Mahmudxo‘ja Behbudiy. Bir vafolik zaifani xususida hikoya

Ushbu vaqtdin 1500 yil muqaddam Shom viloyatida dengiz labida Iskalun va yoki Jura nomliq bir katta shahar bor ekan. Mazkur shaharda bir katta savdogar va aning xotuni bor ekan va o‘shal savdogarning yoshi 35 yoshda va xotuni 24 yoshda ekan. Mazkur xotunni eri kemaga o‘lturub olis shaharlarg‘a sayyohlik va savdogarlik qilar ekan va ul savdogar nihoyatda yuraklik va daler ekan va aning xotuni nihoyatda chiroylik va muloyim xulqlik bo‘lub, aning eri birlan oshno bo‘lgan odamlar hech bir vaqt andin yomon ish ko‘rmay va yomon so‘z eshitmabdurlar va tamomi shahar fuqarolari mazkur er-xotunni do‘stlik tutub, alarni ­e’zoz qilib, xususan, mazkur xotun xususida aytar ekanlarkim, bul tariqa chiroylik va muloyim ko‘ngullik xotunning eri albatta saodatmand va sarafroz bo‘lsa kerak deb. Mazkur xotunning otasi ulamo bo‘lub, o‘z qiziga har xil ilmlarni o‘rgatkon ekan va yana ul xotun uy ro‘zgorig‘a saranjomlik bo‘lub, o‘z ishlarini qilmoqqa yaxshi sa’y va taraddud aylar ekan va mundin boshqa ul xotun xushovoz va farosatlik bo‘lub, bir nag‘ma ilan yaxshi navo qilmoqqa o‘z tab’idin tab’i nazm qilubdur. Har kim mazkur savdogarg‘a mehmon bo‘lgan vaqtda aning xotunining muomalasini ko‘rub, taajjubga qolib, har xil istehsonni aytar edilar.
Ul er-xotun bir-birlari birlan do‘stlik va yaxshi robitada bo‘lib turar ekan. Erining ota-bobolaridin bir katta hovli meros qolib va har xil meva va daraxtlik yaxshi bog‘ ham bor ekan. O‘shal bog‘ni ichidag‘i daraxtlarning soyasida ishlardin forug‘ bo‘lgandin keyin er-xotun o‘lturub istirohat qilar edilar va alardin bir o‘g‘ul va bir qiz farzand bo‘lub va alar birlan erining onasi beva xotun ham istiqomat aylab, mazkur ikki farzandi o‘ynagan vaqtda kampir alarni parvarish qilib turar ekan va uy ichida har xil qiymatbaholik va munaqqashlik asboblar bo‘lub, xususan, xotunning harakati ilan tamomi imorat nihoyatda toza va pokiza va chiroylik holda turgan ekan.
Savdo uchun o‘shal boyning 15 adad katta kemasi bor edi va mazkur kemalari birlan o‘shal boy sandal va kofur va javzi hindiy va bo‘lak qimmatbaho nimarsalarni olib, har xil katta shaharlarga borib sotib, yaxshi foyda ko‘rar ekan va ham o‘z boylig‘ini baland darajag‘a ko‘tarmakka sa’y qilar ekan va xotuni bir necha martaba xafalik ilan o‘z erig‘a aytar ekankim: «Xudoga shukr, bizning molimiz ko‘pdur, har xil hojatga kifoya qiladur va nima sababdin ul molni ko‘paytirmoqni xohlaysan va qanoat qilmaysan?» – deb. Lekin eri achchig‘lanib javob berar ekankim: «Man bo‘lak boylardin kattaroq boy bo‘lmoqni xohlayman va tamomi boylardin kattaroq boy bo‘lub, o‘shal vaqtda bechora odamlarg‘a xayr va ehson qilaman», – deb. Xotuni o‘z ko‘nglida xafa bo‘lub hech nima demabdur va aning eri o‘ttuz adad kema tayyorlab va bo‘lak savdogarlardin nasiya­g‘a har xil mol va ajnos olib dengizg‘a tushub jo‘nadi, bir kunda dengizda katta shamol va to‘lqun bo‘lub, yigirma-o‘ttuz kemasi g‘arq bo‘ldi va qolg‘on bir kemasi buzulub qolsa ham olis joyg‘a bormoqqa yaramay qolib, bul vajhdin mazkur boy noiloj o‘z vatanig‘a qaytganda o‘shal shaharning yaqinida bir qishloqda yamon qaroqchi odamlar bo‘lub, kemalarda yurgan odamlarg‘a qorong‘u vaqtda fonusni yorug‘i ilan katta tosh tarafig‘a yo‘l ko‘rsatar edi. O‘shal boy ham mazkur yorug‘lik fonusni ko‘rub to‘g‘ri ul fonusni yorug‘i tarafig‘a borganda kemasi toshga urulub kema g‘arq bo‘lub, aning ichidagi mollar kemadin darboni ustig‘a qolg‘on vaqtda mazkur qishloqdag‘i yomon qaroqchilar kichkina qayiqlarg‘a o‘lturub daryog‘a ketgan mollarni olib ketdilar. Mazkur boy va aning odamlari suvg‘a g‘arq bo‘ldi. Lekin boy suvg‘a g‘arq bo‘lsa ham o‘lmay, bir taxtani ushlab daryodin xalos bo‘lsa ham o‘lgan odamdek bo‘lub o‘z hovlisig‘a xotunining oldig‘a borubdur.
