Mahmudxo‘ja Behbudiy. Oq yelpog‘ichli chinli xotun (hikoya)

Sung‘iy mamlakati aholisidan Chung‘ichin nom zot bir adib bor edi. Bu olami fanog‘a inonmas va har zamon andin pirovoz va rihlat etmoqqa toliblik qo‘lidan kelmas edi. Oni uchun jonini ovuntirmoq uchun xayolilar fikr va befikrg‘a xotur etkuvchi ishlarg‘a ruju’ etmoqla o‘ziga tasalli berardi. Vafotidan so‘ngra dunyoni nekbaxt va mahsudlaridan hisoblandi.
Chung‘ichin Xitoy muzofotlaridan birinda nomi Havo tog‘ining etaklarinda kezar ekan, birdan o‘zini bir mozoristonda ko‘rdi. Oh, mozoriston — ming-ming nomuntazam tepachalar sado va nidodin xoli maxsus zamini ma’volar (boshpana, makon). U tepalar ostinda chor va nochor inson yotarlar edi. Ufqi jadid sari tamoman mushtag‘il (band) qabrlarni ko‘rar-ko‘rmaz sayyoh shu fikrg‘a botdi. Afsus, butun tiriklik hayot yo‘lini oxiri kelib yetgan joyi budur. Bu iqomatga mavt va manzilga xomushona bir karra kirildimi yana qaytmoq mumkin yo‘q. Boq xotimai hayot na o‘ldi? Chin ahli faqat bir tiriklik bilar. U hayotki shu’lai shams ila munavvar, havoi sof ila ihotadur. Chin faylasufi bu fikrlarg‘a sirona qabrg‘a-da yurar ekan, libosi motam kiymish yosh bir xotung‘a rost keldi. Bu xotun yangidan tepalangan bir qabr kanorinda o‘lturub qo‘linda yelpog‘ichi lukurni yelpiyur va ham doimiy yelpiyur.
Bu qadar ajib bir harakat sababini anglamoq shavqina tushub, sayyoh yosh bonug‘a odob-la salom berdi.
— Xonim, o, bu mozorg‘a yotgan kimdur, na uchun shu tufroqni muttasil yelpimak zahmatig‘a giriftorsiz, so‘ramog‘im mumkinmi?
Mani faylasufim har ish sababini bilmoqchi, ammo sizning bu amalingiz aslo ihota tafakkurimg‘a kirmaydur, dedi. Bechora xotun yelpog‘ichni yelinmoqda muttasil lo-yan qat’i davom etardi. Xotun qizardi, bo‘zardi, boshini oldingga engkdi. Faylasuf behuda yerg‘a savolini takror aytdi. Motamkash xotundan javob eshitmadi va aslo quloq bermay jonining bor quvvati-la yelpog‘ichni harakatga kelturub turar edi.
Chung‘ichin u mahaldin mutaassufona ayrildi. Xotunning illat va sabab harakatini bilmay orzusidin hamda shiddatlik orzusidin o‘zini saxlab bilmoq edi. Shabparrak qanoti kabi mutavalli harakatlanib turmish yelpog‘ichga har zamon do‘nub eng chuqur va mutahayyirona bir-fikr ila boqib bechora faylasuf aslo bir shay anglamayur edi. Asnoi tahayyurda muqobilinda bir ojiza chiqib faylasufni bir qabr kanorig‘a imlab, shu so‘zlarni so‘yladi: «Eshitdimki, xonumdin savol so‘rdingiz, ammo javob ololmadingiz. Man orzungizni daf’ etarman. Ammo muqobili umid aylarmanki, siz ham manga bir necha pul bersangizki, borib, umrumni uzun bo‘lishi uchun duoxonlardin bir tumori sehrangiz olayin». Chung‘ichin kissasidin oqcha chiqardi va a’juza xotun ham bu mojaroni so‘yladi:
«Qabr kanorinda ko‘rganingiz shu xotun Lu ismlik xonimdur. Uzun bir bemorlikdin o‘lmish To’u nominda bir adibni bevasi va u qabr o‘lgan erining qabridur. Er va xotun yaki digarini shiddatlik bir ishq va muhabbat ila sevarlardi. Hatto, oxirgi nafasinda To’u xotunidin ayrilmoq kulfatidin shikoyat etar, go‘zal bu xotinini hanuz bahor hayot va husnini sitoratlik zamonda tashlab ketmoq dardi fikrig‘a so‘zan urardi. Lekin na chora, muqtasi’ qadrga tobe’ bo‘ldi, boshqa iloj yo‘q.
Bemorlik holida Lu xonim xasta To’uning boshidin hech ayrilmas, eridin so‘ngra dunyoga tirik qolmaslikni va bolin hayotg‘a ishtirokidek qarorg‘a, mamotg‘a ham sherik bo‘lushini ahd ila bayon ayladi. Lekin To’u munga javoban: “Zinhor xonim buyla ahd va yamin aytmangiz”, — der edi. Xotun: “Agarda sizdin so‘ngra sheriklik balosiga giriftor bo‘lib, ko‘zlaringiz yumulganidan so‘ngra shu ziyoi oftobni ko‘rmoqg‘a majbur bo‘lsam, yaxshi bilingki, boshqa birovning xotini bo‘lmoqg‘a aslo ro‘yi rizo ko‘rsatmayman”, — deb javobini berdi.
To’u: “Xonim bonu, zinhor bu fikrdan voz keching,—derdi. To’u xonim: “Ey To’u, qo‘yingiz asror etmangiz, bori besh sanag‘acha uylanmaslikg‘a ahd etoying”.
Lekin bu safar deya To’u: “Bonu, bunday ahd etmang, faqat mozorim ustidaki tufroq quriguncha qadar mani unutmaslikka ahd etsangiz kifoya…”
Lu xonim muni uchun mahkam ahd etdi. To’u ikkinchi ochmaslik uchun ko‘zini yumdi. Bonu kadaridin devona kabi bo‘ldi. Xumor va xitoyi ko‘zlaridin dumu’ (ko‘z yoshlari) otashin shashqator joriy, xumoi (isitma, kasallik) shadid (shiddatli) mahdumlari kabi o‘zini shash jihata etardi bedard-bedavo.
Dunyo odati uzra har shay kechar. Bu sil g‘amum va baroi hujumda kechdi-ketdi. Oh-nolalar kechmas, faqat kelmasun — To’uning vafotidin uch kun so‘ngra Lu xonimning ko‘zi bir ma’qul sifatg‘a kirdi. Shuylaki erini shogirdlaridin bir javon (yosh yigit) ta’ziyatga keldi. Qadrdon shogirdni oh va oh ila qabul etdi. Bu javon nihoyat muzayyan (bezangan) bir chehra sohibi edi. Asnoi mukolamada bir oz To’udin va ko‘broq bonudin bahs etdi. Bekaning latofat andomidin, go‘zalligidin va ziyodasi-la xushlaganidin bayon etdi. Xonim ham andin mamnun va rozi qoldi. Javon shogird yana kelishini va’da ila vido’ etdi.
Bir vido’i umidvoriy…
Sodiq ul-va’da Lu xonum u va’dalarg‘a intizoran, ko‘rganingiz, qabr ustig‘a keldi. Kunlarni yelpog‘ich shamoli-la eri qabrining tufrog‘ini qurutub ahd etmoqg‘a vaqf etar…» Kampir hikoyani bitirar-bitirmas faylasufingiz shu fikrg‘a botdi. Umr qisqa, yoshlik shirin, yosh xotun va erlarni zavq havolarg‘a uchirar. Har holda Lu xonim soliha bir xotun emishki, ahdini paymol etmak istamaz.

