Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri, aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan.
Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, uning g‘azallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim g‘azal va qitalarida shoirning o‘z hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. She’riyatida «charx jafosi», «ro‘zg‘or javri»dan fig‘on, «g‘urbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi.
Gadoiy she’rlari aruzning xalq qo‘shiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho‘x va o‘ynoqi. Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 g‘azal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Halil Sulton madhiga bag‘ishlangan. Devon qulyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Gadoiyning forsiydagi she’rlari Fahri Hiraviyning «Radoyif ul-ash’or» tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy she’rlari Turkiya (1960) va AQSh (1971) da bosilib chiqqan.
G‘AZALLAR
* * *
Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,
Bu ko‘ngulnung ilgidin jong‘a balo bo‘ldi yana.
Do‘stdin oyirdi bu charxi jafo gustar yana,
Ey darig‘o, hojati dushman ravo bo‘ldi yana.
Necha bo‘lsun, soqiyo, oxir g‘ubori xotirim,
Tut mayi sofiki, hangomi safo bo‘ldi yana.
Xushdurur, oyo, pari paykar bila gulgashtkim,
Bo‘stonu bog‘i Eram dilkusho bo‘ldi yana.
Oq evindin qo‘ymas erding chiqqali, ey shum raqib,
Shukrlillah borikim, yuzung qaro bo‘ldi yana.
Chini zulfindin dam urmog‘liq ne nisbat, ey abir,
Bu kinoyat bori sendin bas xato bo‘ldi yana.
Shod bo‘lg‘il, ey Gadokim, mavsumi navro‘zdin,
Gulbuni ummid babargu navo bo‘ldi yana.
* * *
Buti siyminbarim, bizni unutma,
Dudoqi shakkarim, bizni unutma,
Falakka yetti ohimning tutuni,
Ayo mahpaykarim, bizni unutma.
Chu toroj aylading jonu ko‘ngulni,
Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma.
Sevar jonim, begim, xonim, umidim,
Azizim, dilbarim, bizni unutma.
Gado qonin jafo birla chu to‘ktung,
Qaroqi kofirim, bizni unutma.
* * *
Ey ko‘ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,
Vodiyi hijron ichinda o‘zga ne g‘amdur sanga.
Alhaq, ushbu lutfi xulqu husni istig‘no bila,
Kishvari ko‘rk ichra sultonlig‘ musallamdur sanga.
Ul ko‘zi o‘tluqni sevdung, o‘z hadingni bilmayin,
Ishq o‘ti har necha kuydursa hanuz kamdur sanga.
Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg‘a degin
Kim, necho‘k bodi sabo hamrozu hamdamdur sanga.
Ayb emastur gar parishonsen dag‘i oshufta hol,
Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga.
* * *
Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma,
Ul ko‘zlari nargis, guli xandondin ayirma.
Bu baxti parishong‘a, ayo kavkabi tole’,
Rahm ayla dag‘i, ul gulixandondin ayirma.
Ey charxi sitamgar, meni sargashtani zinhor,
Rahm ayla, dag‘i ul mahi tobondin ayirma.
Bu bandag‘a har javru jafoyeki qilursen,
Qilg‘in, vale ul hisravi xo‘bondin ayirma.
Gar xasta Gado qonina nogah kirar o‘lsang,
Jonindin ayirg‘il, vale jonondin ayirma.
* * *
Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo,
Ey nasimi ruhparvar, xayri maqdam, marhabo!
Emdi xushtur moh paykarlar bila gulgashtkim,
Bog‘i rizvontek chaman bo‘ldi latifu jonfizo.
Ushmunungtek faslda men vasli dilbardin yiroq,
Asru zulm o‘lg‘ay, ilohiy, tutmasun tengri ravo.
Garchi bor erdi burun andak g‘ubori xotirim,
Shukrlillahkim, muyassar bo‘ldi anvoi safo.
Xoh o‘ltur, xoh tirguz, ixtiyor ilkingdadur,
Ul sening nozu itobingg‘a mening jonim fido.
* * *
Gar qabuliyatg‘a qobil tushsa jon jonim sanga,
Jonima minnat fido bo‘lsun, begim, jonim sanga.
Har kishi ko‘nglindagin oxir daminda fosh etar,
Arza qilg‘um men dag‘i holimni, sultonim, sanga.
