Burhoniddin Rabg‘uziy (XIII-XIV asr)

Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto‘g‘uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan.

Bizgacha «Qisasi Rabg‘uziy» (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo‘g‘ul beklaridan Nosiriddin To‘qbug‘aning topshirig‘i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan.

Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko‘ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Allohni ulug‘lash, payg‘ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, otaona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bog‘liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og‘zaki ijodining bevosita ta’siri seziladi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va b.).

Rabg‘uziyning bu asari o‘zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi.

Habib Abdunazar.

BAHOR TO‘G‘RISIDA

Kun hamalga keldi ersa keldi olam navro‘zi
Kechdi bahman zamhariri qish qolmadi qori bo‘zi.

Tong otarda to‘rt soriddin esnayurar bodi sabo
Kiyik yurur kindik yipordik islanar yobon yozi.

Tezligi yopkin yog‘idin ubug‘i yoshil qizil
Orasi butoq yopurg‘on to‘l chechaklar to‘r tuzi.

Urlasa yig‘lab bulutlar gul chiqar bo‘stonu bog‘
Tol, yog‘ochlaring solishur o‘ynayur bek boy qizi.

Lola sifrotin ichirda sayrar asrub sandug‘och
Turna un tortib o‘tarda sekratur boqlon ko‘zi

Ko‘kda o‘ynab qo‘l solishur quv qozu qil qarlug‘och
Erda o‘ynab juft olishur os, tin, kish kunduzi.

Nayshakarlar minbarida to‘tiqush majlis tutur
Kumri bulbul muqriy bo‘lub un tuzar tun kunduzi.

Buyag‘uz yer ko‘k mengizlik yashnag‘ay maydon bo‘lub
O‘g‘rashur ayting chechaklar tegrasida yulduzi.

Huri ayn uchmoq ichinda yeng solib tahsin qilur
Yoz uza mundog‘ g‘azalni yozdi Nosir Rabg‘uziy.

“Qisasi Rabg‘uziy”dan:

QISSASI ODAM SAFIY ALAYHIS-SALOM

Haq yaratdi tangsuq Odamni tafiz yer ko‘rkidin,
O‘zga surat tuzdi andog‘ ajun ichra ilkidin.
Taxtini ko‘turub farishta ujmoh ichra kivurub,
Tezginurda chiqmadilar hargiz aning erkidin.
Chiqdi havvo birla bo‘lub xush tana’um qildilar,
Ichtilar ujmoq sharobin,edilar et erkidin.
Bildi asmo ilmini ul etu berdi belguluk,
Barcha tillar birla so‘zlar tozi forsiy turkidin.
O‘rkadi besh yuz yil anda jufti birla ovunub,
Ichti sharbat sig‘raqinda yedi ne’mat tarkidin.
Mundi ujmohning buroqin kezdi aning tegrasin,
Hulla kizdi egniga ham boshg‘a urdi bo‘rkidin.
Ozdi Iblis makri birla biruk erdi yolg‘uzin,
Ikki bug‘doy yedi chiqti sekkiz ujmoh mulkidin.

QISSASI NUH NABIY ALAYHIS-SALOM

Kun tug‘ardin kun botarg‘a Nuh yalovoch da’vati,
Ellik o‘ksuk ming yil erdi ul risolat muddati.
Kecha -kunduz o‘zi yolg‘izqazg‘u, emgak yuklanib
So‘z eshitmaz kofir aro kunda ortdi zahmati.
Haqqa “Rabbi lotazar” deb yalborib qildi duo,
Bu ijobatda duodin qirq yil erdi muhlati.
Din uchun ko‘p qin tortib yuritu haq yorliqni,
Bizga so‘kunch emgak ichra qolmadi hech toqati.
“Vasna’ al-fulka” amri birla yo‘ndi uch kat bir kemi
Ani mundi etdi ersa xalqqa to‘fon haybati.
Yagdi yamg‘ur,esdi yellar,ostun-ustun olti oy,
Ko‘rsa mundog‘ mundinortuq mavlomizning qudrati,
O‘zi qoldi uch o‘g‘il ham uch kelinlar etagu,
Barcha o‘ldi yub tugandi kufru zulmat bid’ati.

QISSASI HUD ALAYHIS-SALOM

Nuhda kezin Hud yalovoch bo‘ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko‘p xaloyiqdin,sha’riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug‘in,
“Sakkiz ujmoqqa keeling”,teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo‘ldan ozib,sunmadin ding‘a bo‘yun,
Haqg‘a tonib,xalqg‘a yonib,butg‘a sig‘inib,xamr ichib.