Mazkur xotun o‘z erini shul tariqa ahvolotda ko‘rub nihoyatda xafa bo‘lub, hech bir yomon so‘z aytmay, o‘z bechora erig‘a ko‘ngul berib, salomat qolmog‘iga sa’y va taraddud qilibdur. Va eri o‘z xotunini ko‘rub yig‘lab xafalik ilan aytibdur: «San manga durust va rost maslahat aytgan eding va lekin man o‘shal maslahatni qabulg‘a olmay ko‘b mol tobmoqni xohlab, emdi barcha molimdin ayrilib bechora bo‘lub qoldim, alhosil, biz gadoy holatda qolib bo‘lak kambag‘allarga yordam berolmay va o‘zimizga darkorlik avqotni toparmizmukin?» – deb.
Va xotun yumshoqlik ilan javob berdi: «Xafa bo‘lmang va yo‘qolg‘on mollarni yodga olmang, bizning qo‘l, ko‘z, oyoq bor va salomatdur, Xudo xohlasa, o‘zimizga va bolalarimizga keraklik avqot va libosni toparmiz. Bizlardin boshqa qancha bo‘lak kambag‘al odam bordur», – deb.
Erining ko‘ngli ko‘tarilib ayttikim: «San durust aytting va lekin dengizga ketgon mollarni ichida bo‘lak boylarning mollari ko‘b edi, ul boylarg‘a aning pulini qanday qilib to‘layman, albatta, alar manga pullarini kechmaslar», – deb. Darhaqiqat, ul boy tamom sihat bo‘lmasdin ilgari puldorlar anga kelib mol va pullarini talab qildilar va, xususan, ul boyni haqorat qilib aytibdurlarkim: «San durust odam emassan va bizlarni mollarimizni sotib pulni yoshurub va berkitib bizlarga yo‘q so‘zlarni aytasan», – deb va lekin o‘shal boy har qancha o‘z tozaligini aytsa ham, alar qabul qilmay aytibdurlar: «Biz saning uyingda qolgan har xil uy ro‘zgoringni sotib olurmiz», – deb va bechora boy aytti: «Man sizlarning ixtiyoringizda, xohlaganingizni bajo keltursangiz, hech nima aytmayman», – deb. Ul vaqtda mazkur puldorlar o‘z xizmatkor va qullarini chaqirib mazkur bechorani uyidag‘i ro‘zgorini bozorg‘a olib boribdur va ul bechorani xotun, bola-chaqalarini uydin chiqarib, darvozag‘a qulf solub, kalidini pul undurg‘uvchig‘a beribdurlar.
