Zulfiya Qurolboy qizi. Yolg‘izlik qurboni (hikoya)
Ulfat akaning o‘limidan keyin Tamara xola yolg‘izlanib qoldi…Garchi befarzand bo‘lsalar-da, qirq yillik turmushlari davomida eri bilan yomon yashashmagandi. Farzand bo‘lmaganidan keyin er-xotin bir-biriga suyanib qolarkan-da. Bunday er-xotinlarning qay biri avvalroq olamdan o‘tsa, beva qolganining mash’um ayriliqqa ko‘nikishi oson kechmas ekan.