G‘ofil o‘lma ko‘zlarimning yoshidinkim, nogahon
Mavj urubon yetmasun nogah bu to‘fonim sanga.
La’li serobingdin uzsam gar tama’ni, to abad
Suvdek ich, o‘lsun haloling bir ovuch qonim sanga.
Husn ganjidursenu ko‘nglum buzulg‘on go‘shaye,
Shukrknm, tushti qabul ush ganju vayronim sanga.
Mustadom o‘lsun kamoli husnu johingkim, bukun
Mehru mah hayron erur, ey, ko‘zi cho‘lponim, sanga.
Nechakim chekdim soching yangliq parishon holliq,
So‘rmading birkim, «Ne bo‘ldi, netti, darxonim, sanga?»
* * *
Vasli nigoru fasli bahoru sharobi nob,
Har kimga dast bersa zihi baxti komyob.
Bo‘stonu bog‘ farqina ko‘rkim, ne tortadur,
Har dam-badam takalluf uchun soyabon sahob
Kasbi kamol qildi chaman bodi subhdin,
Ahsan, ey nasim, hamin bo‘lg‘ay iktisob.
Mahbubi gul’uzor ila har kunji bog‘da
Aysh etki, bas g‘animat erur g‘arrai shabob.
Bir-bir varaq mutolaa qildi Gado borin,
Devoni ko‘rk ichinda seni topti intixobyu
* * *
Sarvaqtimizg‘a bir guzar etting, ajab-ajab,
Nogah ko‘z uchidin nazar etting, ajab-ajab.
Yuz ko‘rsatib gunash kibi burji kamoldin,
Shomi firoqimi sahar etting, ajab-ajab.
Ul g‘uncha vaslidin mango, ey bodi atrso,
Altof etib, ne xush xabar etting, ajab-ajab.
Hajring qarong‘usida giriftor egach ko‘ngul,
Ko‘nglum evini pur sharar etting, ajab-ajab…
Ul tosh bag‘irlu ko‘nglina oxir niyoz ila,
Ey ohi subhidam, asar etting, ajab-ajab.
Muncha takabburung bila, ey husn elina shoh,
Bir kun Gado bila basar etting, ajab-ajab.
* * *
Husn ichinda bir seningtek dilrabo bo‘lg‘aymu hech?
Ishq eliga dog‘i mendek mubtalo bo‘lg‘aymu hech?
Yo rab, ul la’li labingdinkim, erur tafrihi ruh,
Bu mening dardumg‘a ummidi davo bo‘lg‘aymu hech?
Iltifot etmay raqib, asru qilur begonalik,
Ul o‘lumluk bizga bir kun oshno bo‘lg‘aymu hech?
Dast bermas chun yovuqdin hosid ilkindin salom,
Ko‘z yetar yerdin, habibim, marhabo bo‘lg‘aymu hech?
Asru beparvolig‘ingni hadtin oshurdung manga,
Iltifoting ul burunqitek yano bo‘lg‘aymu hech?
Ishtiyoqu dardu hasrat birla mundoq xoru zor
Ostoningdin yiroq o‘lsam, ravo bo‘lg‘aymu hech?
Garchi yo‘qtur ko‘rk ichinda sen bekin, sulton begim,
Barru bahr ichra meningtek bir Gado bo‘lgaymu hech?
* * *
Yana begonasen, bori nechukdur?
Vafodin yonasen, bori nechukdur?
Qilib shart avvalu, oxir pushaymon,
So‘zungdin tonasen, bori nechukdur?
Vafo xud yo‘q, vale javru jafog‘a
Base mardonasen, bori nechukdur?
Raqiblardin haroson erding avval,
Yana begonasen, bori nechukdur?
Gadoni muncha aqlu fahm birla,
Deding: «Devonasen», bori nechukdur?
* * *
Bo‘stonki, latofatta parixona ko‘runur,
Sensiz manga bir manzili vayrona ko‘runur.
Bas mushkil erur bu mangakim, dardi dilimni
Har necha bitisam sanga, afsona ko‘runur.
Bir-bir bosib, ey sarvi xiromon, yururungda
Bo‘ying solishing asru zarifona ko‘runur.
Loya’qil o‘lur men kibi gar ko‘rsa jamoling,
Nosihki base oqilu farzona ko‘runur.
To sevdi Gado mehr ila sen mohliqoni,
Zarroti jahon ko‘zida begona ko‘runur.