Va mazkur pul undurg‘uvchi ul hovlini bir o‘yinchig‘a sotib pulni puldorlarg‘a taqsim qilib beribdur va lekin o‘shal hovlini puli tamom qarzga yetmabdur. Pul vajhidin pul undurg‘uvchi puldorlarg‘a aytibdur: «Sizlar manga ruxsat bersangiz, man o‘shal boyni zindonga solib, qiynab albatta yoshurun pullarini topshuraman», – deb, puldorlar xursand bo‘lub ruxsat berdilar. Ul vaqtda pul undurg‘uvchi hokimga borib, ijozat olib, mazkur bechorani zindonga soldi va mazkur zindon ichida har xil yomon hashorot ko‘b edi va har xil gunohkor va qaroqchilar ham bor edi. O‘shal zindonga yaqin fursatda mazkur katta boy tushub to‘shak o‘rnig‘a chirigan qamishni ustida yotgan va aning xotuni ko‘b yig‘lab, sabr qilib, o‘z bolalarig‘a ketibdur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy
TVG. 1903 yil 15 oktyabr. №40

O‘shal Iskalun shahridag‘i zindon xud shahr o‘rtasida katta bozor ichida yerdin kovlangan chuqur edi va aning ust tarafig‘a tosh qo‘yub va toshni ustig‘a tufroq solib yerdan andak balandroq tepadek qilib berkitgan edi va mazkur zindonni ustida o‘shal shahardag‘i fuqarolar har kun bozor qilib yurar edi. Va o‘shal joyda qarz to‘lamagon odamlarga ho‘kuz terisidin qiling‘on qayish ilan qiynab katta jazo berar edilar. Va o‘shal joyda non va sabzi, baliq va bo‘lak mayda avqot sotadurgon odamlar har kuni eshitar edilarkim, falon-falon qarzdor odamni falon puldor odamlarg‘a shuncha miqdor pul to‘layolmagan(i) uchun mahbus qiling‘on deb va o‘shal bechoralarning ahvoloti xususida xoh durust va xoh behuda har xil so‘zlarni so‘zlashur edilar.
Mazkur zindon o‘zi katta bo‘lsa ham, yorug‘i nihoyatda kam, zeroki, yerni ustida ikki adadg‘ina kichkina teshuk bo‘lub, o‘shal teshukga temir panjara qilingon edi, bul vajhdan o‘shal zindon ichi nihoyatda zax va sovuq va qorong‘u va ham yamon badbo‘ylik edi. Nechukkim oftob shu’lasi o‘shal ikki teshuk ichig‘a ozroqg‘ina kirib ul badbo‘yligini tozalamas edi. Shundoq bo‘lub o‘shal zindonda har xil odam, chunonchi, o‘g‘ri va qaroqchi va odam o‘ldurganlarni kishan ilan band qilingan edi. Ba’zilarining oyoqlarig‘a katta kunda solib o‘shal odam hech qimirlab harakat qilolmay o‘lturar ekan va ba’zining a’zolarig‘a og‘ir zanjir solib va ul odam harakat qilg‘on vaqtda bo‘lak odamning ko‘nglig‘a xafalik asorati tushar edi va odam o‘ldurgan katta gunohkorning oyog‘i va qo‘l va bo‘ynig‘a uch zanjir birlan band qilib zindon ichida alohida g‘ordek kavlangan joyg‘a solib va ham ustunga bog‘lab qo‘yilg‘on edi va o‘shal g‘orni ichi qorong‘uliq edi.
Bul tariqa odamlar zindonda o‘lturgan vaqtda zindonda ichib-eb va ham qazoi hojat qilar edilar va ba’zilarini xotunlari kelib avqot berib, o‘zi erlari birlan yotib, andin homa bo‘lib o‘z vaqtida vaz’i haml qilar edilar. Katta gunohkorlar birlan ul zindonga mazkur bechora qarzdorlarni ham soldilar va biz bayon qiladurgan bechora singan boyni mazkur zindonga solib, aning ahvoloti tilga olib bo‘lmaydurgan qiyin bo‘ldi. Nechukkim ul o‘zi katta boy bo‘lub, yaxshi imoratda va har xil qimmatbaho asboblarni ilan yaxshi va toza xo‘rak va pushak qilib va yaxshi odamlar birlan suhbatlashub, emdi katta gunohkorlar, hattoki odamni nohaq qatl qilg‘uvchilar birlan birgalashib turub na to‘shak va na asbob avqot topmay va yaxshi suhbatni o‘rnig‘a har xil ranj tortgan odamlarni ovozini va yoki yomon va badxulq odamlarni og‘zidin chiqqan haqorat so‘zlarni eshitib uxlamoqqa ham toqati bo‘lmay qoldi. Xususan, o‘shal zindonning past qabatida bir katta qaroqchi va odam o‘ldurg‘uvchi odam bor edi. Ul odamdin hukumatdorlar ham doim qo‘rqub va ham qilgan edilarkim, aning sheriklari zindon ostidin kovlab o‘z boshluqlarini zindondin xalos qilmaslik uchun besh adad zanjir ilan, ya’ni ikki qo‘l va ikki oyoq va bo‘ynig‘a zanjir solib band qilg‘on edilar va aning yonida yana bir g‘orni ichida bir moxov, jinni odamni band qilib va o‘shal g‘orning devorig‘a hech kim qo‘l yetkuzmoqqa hazar qilar edi.