Intiho

Ey qori, hikoyaning hosili mundin iboratdur. Adabiyot jadidai mustaqbala (kelajak zamon) mizga raqamidin yodkori xayr iltifotig‘a yetsa, xo‘jandi shoir muhtaram Sayriy afandig‘a bir tuhfadur. Mutolaasig‘a tanzil buyursalar, shoyadki, rishtai nazma chekilsa, bizu sizdin bir xotirai mustaqbala qolurdi. Bu dahmi she’r bilmam qalbimdin chiqdi. Muqaddam shoir emas edim:

Bu olami hama hayhot behuda,
Naqshi zar ob paymuda (omonat)…*

1909 yil, dalvi devona, Samarqand, Mahmudxo‘ja ibn Behbudxo‘ja.

_____________
* Hikoya «Tasodif» deb nomlangan debocha bilan boshlanib, unda ushbu yozilish tarixi berilgan. Muallif 1909 yil qish (dalv —20 yanv.—19 fevr.) kunlarida goh o‘g‘li Mas’udxo‘ja bilan turli darsliklar mutolaa qilar, goh sihhat, mantiqqa oid kitoblarni, goh esa turli badiiy asarlarni ko‘zdan kechirar ekan, bir kuni nogoh mazkur hikoyaga duch kelib qoladi. U buni oldin ham ko‘rgan edi. Behbudiy asli xitoy adabiyotidan olingan ushbu hikoyani o‘z qalbi va qalami bilan o‘zbek o‘quvchisiga taqdim etmoqchi bo‘ladi. Hikoya «Turkiston viloyatining gazeti»da 1909 yilgi 12-sonida e’lop qilingan. 1995 yil «Vatan» gazetasining 28-sonida yosh tadqiqotchi Halim Sayid kichik so‘zboshi bilan qayta chop etdi. Hikoya H. Sayid nashri asosida tayyorlandi.