* * *
Har qachon la’ling tabassum qilsa shakkar sochilur,
Chun takallumdin dam ursa durru gavhar sochilur.
G‘olibo sen sunbulungni torading, ey jon, bukun
Kim, nasimi subhidamdin anbari tar sochilur.
Oy yuzungnung hasratinda har kecha tongga degin
Ko‘zlarimning yoshidin yer uzra axtar sochilur.
G‘oyati a’lo marotibdin dururkim, har sahar
Maqdamingda gunbazi aflokdin zar sochilur.
Bu Gado hasrat bila ko‘z ma’danidin dam-badam
La’ling uchun har qayon yoquti ahmar sochilur.
* * *
La’li serobingdek, ey jon, obi zamzammi bo‘lur?
Ya’ni kavsar suyi birla tongi shabnammi bo‘lur?
Aql sig‘mas ishq uyinakim, harimi xos erur,
Li maalloh, ko‘yida Jibril mahrammi bo‘lur?
Har qushe anqo deguldur, har bashar inson emas,
Kimsakim, oti Birohim o‘lsa Adhammi bo‘lur?
Ey ko‘ngul, har nechakim, jonigg‘a tegdi dardu g‘am,
Ne bushar mardona bo‘l, dilbar g‘ami g‘ammi bo‘lur?
Ushbu yo‘lda qon yutub, sobit qadam bo‘lmoq kerak,
Jur’aye ichgan kishi bu jomdin Jammi bo‘lur?
Ul kishidinkim, safo olmas tariyqi g‘afldin
Lofi ishq urmoqlig‘, ey nosih, musallammi bo‘lur?
Chashmai no‘shi zulolingdin Gadog‘a qatraye
Gar inoyat aylasang, netti, begim, kammi bo‘lur?
* * *
Ey sabo, ul g‘unchai xandonumung holi nedur?
Dilbarim, umrim, umidim, jonumung holi nedur?
Ul o‘zi ra’no, so‘zi g‘avg‘o, ko‘zi ayni balo,
Sochlari yaldo, mahi tobonumung holi nedur?
Bahri ehsonu muruvvat, ma’dani lutfu karam,
Tishlari dur, lablari marjonumung holi nedur?
Ko‘rkluklar ravnaqi, nozik badanlar sarvari,
Ul zarofat masnadining, xonumung holi nedur?
Qayg‘udin doim yiroq erdi-yu shodig‘a yaqin,
Emdi bilmasmenkin, ul sultonumung holi nedur?
Munda men bori base rasvou dushman komimen,
Anda, yo rab, ul sevar jononumung holi nedur?
Ey xush ul chog‘larki, dahshatsiz so‘rar erdi meni,
Har kishidinkim: «Mening darxonumung holi nedur?»
* * *
Shirin dudoqingni, sanamo, jon desa bo‘lur,
Chun kulsa dag‘i g‘unchai xandon desa bo‘lur.
Shul g‘abg‘abi siyminkim, erur obi muallaq,
Nozuklugindin chashmai hayvon desa bo‘lur.
Gar bor desam og‘zungu belingni gumoni,
Chindur ajab isboti-yu yolg‘on desa bo‘lur.
Javru sitamu nozu itobingni haqimda
Lutfu karamu jud ila ehson desa bo‘lur.
Sorig‘ yuzuma qonlu yoshimning qatarotin,
Oltun yuzuma la’lidin afshon desa bo‘lur.
Chun tushti Gadoning elina xotami la’ling,
Bu mu’jiz ila oni Sulaymon desa bo‘lur.
Har nechaki vayron esa ko‘ngli bu so‘zidin,
Haqqokim, oni ganji durafshon desa bo‘lur.
* * *
Begim, qulg‘a ato bo‘lmasa bo‘lmas,
Sening lutfung mango bo‘lmasa bo‘lmas.
Bu turluk husnu lutfu shevalarg‘a,
Sanga jonim fido bo‘lmasa bo‘lmas.
Soching zanjirina devona ko‘nglum
Qarorib mubtalo bo‘lmasa bo‘lmas.
Bu o‘tkim soldi jong‘a nor yangoqiig,
Zulol erning davo bo‘lmasa bo‘lmas.
Shifo uchun eshiking tuprog‘indin
Ko‘zumga to‘tiyo bo‘lmasa bo‘lmas.