Zindonda o‘lturgan gunohkorlarga avqot uchun ba’zi xayrxoh odamlar sadaqa berib va agar biror mahbusning qarindoshi bo‘lsa, anga inonib zindon boshlug‘i o‘shal bechoralarga sadaqadin ham bermas edi.
Va munga o‘xshash pul to‘lamagan qarzdorga ham ul zindon bosh­lug‘i avqot bermay aytar ekankim: «Sizlarni zindonga solgan odamlar avqot bersunlar», – deb va lekin puldorning vakili bilkulli qattig‘ko‘ngul bo‘lub javob berardikim: «Ul yomon odam bo‘lak boylarni pulini yoshurub, «man singan» deb yolg‘on aytadur va yana aning yosh va chiroylik xotuni bor, ul xotun o‘zi erig‘a keraklik avqotni topib bersun», – deb.
Bul tariqa qattig‘ javobni ul singan boyni bechora xotuni eshitib, o‘z erini avqoti uchun zindonga kirib, erini ko‘rub va ul bechorag‘a tasalli bermoqqa xursand bo‘lsa ham, xud avqotni qaydin topamiz deb o‘ylab ko‘b xafa bo‘ldi. Nechukkim eridin boshqa ikki yosh farzandi va kampir qaynonasi bor edi. Shundoq bo‘lsa ham, Xudodin umid qilib sabr qilmoqqa jazm qildi. Albatta, ul bechora eri boy vaqtida hech bir qiyin ish qilmay va har xil cho‘ri va xizmatkorlari ham keraklik ishni qilib va balki ul xotun to‘shakdin turgan vaqtda yuz yuvmoqqa suvni va boshqa o‘z azimatlarini tayyorlab bermoqqa hozir turar edilar. Va uxlagan vaqtda o‘shal cho‘rilari hech bir qattig‘ ovoz qilmay, ohistalik ilan oyog‘ini tobonini silab uyg‘otar edi. Emdi oning ahvoloti nihoyati boshqa va qiyinlikda bo‘ldi. Nechukkim, ul bechora xotun har xil yaxshi hunarni bilib ham ul hunarni kim uchun qiladur. Zeroki, har qayu bo‘lak boy xotun ul hunar uchun o‘z xizmatkorlari bo‘ladur va lekin qiyin ish ishlamakka ul bechoraning quvvati yo‘q edi. Bul tariqa fahmlab va xafa bo‘lub ul bechora xotun, avvalo, shaharni tashqarisig‘a borib, anda hech kimga darkor emas tashlandi eski chodirni topib, kampir birlan ikki bolani qo‘yub, o‘zi erig‘a taalluq hovlig‘a borib ko‘rdikim, o‘shal bog‘da bir o‘yunchi choyxona qilib, choy ichmoqqa kelgan odamlar, xususan, kech vaqtda nihoyatda ko‘b bo‘lub, alarning orasida boyonlar ham bo‘lar edilar. Ul bechora choyxonaning egasini ko‘rub o‘z ahvolotini aytgan vaqtda mazkur o‘yunchi nasihat berdi: «San o‘zing chiroylik xotunsen va nag‘mani yaxshi bilasan va, agar xohlasang, bul joyg‘a kech bo‘lganda kelib nag‘ma qilsang, man o‘zum va istirohat oladurgan boyonlar ham sanga in’om berodur, andin san avqot topasan», – deyadur. Bechora xotun avvalg‘i ahvolotini yodga olib fikr ayladi: «Kim o‘tgan vaqtda manum xursandlig‘im uchun nag‘magar cho‘rilar har xil nag‘ma chalar edilar va emdi man bechora noma’lum va begona choyxonada o‘lturgan odamlarni xursand qilmoq uchun nechuk nag‘ma qilaman?» – deb; shundoq fahmlab va hech bir bo‘lak iloj topmay ul bechora xotun o‘z erig‘a va kichik yosh bolalarig‘a va ham kampirg‘a tarahhum qilib, o‘zini ayamay ul choyxona egasining maslahatini qabul qildi.