QISSASI SOLIH YaLOVOCh ALAYHIS-SALOM

Aql anub kelgil,eshit,Solih yalovoch qissasin,
Bulguluk boshdin oyoqg‘a aytayin men jumlasin.
Haq risolat berdi ersa tuz tegurdi qavmig‘a,
Yuridi tun,kunduzin oldi Samudning zumrasin.
Qildi imon da’vatini,qo‘ldilar bir mo‘jiza,
Qo‘ldi haqdin,chiqdi ingan yordi tog‘ning sahrosin.
Bo‘ta tug‘ildi barcha tuzin ani tingla ko‘rdilar,
Kun keziklab suv ulashdi ichti kendu hissasin.
Tondilar haqdin qamug‘I,qildilar ko‘p ma’siyat
Uqmadin Solih so‘zinso‘zin ham ushbu ingan qissasin.
Keldi yugurib ikki bo‘zchi bir azoqin kestilar,
Bo‘tasi ingrab qayitti ostilar uch sahbasin,
Uch kun ichra bo‘ldilar sarig‘ qizil ham qop-qaro
Qudrati birla ug‘on qodir emurdi barchasin.

QISSASI IBROHIM ALAYHIS-SALOM MAA NAMRUD ALAYHIL-LA’NA

Evda tug‘g‘an, ernak emgan, tog‘da turg‘an Ibrohim,
Yulduz anglab, oyni tonglab, ko‘kka ing‘an Ibrohim.
Aydi bir kun:”Ey ona, aytg‘il maning tengrim kim ul”,
Aydi:”Manman”kul “sening kim?” teyu so‘rg‘an Ibrohim.
“O‘sh otang ul”,tedi. Aytur:”Kim otamning tengrisi”,
Aydi:”Namurd tengrisi kim”, teyu so‘rg‘an Ibrohim.
Etti yeru ko‘kning hijobin ochdimavlomiz, anga,
Ostun-ustun Arsh, Sarog‘a tegru ko‘rgan Ibrohim.
Uy,teva,qo‘ylar bo‘g‘uzlab to qiypmatg‘a tegi,
Bu qo‘nuq tutmoq to‘rasin xalqqa qo‘zg‘an Ibrohim.
O‘g‘lini qurbon qilurda ko‘kda o‘tlab semirgan,
Quch fidosin Jabroildan yerda bulg‘an Ibrohim.

QISSASI ISMOIL ALAYHIS-SALOM

Sodiq ul-va’d atanibon va’dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzug‘,
Buldi zamzamning suvini, bo‘ldi illatg‘a shifo.
Ka’baning toshin tashib qurbon qilg‘an ul Zabih,
Tegrasinda tog‘ tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag‘irsoq erdi mavlog‘a muti’
O‘zgalarga vofiy erkan, o‘ziga tegdi jafo.
Tug‘maduq erdi onadin tug‘di yolg‘iz bir o‘g‘ul
Tug‘madi andin yalavoch yolg‘iz erdi Mustafo.

QISSASI LUT AN-NABIY ALAYHIS-SALOM

Ibrohimning haq qardoshi Hozar o‘g‘li erdi Lut,
Yorlig‘ ko‘p telim yillar quvonib o‘zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig‘ eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg‘a tabunmang, bot keeling imong‘a teb,
Qirq yil emgab to‘ng, arig‘siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo‘ynag‘uning biri yo‘lg‘a kirmadi,
Qazg‘uluq bo‘lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg‘an haqg‘a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to‘qindi, qirdi Olloh, ko‘rdi Lut.

QISSASI Ya’QUB ALAYHIS-SALOM

Sovchi Ishoq o‘g‘li teb bu otni olg‘an Ya’qub ul,
Olti xotundan o‘n ikki o‘g‘lon bo‘lg‘an Ya’qub ul.
Muncha o‘g‘lon orasinda ongsizin ul o‘niqa,
O‘n birinchi o‘g‘lin o‘lturub o‘lyu turg‘an Ya’qub ul.
Kech ayoling kech o‘g‘urda yig‘ilu kirib yig‘lashu,
Bo‘ri edi, teas o‘zin yerga chalg‘an Ya’qub ul.
Bayt ul-ahzon ichra kirib tunla kunduz ingrayu,
Yuzi ko‘rkluk Yusufni haqdan qo‘lg‘an Ya’qub ul.
Toshg‘a chiqg‘an, kuni tug‘g‘an, ko‘rk uchun ko‘z oldurub,
Ko‘ksi kuygan o‘tda yong‘an, bag‘ri o‘lg‘an Ya’qib ul.
O‘zi munglug‘, kez yurakli mavloning mursal quli,
Ul chechaktak engg‘I ko‘sab, mengzi so‘lg‘an Ya’qub ul.
Etti yashab yosh o‘g‘ulni yirtubon yoshi oqib,
Ani sekson yilda kezin qayra bo‘lg‘an Ya’qub ul.