«Jafolar hadtin oshti», desam aytur:
«Latiflardin jafo bo‘lmasa bo‘lmas»,
Seningdek shohning ostonasinda
Meningdek bir Gado bo‘lmasa bo‘lmas.
* * *
Ey begim, sensiz tirik(lik) bir baloi jon emish
Kim, aning dardi qoshinda yuz o‘lum hayron emish.
Koshki hargiz muyassar bo‘lmag‘ay erdi visol,
Oqibat yuz dardu hasrat birla chun hijron emish.
Bilmas erdim davlati diydoringiz qadrin burun,
Emdi bildimkim, zamoni vasl xush davron emish.
Oshiqekim, yor adoqi ollida bosh o‘ynamas,
Lofi ishq urmoq anga tahqiq bas tovon emish.
Mehnatu ranju balou g‘ussavu dardu firoq
Har ne kelsa xush turur, chun tengridin farmon emish.
Andakim sendin vafo tutti tama’ miskin ko‘ngul,
Shaksizin bildimki, asru go‘lu ham nodon emish.
Bu Gado yolg‘uz giriftor o‘lmadi hijrong‘akim,
Gunbadi aflok bag‘ri dog‘i andin qon emish.
* * *
Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido’,
Chun qazodin mundoq ermish hukmu farmon alvido’.
Davlatingdin xush kechurdum muddate umri aziz,
Chando ul komu zavqu ayshu javlon alvido’.
Bas sudo’ erdi fig‘onimdin ulusqa, ey begim,
Mushkil ishni qildim oxir elga oson alvido’.
Jo‘yi Navnung suyi ermish obi kavsar shaksizpn,
Ravzai rizvon dag‘i «Bog‘i xiyovon» alvido’.
Ey darig‘okim, tag‘oful birla kechti muncha umr,
Bilmadim qadri «Shamol»u «Bog‘i Zog‘on» alvido’.
Nechakim, qonimdin ichti suv niholi qomating,
Topmadim sepdin bar, ey sarvi xiromon, alvido’.
Gar Gado bordi ilikgni bok emas, sen yaxshi qol
Komronlpq birlya. ey sultoni xo‘bon, alvido’.
* * *
Ohkim, tushtum yiroq ul gul’uzorimdin darig‘,
Topmayin jon maqsadi la’li nigorimdin, darig‘.
Yurokim qat-qat jafodin g‘unchadek qon bog‘ladi,
Ko‘rmadim bir kun vafo ul navbahorimdin, darig‘.
Vodiyi hajringda hasrat birla jon berdim, begim,
Bo‘lmading voqif mening bu holi zorimdin, darig‘.
O‘lganimdin so‘ngra har bir zarrai tuprog‘din
Gar guzar qilsang eshitgaysen mazorimdin, darig‘.
Ko‘-bako‘-yu darbadar bo‘ldi Gado dardingdin, oh,
Aytqil, boreki miskin xoksorimdin, darig‘.
* * *
Soqiyo, yoz o‘ldi, kel, bahri xudo, bo‘lg‘il shafiq,
Daf’i mehnatg‘a keturgil jur’ai rohi rahiq.
Xush tut oxir bir dame bizniki, bu dunyoyi dun
Bevafo makkorayedur besabotu betariyq.
Qo‘pqin, ey baxt, uyqudin, tutqin saodat etagin,
Bir taammul qil, chaman sori gar erursen shafiq.
Har rayohinkim ko‘rarsen sahni bo‘ston ichra, oh,
Bir sumanbarning ko‘zi, yoxud yuzidur, ey rafiq.
Zavq ila no‘sh ayla jomi bodai gulrangkim,
Xush tutar sarvi sihig‘a arg‘uvon jomi aqiq.
Nosiho, dardi dilimni bilmasang ma’zursen,
Chunki bilmaydur, bale, sohildagi holi g‘ariq.
Gavhari ma’ni tilarsen, ey Gado, g‘avvos o‘lub,
Lek hozir bo‘lki, bahridur bu Ummon bas amiyq,
* * *
Ey jamolingdin falakda mash’ali tobon xijil,
Ko‘zlaringdindur dagi har subhidam cho‘lpon xijil.
Chando erningning zulolindinkim, andin uftonib,
Eshunub zulmotg‘a kirdi chashmai hayvon xijil.
