabardast bo‘lay,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying, ahbobki, loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Hodii rohi murod o‘lmas ekan har gumroh,
Bo‘lg‘ucha savmaai zohid aro oliy joh,
Bo‘layin piri xarobotg‘a xoki dargoh,
Ichib ilkidin aning bo‘lmay o‘zimdin ogoh,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Pok ichib dayri mug‘on ichra bo‘lay mastu yalang,
O‘ynayin bahri mayi nob aro andoqki nahang,
Lutf jomidin agar etsa karam soqiyi shang,
Sumuray o‘ylaki qochsun ko‘rubon nom ila nang,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki, loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Husha kelturgali hardam manga afsun qilmang,
Demangiz pandu mening dardimi afzun qilmang,
Demang afsonau afsun, manga qonun qilmang.
Tashnalabman meni juz may bila mamnun qilmang,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Aylang, ey aqlu xirad, o‘zga taraf uzra xirom,
Kunji mayxona aro man dag‘i aylab orom,
Qutulub bir yo‘li sizdin bo‘layin masti mudom,
Qoching, ey or ila nomus, keting nang ila nom,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Do‘stlar pand bu kim, jom ila may no‘sh qiling,
O‘zni bilmasdek ichib, shomu sahar jo‘sh qiling,
Zuhdu taqvi bila toatni faromush qiling,
Beribon jomi labolab mani madhush qiling,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
Aql neshi bila boshdin ayoq ozor o‘ldim,
Hush eli ta’nasidin vahki dilafkor o‘ldim,
Sabr zindonida donishg‘a giriftor o‘ldim,
Borchadin zor Nishotiy kabi bezor o‘ldim,
Tobakay rishtai donish bila pobast bo‘lay,
Qo‘ying ahbobki loyaqil o‘lay, mast bo‘lay.
QUShLAR MUNOZARASI
Do‘stlar, tab’im imtihon qilayin,
Qushlarning bahsini bayon qilayin.
Qish chiqib, hut etti chun tahvil,
Bo‘ldi Laklak tamom qushg‘a dalil.
Qat’ etib yo‘lni shahri Qesh keldi,
Sevunub xalq dedi: «Xush keldi!»
Qilibon g‘usl ila tahoratni,
Tavf qildi yurub mazoratni.
Didbon bo‘lubon minora chiqib,
O‘z boshi uzra shodiyona qoqib.
Dedi: «Inak yetishti fasli bahor,
Mu’tadildur havoyi laylu nahor».
Tikdi chodar shukufa bo‘stonda,
Bitdi yuz nav’ gul gulistonda.
Bo‘ldi tongning yeli Masih nafas,
Uyqudin ochdi ko‘zlarin narkas.
Chunki Laklak bu nav’ qildi nido,
Tushti yuz guftugo‘y qushlar aro.
Ul kun erdim faqir gulshanda,
Ko‘zlarim erdi sarvu savsanda.
Bir yig‘och tubida turub erdim,
Go‘shaye olib, o‘lturub erdim.
Bahs etar erdilar Akkayu Zog‘,
Zog‘ dediki:— Sen kimu bu bog‘?!
Man chekarman malomatin bog‘ning,
Bog‘ ichinda tamomi meva saning.
Dog‘uli behayoyi lo‘lisan,
Tutu zardoluning chug‘ulisan.
Akka dediki:— Ey qaro yuzluk,
Sho‘r tumshuqliqu achiq so‘zluk.
Sandayin zog‘din farog‘atman,
Bog‘ boshiga ahli xidmatman.
Bir makondin bu bog‘ mulkiga
Kirgali yo‘l yo‘q shag‘ol, tulkiga.
Ul sababdin mani chug‘ul dersen,
Behuda muhmalekim oytursen.
Sen kimu bu bog‘ ichinda sayr etmak?!
Bor buzuqliqni saqla chun cho‘g‘zak.
Qumri keldi bular qoshig‘a ravon,
Qoldi bu ikkisiga ul hayron,
Dedi:— Nevchun urushasiz, qullar?
Qushlar ichra bahosi bir pullar!
Sonmangiz o‘zungizni odam siz,
Barcha qushlar arosida kamsiz.
Bog‘u masjidlaring muqrisiman,
Hazrati zuljalol qumrisiman.
Tengri soldi azalda o‘z shavqin,
Hamchu bo‘ynimg‘a bandalik tavqin.
So‘fidek bo‘ynuma rido soldim,
Bog‘u masjid ichinda joy oldim,
Bog‘u bo‘ston ichinda bir xushxon,
Bo‘lmag‘ay man kabi fasih zabon.
Foxtak eshitib bu loflarni,
Muncha behuda u gazoflarni,
Dedikim:— Ey g‘alatnamo Qumri,
Yuzunga kelmadi hayo, Qumri.
O‘zungni toni, haddin oshmog‘il,
Hadingni bil, dag‘i taloshmog‘il.
Sandin ortuqdurur paru bolim,
Sarvu shamshod — bori poymolim.
Aylasam chun duo mani miskin,
Qo‘l chiqorib chinor der omin.