Ul maslahatni qabul qilib bechora xotun kechqurun o‘z eri birlan turgan hovlig‘a borub va anda mevalik va xushbo‘y daraxtlarning soyasida har xil begona odamlarni ko‘rub va uyalib bir olis­roq joyda o‘lturub yaxshi ovoz birlan va ba’zi ma’nolik abyotni o‘qub nag‘ma chaldi. O‘shal odamlarning orasida ba’zi yaxshi va ba’zi yomon odamlar bor ekan va lekin mazkur bechora xotun nag‘masini va ovozini eshitib yomon erkaklar ham hech bir yomon harakat qilmabdur va bechora xotun qilg‘on xonish uchun pul yig‘ib, tong otquncha nag‘ma chalib, oftob yorug‘i birlan bog‘din chiqib, bozorga borub, o‘z bolalarig‘a va erig‘a baliqni sotib olib, sho‘rpani pishirub, avvalan farzandlarini va kampirni to‘yg‘uzib, andin zindong‘a erig‘a borib anga taom berib va quchog‘lashib tasalli va ko‘ngul beribdur. O‘shal avqot non va arzon baliqg‘ina bo‘lsa ham yaxshi ko‘ngul va ishtaha birlan xo‘rak qilib mazkur bechorani xursand qilubdur.

TVG. 1903 yil 20 oktyabr. №41

Bechora xotun har kechasi ilgarigi o‘zini uyig‘a borib, andag‘i bazmning bir tarafida xafalik ilan o‘lturub o‘z ko‘nglidin chiqargan abyotlarni xonish qilib, samtur degan nag‘ma asbobni chalib, o‘shal joyg‘a rohat uchun kelgan odamlar, xususan, g‘ayr viloyatdin kemalar birlan kelgan savdogarlar o‘lturub eshitib va xursand bo‘lub ul bechora xotunga o‘z hol-qudratincha pul beribdurlar va mazkura xotun pul olgan vaqtda o‘z ko‘nglida ko‘p malomat ilan fikr qilardikim: «Man o‘zum toza va insoflik xotun, emdi bekor va ishsiz va mast odamlar uchun xonish qilaman», – deb va ba’zi vaqtda ul xotun ko‘proq xafalik fikr aylaydurkim: «Mast va bekor odamlar, albatta, mani yomon xotun qatorida hisoblaydurlar». Va agar biror odam anga yomon niyat etsa, ul tinchlik va ohistalik ila javob berubdurkim: «Ay xayr­xoh odam, o‘zum aytadurgan abyotni va nag‘ma cholmoqnig‘ina sizga sotaman va bul ikki ishdin boshqa hech bo‘lak muhabbatlik ishni qilmaslikdin abyot o‘qub nag‘ma cholaman va mango o‘zum, o‘zumning ikki farzandim va bechora erimni to‘yg‘uzmoq lozim va farzdur, siz ham manga rahm va shafqat aylab, manum ko‘b yaxshi abyotlarimni eshitib, sihat va salomat bo‘lg‘aysiz va Xudovandi karim sizlarni va sizning o‘z vataningiz-la qolgan yaqin qarindoshlaringizdin har xil ofat va balosidin saqlasun va sizning zavja va bolalaringizga manga o‘xshash xafalik tushmasun», – deb.
Bul tariqa muloyimlik javobni eshitib mazkur har xil odamlar agarchi mast bo‘lsalar ham uyalib, ul bechora xotunga hech bir yomon niyat va xayolni etmaydurlar va lekin mazkur bog‘dag‘i o‘yunxonaning egasi ko‘b yomon xulqlik odam bo‘lub, mazkur javobga rozi bo‘lmay aytibdur: «San ko‘b chiroylik xotun bo‘lsang ham, aqling kam, o‘z foydangni bilmaysan, chunonchi, bul vaqtdag‘i kechalar qarong‘u emasmu va bul katta daraxtlar hech so‘zlamaydir. Agar biror erkak chaqirsa, nima uchun aning birlan bog‘din chiqib dengiz labida iroy joyg‘a bormaysan, ul joyda ikovg‘ina suhbat qilishib, san o‘z xafaligingdan bo‘lak xursandlik ashulani qilmaysan va andin keyin ul erkak sanga mayda pul o‘rnig‘a albatta tillo bersa kerak, san munday qilmasang o‘zing pulsiz qolasan va manga zarar etmaysan». «Nachukkim o‘shal odamlar bergan mayda puldin man roziman va ko‘proq pul manga darkor emas. Zeroki, manum farzandim va erimni avqotig‘a pullar ham yetadur», – deb tezlik ilan o‘shal yomon nasihatni o‘z ko‘nglidin chiqarmoqqa sa’y qilub ketti va lekin o‘shal o‘yunchi norozi bo‘lub fikr aylabdurkim: «Agar bul beaql xotunning o‘rnig‘a bo‘lak xonishlik xotun bo‘lsa, kema birlan kelgan har xil boy odamlar ko‘proq edi va manga ko‘proq foyda bo‘lar edi», – deb. O‘shal mehmonlarning ba’zilari o‘shal o‘yunchiga aytar ekan: «Bul joyda xonish qiladurgan xotun chiroylik bo‘lsa ham, o‘zi ko‘b xursand emas va bo‘lak dengiz labidag‘i shaharlarda qanday xotunlar bor, hech erkakdin uyalmas va nima xohlasang ul xotun tayyordur», – deb, o‘shal yomon o‘yunchi mazkur yomon so‘zni o‘shal bechora xotunga aytib aning ko‘ng­lig‘a ko‘proq ishni solar edi. Shundoq bo‘lsa (ham) bechora xotun Xudog‘a tavakkal qilib sabr qilar edi.