Bargi nasrin uzra mundoq zulfu xotingni ko‘rub,
Hech g‘arib ermaski bo‘lg‘ay sunbulu rayhon xijil.
Ul tor ogzing ramzidin fahm etti go‘yo shamsaye
Kim, chamanda bo‘ldi mundoq g‘unchai xandon xijil.
Ko‘zlaring hayronimenkim, muncha nohaq qon qilib,
Iymanib hech bo‘lmadi ul joduyi fatton xijil.
Bilmadi husnung ramuzin, yo‘qsa holig‘a degin,
Qolg‘ay erdi choh ichinda Yusufi Kan’on xijil.
Bu Gadoning o‘tluq ohindin dag‘i ko‘z yoshidin
Bo‘ldi barqi jon gudozi qatrai nayson xijil.
* * *
Ey meni mundoq jahonda xoksor etgan ko‘ngul.
Yor zulfitek parishon ro‘zgor etgan ko‘ngul.
Muncha ayshu ishratu lazzat ichinda dunyoda,
Mehnatu dardu baloni ixtiyor etgan ko‘ngul.
Muncha yil yotqon javohirni jigarxunlig‘ bila
Ko‘z yo‘lindin barchani zoye’ nisor etgan ko‘ngul.
Bandaningkim, bor edi bir chog‘da yuz ming e’tibor,
El qoshinda it kibi bee’tibor etgan ko‘ngul.
Obro‘yini qaro yerga to‘kubtur ko‘rmayin,
Darbadar miskin Gadopi xoru zor etgan ko‘ngul.
* * *
G‘amu dard o‘rtadi jonimni, sen bil,
Tabibim, emdi darmonimni sen bil.
Ulusning olida fosh etting, ey moh,
Mening bu rozi pinhonimni sen bil.
Sabo, ul sochlari sunbulg‘a yetkur,
Bu ahvoli parishonimni sen bil.
Bu zulmatda manga yetkurgin, ey baxt,
O‘shul sham’i shabistonimni sen bil.
To‘karsen dam-badam jallodlartek
Yozuqsiz bu mening qonimni, sen bil.
Salosil sunbulungning kufri buzdi.:
Binoyi zuhdu iymonimni, sen bil.
Manga g‘amzang na kim o‘q otsa aytur:
«Yurakda saqla paykonimni, sen bil».
* * *
Dilbaro, bo‘ldi havo tab’ida paydo e’tidol,
Ayshu ishrat chog‘i keldi, ketti davroni malol.
Ro‘za ayyomi salomatlig‘ bila raf’ o‘lubon,
Shukrlillahkim, hiloli iyd ko‘rguzdi jamol.
Voqean bordur xayoli ushbu oy boshidakim,
Kechqurun ko‘rguzdi sultoni falak tug‘royi ol.
Yuzunguz birla agar lof ursa bushmas to‘lun oy,
Asli chun kaj tab’ erur, bori xayolidur mahol.
Mast agar chiqsant bugun gashti xiyobon qilg‘ali,
El bo‘lur bori qatilu bo‘ynunga qolur vubol.
Hayrat ichra iydgah xalqi namozin tark etib,
So‘rg‘usi bir-birisidin mahv bo‘lubkim: «kayfu hol?»
Sham’i xovardur kamol avjinda alhaq tal’ating,
To dami subhi qiyomat ko‘rmasun, yo rab, zavol.
Manbai no‘shi labingni topqamen deb istayu,
Sangi xorodin chiqib hayron yurur obi zulol.
Dastgir o‘lg‘ung yo‘q, ey sulton, Gadoiy xastag‘a,
Har necha qilsa qaro yerdek oni g‘am poymol.
* * *
Dilbaro, la’ling hayoti jon emishduk, bilmadim,
Bu ko‘ngulnung dardina darmon emishduk, bilmadim.
Holikim sendin yiroq o‘ldum, azizim, angladim
Qim, visoling davri xush davron emishduk, bilmadim.
Halqa-halqa sunbulung ul bargi nasrining uza
Kufri mahzu ravnaqi iymon emishduk, bilmadim.
Suvsadi ko‘nglum bag‘oyat vodiyi hajringda, oh,
Xoki poying chashmai hayvon emishduk, bilmadim.
Kunda har soat yiroqdin oy yuzung nazzorasi,
Men Gadog‘a umri jovidon emishduk, bilmadim.