Bu duo birla bog‘ barpodur,
Rashki firdavsu huldi a’lodur.
Shoxi sarv uzra gar desam ku-ku,
Oyturam «Lo iloha illohu».
Tengri qildi mani azalda aziz,
Hech qayungiz manga yetushmassiz.
Bulbul ul damda qon yutub gulsiz,
Zor yig‘lab, bo‘lub tahammulsiz.
Dedi:— Ko‘p lof urma behuda,
Ayta ko‘rma dimog‘ing oluda.
Man borinda sanga ne son bo‘lg‘ay,
Ushbu ish barchag‘a ayon bo‘lg‘ay.
Subhidamlarki, boshlasam nola,
Soluram shavq ahlini bir hola.
Kecha-kunduz haqqa sano derman,
O‘zimi bandai xudo derman.
Boshlag‘ach bu nido mani g‘amnok,
Eshitib gul qilur yaqosin chok.
Bulbul erdi bu so‘zdakim nogoh,
Bo‘ldi To‘ti bu qissadin ogoh.
Xil’atin sabz etib zumurraddin,
Tavq edi bo‘ynida zabarjaddin.
Xizr yanglig‘ yetishdi manzilga.
Dedi:— Ko‘p so‘zlama, anodilga.
Bo‘lma mag‘rur gulga, ey Bulbul,
Bo‘ston ichra necha kundur gul?!
Lolavu gulda bo‘lmag‘ay bunyod,
Berur oni xazon yeli barbod.
Muttasil Hinddur manga manzil,
Xizrdek kiyganim erur yoshil.
Ichganimdur mudom obi hayot,
Eganimdur mudom qandu nabot.
El ichida g‘izom shahdu shakar,
Qaysi bir qushda bor muncha hunar?!
Erdn bu so‘zda To‘tnyu Bulbul,
Ki yetishdi aroga Qirgovul,
Dedi:— Ey To‘tp, xudilmo bo‘lma,
Akkadek sho‘xu behayo bo‘lma.
Odam ersang, o‘zuiga ber insof,
Eganim qanddur deb urmyag‘il lof.
Muncha deding bu qand ila asale,
Nafsidin demadi nabiyu vali.
Yuzuming qizilin ko‘rub ibrat,
Balki yozdi muni yadi qudrat.
Qani bir qushki, bo‘lg‘ay ul mancha,
Ursoq oning bila necha panja.
Tushgach o‘rtog‘a zo‘ru panja so‘zi,
Qah-qah urub yetishti Kaklik o‘zi.
Ko‘zlari qip-qizil erdi qondek,
Tog‘ ichidin yetishdi qaflondek,
Dedi Qirg‘ovulakim:—Ey nodon,
Barchag‘a mokiyon urushi ayon.
Ko‘ch bila o‘z-o‘zipgni o‘lturma,
Go‘shaye olu emdi lof urma.
Ko‘hu homunda aylaram qah-qah,
La’l koniga onda topdim rah.
Eganimdur hamisha donai la’l,
Tumshuqimda,erur nishonai la’l.
Kaklik ul lahza lofi duru daroz —
Boshlab erdi, yetishti nogah boz.
Qo‘rqub ul yerda kakliki avbosh,
Rozi bo‘ldi yorilsa ul dam tosh.
Kirsa ul toshning arosig‘a,
Qolmasa Qarchig‘ay balosig‘a.
Qarchig‘ay achchig‘i bila turdi,
Barcha qushdin yuqori o‘lturdi,
Dedi:— Ey qushlar, o‘lturung absamt,
Urmag‘ayman baringizi barham.
Goh tog‘ ustida qilib javlon,
Gah ko‘tarib qo‘lig‘a hazrati xon.
Solg‘ochin ul yagonai ofoq,
Oluram O‘rdak ila qashqaldoq.
Qarchig‘ay so‘zni muxtasar qildi,
Anda qushlar bari hazar qildi.
Qildi Tovus anda jilva magar,
Ko‘rsatib noz ila hazor hunar.
Chatr qildi boshig‘a quyruqini,
Ko‘rungiz emdi tengri buyruqini!
Chatrining ostida turub chun hur,
Bo‘ldi o‘z husniga base mag‘rur,
Dedi:—Man-man baringizga sulton,
Manzilimdur diyori Hinduston.
Ko‘rmak uchun parimni savdogar
Shahrdin shahrlarga elturlar.
Erdi o‘rnum bihishti jovidon,
Ozg‘urib soldi dunyog‘a shayton.
Dahrda qoldim ushbu holatg‘a,
Uchradim yuz tuman malomatg‘a.
Qilmay erdi bu so‘zni Tovus ado
Ki, yetishti bu holat ichra Humo.
Anda qushlar barisi qo‘pdilar,
Kelibon ayoqini o‘pdilar.
Qo‘pmadi o‘rnidan magar Tovus,
Anda qildi humo base nomus.
Dedi:— Ey beadab, ne xo‘dur bu?
Yaxshidur yaxshilarg‘a xo‘yi naku.