QISSASI YuSUF SIDDIQ ALAYHIS-SALOM

Chin o‘n ikki erdi Ya’qub sovchining bolalari,
Ko‘rsa aning birtak erdi bo‘ylari, bololari.
O‘n birinchi Yusuf erdi suvrati yavloq badiz,
La’l ichinda gulchilar ko‘p lu’lu’I lolalari.
Ko‘rk qiliq ziynat malohat ham nubuvvat, ham karam.
Ota sevgan,otasing‘a tush ko‘rub yo‘rdirg‘uchi,
Ne hasad qildi, ko‘r anga ul o‘gay og‘alari.
Ul Misr mulki ichinda maliklar xotunlarin,
Qul qilg‘an ul qamug‘ni zulfining lolalari.
Qul sotildi el ichinda qayra oldi qul qilib
Voliy bo‘ldi Misr ichinda bo‘ldilar mavlolari.

QISSASI YuNUS YaLOVOCh ALAYHIS-SALOM

Ninvag‘a haq yalovoch Yunus erdi yolg‘uzun,
Yuz ming evlik el taba yorlig‘ eturdi yolg‘uzin.
Muncha sonlig‘ xalq ichinda biri yo‘lg‘a ko‘nmadi,
Haqqa yozib, yo‘ldin ozib yurudilar yo‘lsuzun.
Chiqdi eldin o‘fka birla o‘tru keldi bir tengiz,
Eti suv qobti baliq qornig‘a tushdi yuzun.
Ikki o‘g‘li birla erdi, bo‘ri yedi birisin,
Birini baliq eltdi ko‘rdi ani o‘zi o‘z ko‘zin.
Ich qorong‘uluqda baliq qornini mehrob etib,
Haqg‘a yonib qildi toat, tasbih aydi tun uzun.
Xalqdin ozorlandi, chiqdi, kirdi baliq qornig‘a,
Tun-kun anda ingrabon qoldi kecha kunduzun.
Rabbi Ug‘on qutqardi andin qavmi imon kelturub,
Keldi yuz ming er qamug‘ beshin o‘nun o‘ttuzun.

XOTIMATI QISSASI AL-RABG‘UZIY

O‘sh bitdim bu kitobni,ey eranlar er bo‘zi,
Bir yil ichra kechti aning yoyi qish yozu kuzi.

Uyqu buzdum, o‘zum uzdum, soz’ni tuzdum tun-la man,
Erta qo‘ptum, xoma urdum, emgandim tun-kunduzi.

Bog‘ qo‘pordim tol yig‘ochliq yosh yapurg‘oq ol chechak,
Emishi hikmat, fazoyil oyati axbor yulduzi.

Qon qurittim, jon quvortim, kon chiqardim tosh qazib,
Sof qizil oltun sochiqlab bezadim bu yer yuzi.

Xotirim bikrin ektim parda ichra tugmatek,
Kizladim tekmalardin tegmasun teb yot ko‘zi.

Ko‘rki ortti kunda yetti ko‘z quloqqacha quvub,
To‘nadim turluk tavordin Rum, Xitoy atlas, chuzi.

Mohir eran mehri tushti mehrini bergan telim,
Mehri birla qoldi solim, yo‘q enginda to‘g to‘zi.

Borib iztim Nosuriddin To‘qbug‘abek tapug‘ig‘a,
Tilayurmu, tilamasmu belguluk bilsun o‘zi.

Oyati axbor asli aning, o‘zining oti “Qasis”,
Bosh azoqg‘a tegru boqsang tub yalovochlar so‘zlari.

Bu murassa’ javhar aro Mustafo yolg‘uztek,
Eshlari to‘rt, ikki o‘g‘lon, xotun erdi to‘quzi.

Avvali Odam Atomiz, oxiri xotami Rasul,
Bu tuzuk birla tuzuldi anbiyo mursal to‘zi.

To‘rtagu otlig‘ sahoba, ikki sihr, ikki xotin,
So‘ngra maqtal zikri birla to‘ldi qissa to‘g‘uzi.

O‘zgalar ko‘p olamunchuq tuzdilar el tizginib,
Man guhar dur yinju tuzdum kezmadim yobon yozi.

Etti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob,
Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda hut sa’odat yulduzi.

Kun tug‘ardin kun botarg‘a koshki tegi so‘zlarim,
Eshitgandin duo qo‘ldum miskin Nosir Rabg‘uziy.