Ul bechora xotun har kunda bul tariqa ilan o‘z vaqtini o‘tkaribdur, chunonchi, bog‘din qaytib bozordin sotib olgan avqotni pishirub bolalarini to‘yg‘uzub va alarning liboslarini bir yirtig‘ini tikib va tozalab, o‘zi qaynonasig‘a keraklik yordamni berib, qiyom vaqtida zindonga borib taom berib va tasalli aytib kechg‘acha aning birlan o‘lturubdur. Kech vaqtda zindonning qarovuli zindon ichig‘a kirib va qattig‘ ovoz ilan tamomi bo‘sh odamlarni toshqarig‘a chiqorub, zindonda daraxt soyasida o‘lturub, kun chiqg‘uncha xonish qilib, mehmonlardin yig‘ilgan mayda pulni olib, hamyonig‘a solib, ul chodirig‘a bolalarini oldig‘a qaytibdur.

TVG. 1903 yil 12 noyabr. №44

Bayon bo‘lg‘on tariqada turub bir necha oy mazkur bechora xotunning quvvatlari ketib va aning yuzining husni so‘lib boshladi. Zeroki, aning xafaligi ko‘b ziyoda bo‘lub mazkur bog‘ ichinda yorib tamomi kechalarda har xil aqllik va aqlsiz, insoflik va insofsiz erkaklarning ko‘ngillarini olmoq uchun nag‘ma cholsa ham, ul ishni o‘zi xohish ilan yaxshi ko‘rub qilmaydur va, bil’aks, erkaklarning talablari ko‘payib, aning qabul qilmaganidan alarning achchig‘i kelib, ul bog‘ning egasiga ko‘proq iltimos qilar ekanlarkim: «Bul bog‘din ushbu xotunni haydab yuborib, aning o‘rnig‘a boshqa xotun keltursangiz ekan», – deb.
O‘shal vaqtda mazkur zindonda bir yangi taajjub voqea bo‘lubdur. Chunonchi, ul zindonda yotgan katta qaroqchi xususida tahqiq va hukm qilmoq uchun Damashq shahridin bir katta to‘ra o‘shal shaharg‘a keldi. Mazkur to‘rag‘a podshoh buyruq qilibdurkim, siz Isqulon shahrig‘a borib ul qaroqchi xususida tahqiq va hukmg‘ina emas va balki Isqulon shahrini boshlug‘ug‘a topshurulgan ishlarni qanday qaraydurganin ko‘rub va fahmlab manga xabar berasiz deb. Bul vajhdin mazkur to‘ra zindonga borib, anda yotgan har xil gunohkorlarni ko‘rub, zindon boshlug‘i chirog‘ ilan mazkur qaroqchi yuzini ko‘rsatgan vaqtda ul to‘ra ko‘p taajjub qilubdur. Nechukkim ul qaroqchining yuzi va ko‘zi yovvoyi darrandaga o‘xshash ekan va to‘ra ko‘rub beixtiyor baland ovoz bilan aytgan ekankim: «Bul odamni yuzini ko‘rmakka qanday tabiat xohlaydur?» – deb. «Vallohi, man umid qilamankim, bul tariqa qattig‘ko‘ngul odamni man hech ko‘rganim yo‘q, xususan, aning ko‘zi g‘ilay va qoshi uzun va qabog‘i solig‘dur. Man umid qilamankim, bul tariqa qattig‘ko‘ngul odamni yo‘q qilib va oyog‘ini yerga bos­turmay qoldurub va aning yomon jasadini yer yutmoqqa kutub va shoshib turadur va lekin man o‘zim bul katta ishni tezlik ilan jo­yig‘a kelturmakka taraddud qilaman», – debdur.