* * *
Chun gasht uchun otlanding, ayo sarvi ravonim,
Etti yeti gardung‘a mening ohu fig‘onim.
Ot ustida ul shakli zarifonani ko‘rgach,
Aqlu xiradim ketti, dag‘i qolmadi jonim.
Gar hajr elidin bo‘lsa xalosi manga bir kun,
Qurbon o‘layin qoshingga, ey ko‘zi qironim.
Ey voyki, bu tinmag‘uru qonlu yoshimdin
Fosh o‘ldi ulus qoshida asrori nihonim.
Bordur niyatimkim, qadamingga o‘lay oxir,
Gar charxi falak birla ajal bersa amonim.
Rahm ayla bukun xasta ko‘ngul holina, ey jon
Kim, tongla tilab topmag‘asen nomu nishonim.
Shod etsang agar lutf etibon, netti, ne bo‘ldi,
Vasling bila bu xasta Gado ko‘nglini, xonim.
* * *
Ul jafochi bizga bir kun mubtalo bo‘lg‘aymu, oh,
Vaslidin bu qayg‘uluq jon shodmon bo‘lg‘aymu, oh.
G‘amzang ilgindin yana, ey sho‘xi fatton, jon aro
Ko‘z yumub ochquncha yuz turluk qiron bo‘lg‘aymu, oh.
Maqdamingda, ey azizim, joni shirin berganim
El arosinda yana bir doston bo‘lg‘aymu, oh.
Asru suvsabtur menim qonimg‘a jallodi falak,
Oy yuzung ko‘rguncha bilmonkim, amon bo‘lg‘aymu, oh.
Oqibat bir kup dedingkim: «Rahm qilg‘umdur sanga»,
Mendin ul kun dunyada nomu nishon bo‘lg‘aymu, oh.
Ostoningdin raqiblar barcha qovarlar meni,
Itlaring xaylida bir kun bizga son bo‘lg‘aymu, oh.
Dog‘i ishqing birladur faxru mubohotim, begim,
Hech Gadoda ushbu davlatliq nishon bo‘lg‘aymu, oh.
* * *
Ey ko‘ngul, ul damki sevdung sen bu ko‘zu qoshni,
Xotirimda kechtikim bot o‘ynag‘umdur boshni.
Topsa bo‘lmas chunki la’ling soridin nomu nishon,
Necha haryon chopturoyin men bu miskin boshni.
Yo‘qturur mehru vafo ko‘nglungda alhaq zarraye,
Muzmar etmishlar magar siym ichra xoro toshni.
Chun har ish qismat kunida bo‘ldi ta’yin, ey hakim,
Necha man’ etgaysen oxir oshiqi avboshni.
So‘zlashurda shakkar erningni ko‘rub Misriy nabot
Suvg‘a yotib infiolindin yoshurdi boshni.
Nuri iymon mubham o‘ldi solmag‘il, bahri xudo,
Bargi nasrining uza ul sunbuli tolg‘oshni.
Umrida miskin Gado hech ko‘rmadi ishrat yuzin,
Dard uchun go‘yo yaratmishlar meni qalloshni.
* * *
Xasta ko‘nglumni, begim, nortek yangoqing o‘rtadi,
Qolg‘anin bir yo‘li ul jodu qaroqing o‘rtadi.
Zulfu xolingdin shikoyat qilmon, ey joni jahon
Kim, mening jonimni ul siymin saqoqing o‘rtadi.
Yurokim qon bo‘ldiyu hech topmadim jon maqsadi,
So‘z bila oxir meni shirin dudoqing o‘rtadi.
Kimga aytay dardi holimni, ne tadbir aylayin,
Kim, meni boshtin-oyoq, zolim firoqing o‘rtadi.
Ohu vovayloki, bu miskin Gadoni oqibat
Hasratu g‘am birla dardi ishtiyoqing o‘rtadi.
* * *
Senchalayin jahonda bir dilbari mahliqo qani?
Bir dag‘i men shikastadek zulfunga mubtalo qani?
Ko‘rk eli ko‘rubon seni, borcha musaxxar o‘ldilar,
Husnu jamolinga ne so‘z, loyiq anga vafo qani?
Bir boqibon qaroqlaring ovladilar ko‘ngul qushin,
Jon dag‘i intizor erur, boqti bir qiyo qani?
Ushbu maraz ilojini sen ne bilursen, ey tabib,
Yor dudoqidin mening dardima bir davo qani?
