Sadriddin Ayniy. Qullar (roman)

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik. 3-tom: Qullar. Roman. — “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 1964.

Ustod Sadriddin Ayniy «Qullar» romanini 1932—1934 yillar o‘rtasida yozdi, «Qullar» 1934 yilda o‘zbek tilida, 1935—1949 yilda tojik tilida nashr etildi. Romanning ayrim boblari o‘zbek tilida «Qulbobo», tojik tilida «G‘ulomtoziy» va «G‘ulomfurushiy» degan nomlar bilan kitobcha shaklida bosilib chiqdi. «Qullar» romani SSSR xalqlari tillari hamda bir qancha chet el tillariga tarjima qilingan. Bu nashrga avtor qaytadan ko‘rgan va 1952 yilda O‘zdavnashrda bosilib chiqqan nusxa asos qilib olindi.