Bul so‘zni mazkur qaroqchi eshitib ko‘p achchig‘lanib, besh adad zanjir ilan boylangan joyda sakrab va o‘shal zanjirni shildiratib baland ovoz ilan to‘raga qarab aytti: «San mani badbashara deb aytasan va manum yuzimni ko‘rmoqni xohlamaysan va lekin manum gumonim borki, san mandin yomon emasmukin? San, ey yomon odam, manga masxara qilmoq saning ishing emas, ilgariroq va bo‘lak joyda sani ko‘rmaganimga ko‘b xafa bo‘ldim. Zeroki, san ul joyda o‘z ixtiyoringda turubsan va man besh zanjir bilan bog‘lanub turub, qo‘l ilan harakat qilmoqqa qodir emasman. Munday bo‘lganda man ko‘rar edimki, saning qoning qizilmu va yoki qoningga libosing qizil rangroq bo‘lur edimu va emdi la’nat», – deb qichqirub o‘z zanjiri birlan devorga shul tariqa urunubdurkim, tamomi bo‘lak gunohkorlar ko‘b qo‘rqub, joylarida biqinib turdilar va zindonning qorovuli mazkur to‘raning yigitlari o‘z qo‘llarida mash’ala tutub, tezlik ilan ul to‘rani atrofida turub ul qaroqchi badbasharani ko‘rmasun deb alarni o‘rtasig‘a turub xayl bo‘ldilar. Ul yigitlar qo‘rqub titraganidin qo‘lidag‘i mash’alaning yorug‘i yuqorida zikr bo‘lingan singan boyning yuzig‘a tushti va, xususan, bechora xotun o‘z erini quchog‘lab berkitib turgan ahvolni to‘ra ko‘rub daf’atan nihoyat darajada hayron bo‘ldi. Zeroki, ul to‘ra chiroylik xotunni yaxshi ko‘rub va ko‘nglida yomon niyat qilib, o‘z xizmatkorig‘a ohista aytti: «Saning qo‘lingdagi hamyonni ochib ul bechora xotunga sadaqa bergil», – deb. Ul xizmatkor hamyonni ochib tayyor bo‘lganda to‘ra mazkur xotunga ruju aylab, shirin so‘z ilan ohista aytti: «Ey bechora chirog‘im, manga yaqinroq kelib tezlik ilan manga javob berasan. San nima uchun zindonga tushding, manum umidim borkim, sanda hech bir gunoh bo‘lmasa kerak va saning bul zindonga tushurgan odam o‘zi ham bul joyg‘a tushmoqqa mustahiqdur», – deb. Ul bechora xotun aytti: «Ey taqsir, xato o‘ylaysiz, manum gunohim yo‘q, man o‘z bechora erimni ko‘nglini olmoq uchun munda keldim», – dedi. Ul vaqtda to‘ra aytti: «Shundoq bo‘lsa ham, man sanga sadaqa bermayman», – deb va bechora xotun aytti: «Nega sadaqa bermaysiz va agar manga bermasangiz, bul manum bechora erimga va shahar atrofidag‘i chodirda yotgan ikki och bola va och kampir uchun sadaqa bermaysizmu?» – deb. Ul to‘ra mazkur xotun yuzig‘a yana qarab o‘z ko‘nglig‘a tushgan ta’sirni bilib aytti: «O‘zing munda kelib hamyondin o‘z qo‘ling ilan har qayu bola va boshqalari uchun yirikroq pul olasan», – deb va bechora xotun aytti: «Taqsir, o‘z qo‘lum ilan hamyondin pul olmog‘im yaramaydur va siz o‘zingiz saxovat ilan xizmatkoringizga buyurasiz», – deb. Ul vaqtda to‘ra o‘z xizmatkorig‘a buyurib besh adad kumush aqcha oldirub xotunga berdi va yana so‘radi: «San nechuk yomon ish qilding?» Va bechora xotun aytti: «Durust aytaman, hech bir zakong‘a muxolif ish qilmadim». To‘ra aytti: «Shundoq bo‘lsa, nima sababdin san beixtiyor bo‘lub, bul yomon va xavflik zindonda