Surating xo‘bu siyrating nochoq,
O‘zungga boqma — bu ayoqinga boq.
Anda iblisa rahnamun bo‘ldung,
Ul sababdurki sarnigun bo‘ldung.
Bor sanda hanuz istig‘no,
Tengri amrin keturmading barjo.
Har kishiping boshig‘a man soya —
Solg‘achin ul topar ulu poya.
Oti xalq ichra podshoh bo‘lur,
Podshohi jahonpanoh bo‘lur.
Yururam nafsdin amon birla,
Sabr etib quruq ustuxon birla.
O‘zima luqmani halol etdim,
Nafsi zolimg‘a go‘shmol etdim.
Dahr aro budur koru borim,
Hech joivarg‘a yetmas ozorim.
Bo‘ldi Tovuski snda sharmanda,
Dedi:— Sensen amiru man banda.
O‘rnidin ko‘ptiyu dedi:—Taqsir!—
Bo‘ldi anda humoy uzrpaznr.
Yod qildi xato tabohidin,
Osha kechdi aning gunohidin.
Erdi guftu shunid qushlar aro,
Tortdi bir oh Bulbuli xono:
— Qaydasen, Hudxudi fasih zabon,
Toki qilsang bu mushkili oson!
Achchig‘idin Humoyi farrux fol
Dedi:— Ollimda Hudhuda ne majol?
Haddi yo‘qturki munda dam urg‘ay,
Poyadin yuqori qadam urg‘ay.
Dema Hudhudki, haddin o‘zi bilur,
Kelgachin ayoqimg‘a sajda qilur.
Tutdim oniki beku mehtardur,
Shoh ila posbon barobardur.
Munfail bo‘ldi bulbuli miskin,
Qildi Humoy so‘zi opi g‘amgin.
Yana dediki:— Qaydasan, rahbar,
Toki qilsang bu mojarog‘a. nazar!
Barchag‘a saru peshvosan san,
Murshidi qutbu muqtadosan san.
Ko‘ngli tasbeh ila topib taskin,
Erdi Hudhud uyida chillanishin;
Ki quloqig‘a yetdi Bulbul uni,
Dedi:— Bo‘ldi magar bahor kuni!
Chunki Hudhudga yetti bu payg‘om,
Qolmadi anda sabr ila orom.
«Hu» dedi, chiqdi chilladin filhol,
Gasht etib bog‘ sori urdi bol.
Ko‘rdi bir majmaiki, jam’i tuyur,
Etibon bir-biriga yuz sharu sho‘r.
Keldi Hudhud taqi bu holatda,
Andalib erdi yuz malomatda.
Oldi Hudhud bila bu kallai dast,
Sevunub dsdi onda Bulbuli mast:
— Yaxshi kelding, farishtaxo‘, Hudhud,
Barcha qushlarg‘a obro‘ Hudhud.
Haq yo‘lida yurub talab birla,
Keldiyu turdi yuz adab birla,
Dedi:— Ne bahsdur, muni bilsam,
Rohi tadbirini oning qilsam.
Ochchng‘din Humo dedi:— Tak tur,
Haddinga yarasha bugun lof ur.
Sonmakim bo‘lubon sapga tobe’,
Aylagaybiz bu umrpi zse’.
Tortdi Hudhud bir oh ul damda,
Bo‘lmag‘ay andoq oh olamda,
Dediknm:— Ey Humo, dsma zinhor,
Moumanlikni sevmagay jabbor.
Erdi shayton muqarrabi dargoh,
Bo‘ldi manmanlikda ul gumroh.
Ul Sulaymonki dunyoni tutdi,
Rif’ati yetti charxdin o‘tdi.
Erdi tengrig‘a ul nabsho rasul,
Qilur erdi so‘zim hamisha qabul.
Eshiting, sizga bor bir tamsil,
Kelturay sizga bir naziru dalil:
Bir kuni tushti ko‘kdin boron,
Ko‘rsakim yer, muhit bepoyon.
Munda tushtiyu munfail bo‘ldi,
Tushkaniga base xijil bo‘ldi.
Dedi:— Man munda kimki jo qilsam,
Bahr ila bahs, mojaro qilsam.
Ko‘rgach o‘zini kam o‘shul yomg‘ur,
Sadaf ichiga tushtiyu b.o‘ldi dur.
Hudhud ul dam so‘z«n ado qildi.
Barcha qushlar apga duo qildi.
Ul zamonda humou g‘ayri humo
Qo‘ptiyu qildi barcha sa’yat ango.
Kirdigoro, rahimu rahmonsan,
Bilguchi borcha rozi pinhon san.
Gar Nishotiy erur parishone,
Boshidin ayoqig‘a isyone.
Lutf etib sen kechur gunohin aning,
Boqmag‘il nomai siyohin aning.
O‘tdi umri tamom g‘aflat ila,
Yurudi subhu shom g‘aflat ila.
Jonu dil birla qilmadim toat,
Bo‘lmadim begunoh bir soat.
Sidq ila qilmadim ibodatni,
Ro‘zi qilg‘in manga saodatni.