Hajr elidin Gadog‘a ko‘p javru jafo tegar, begim,
Dodini kimdin istasun, sen kibi podsho qani?
* * *
Bir yo‘li unuttung, sanamo, ahdu vafoni,
Haddidin oshurding manga anvo’i jafoni.
Zulfung kibi holimni raqib etti parishon,
Tengrim yana gum qilsun o‘shul yuzi qaroni.
Har dam tegar eldin manga yuz ta’nu malolat,
Vasling uchun, ey jon, chekaram muncha baloni.
Ko‘zum bila ko‘nglumda maqom etti xayoling,
Qobul ko‘rub o‘xshar magar ul obu havoni.
Ey voyki, hijron meni o‘lturdi yozuqsiz,
Tag‘yir eta bilmon, netayin, hukmi qazoni.
Tuttumki falak Nuh baqosin manga berdi,
Sensiz netayin, umri azizim, bu baqoni.
Vasling bila tirguzginu yo bir yo‘li o‘ltur,
Jon tori turadurg‘incha, begim, xasta Gadoni.
* * *
Nettim oxirkim, inoyat ko‘zidin solding mani,
Oy yuz isboti bila ikki ko‘zumning ravshani.
Sog‘inur bo‘lsam visoling davrini, qon yig‘laram,
Kim, manga ul lutfu ehsonu inoyatlar qani?
Intizoringda chiqarg‘a yetti jon, chiqg‘il ravon,
Ushbu oq evdin, qaro ko‘zum dag‘i tirguz mani.
Er yuzinda g‘amzangizdek yo‘qturur qon to‘kkuchi,
Sizga xatm o‘ldi jahonda oshiq o‘lturmak fani.
Parvarish qildim yurak qoni bila ko‘z yoshini,
Do‘st sog‘indim, ne bildim, kim, erur jon dushmani.
Yozug‘um ma’lum emas, bilmon ne taqsir ayladim,
Mundin ortuqkim irodatlar bila sevdum sani.
Gavhari maqsadni netti gar iuoyat aylasang,
Durji la’lingdin ayo husnu latofat ma’dani.
Yorlig‘i ishqing bila sultoni olammen, begim,
Nechakim bo‘lsam faqir, ey husni mulkinda g‘ani.
Men Gadoni aytur ermishsenkim, «o‘lturgumdurur»,
Mundin ortuqkim inoyat ko‘zidin solding mani.
* * *
Jon bag‘ishlar ko‘zung qiyo boqari,
Netti, gar tushsa bizga bir nazari.
Ne ajab naxl emish niholi qading
Kim, bori noz erur aning samari.
Bir balodur qaro jonimg‘a soching,
Qoshu ko‘zung qaro balo singari.
Hajr tuni necha uzun bo‘lsa,
Bo‘lg‘usi bordur oxiri sahari.
Xamrdin yaxshi yo‘q jahonda na’im,
Bo‘lmasa gar xumoru dardi sarp.
Necha olmas ko‘ngul soching xamidin,
Netsun andin chu yo‘qturur qadari.
Ko‘rdi qoshingda tole’imni hakim,
Dedi: «Ush oy boshindadur xatari».
Men faqir ohidin hazar qilako‘r
Kim, g‘arib ohining bo‘lur asari.
Der raqib: «Yoraram Gado yurokin»,
Tekurar lofu zarra yo‘q jigari.
MUSTAZOD
* * *
Ey g‘amzasi fitna, ko‘zi fatton, o‘zi ofat,
rahm ayla bu jona,
Xatm o‘ldi sango saltanati mulki latofat,
ey shohi yagona.
Shaksiz, bu yurak qonina parvarda bo‘lubtur,
ul la’li ravonbaxsh,
Paydou muayyandur ayo koni zarofat,
ko‘p qilma bahona.
Chun qolmas emish nomu nishonu sitamu javr,
bedod nedindur,
Dod ayla, begimkim, o‘tadur davri xilofat,
ush kechti zamona.
Otqonda ko‘zung novaki dildo‘zni har yon,
ey sho‘xi jafokish,
Har necha bor zrdi aroda bu’di masofat,
shon erdi nishona,
Jondin ramaqi qoldi Gadoning badanida,
ey ruhi mujassam,
Shirin dudoqingdin qadare qilg‘in izofat,
tirguz ani yona.