turasan?» «Yo‘q, taqsir, man bandi emasman va o‘z ixtiyorim birlan munda kelib ketaman va agar siz mani zindon ichida ko‘rdingiz, sabab shulki, manim erim katta boy edi, emdi sindi va qarzlarni to‘lay olmoqqa iloj bo‘lmadi va man o‘z erimni parvarish qilib, aning ko‘nglini ko‘tarmak uchun har kun kelib kechag‘acha aning birlan zindonda turaman». To‘ra yana so‘radi: «Qayu vaqtda eringni ozod qilmoqni xohlaysan?» Bechora xotun aytti: «Ul marg‘ub ahvolotga manim hech umidim yo‘q, zeroki, man aning avqoti uchung‘ina ba’zi ishni qilib, har kuni kelib, Xudodin umid tutmoqqa va sabr qilmoqqa sa’y qilaman», – dedi va to‘ra aytti: «San o‘zing uchun biroz foydalikroq ishni qilmoqqa qodirsan», – deb. «Ey taqsir, marhamat qilib mani erimni ozod qilmoq uchun nima ish kerak manga, maslahat berasiz. Siz bergan maslahatni bajo kelturmakka manum xohishim va toqatim bitubdur». Ul to‘ra aytti: «Sening ixtiyoringdadur». Xotun aytti: «Manga azob bermay tezlik ilan ayting, agar manum erim va bolalarimni xursand qilmoq uchun jonimni bermak kerak bo‘lsa, ayamayman», – dedi. To‘ra aytti: «Yo‘q, bul emas». Xotun aytti: «Nima kerak, mani azob­ga qo‘ymang, daf’atan ayting». To‘ra so‘radi: «Saning eringni qarzlari ko‘bmu?» – deb. Bechora xotunga ko‘zi birlan shirin muomala qildi. Xo­tun aytti: «Manum erimning qarzi ko‘bdur», – deb.
Mazkur to‘ra ziqna va xasis ekan, bul vajhdin katta boy bo‘lsa ham ul xotunga qarab aytti: «Afsus bo‘lamankim, saning eringning qarzi nihoyatda ko‘p ekan», – deb. Ul xotundin ajralib zindon eshi­giga borganda bechora xotun avvalg‘idek xafalik holda qoldi.

TVG. 1903 yil 18 noyabr. №45

Ul bechora singan boyning puldorlarini vakili o‘zi ko‘b ayyor bo‘lub, ul bechoradin pul undurmoq uchun har xil yomon xayol va andishalarni qilar ekan. Mazkura xotun zindonga borganini bilib ul vakil to‘g‘ri zindonga borganda mazkur to‘ra ul singan boyning xotuni ilan qilg‘on muomalasini ko‘rub, eshitib, o‘z ko‘ng­lida xursand bo‘lub, bir yomon xayolni o‘ylab o‘shal to‘rag‘a yaqin kelib va aning qulog‘iga ohista aytti: «Mazkur chiroylik xotunning eri ko‘b qarzdor bo‘lsa ham, lekin ul ishga man vakil bo‘lub, fahmlaymankim, ul qarzning nisfini kamaytursa bo‘ladur va ham siz taqsir nima xohlasangiz ul xohishingizg‘a yordam beraman», – deb. O‘shal to‘raning yuzig‘a qarab o‘z ko‘zi birlan biror hiylaning ishoratini qildi. Bul so‘zni eshitib mazkur to‘ra taajjub bo‘lib, to‘xtab so‘radi: «Yana nima aytasan?» – deb. «Ey taqsir, man sizga nima aytsam ham, ul so‘z durust va rost bo‘lsa kerak va ham sizning birlan so‘zlashgan bechora xotundin boshqa chiroylik va muloyim xotun yo‘qdur, albatta, muni ko‘rub fahmlaysiz», – debdur. Bul so‘zni eshitib, ul to‘ra baland martabalik bo‘lsa ham ul so‘zga norozi bo‘lmay va o‘shal vaqtda ul xotunning chiroylikin fahmlab va yodig‘a olib aning tarafig‘a qaytib qarab turubdur va hiylagar vakil ul holni ko‘rub, sharmsiz bo‘lub, yanadin ohistalik ilan ayttikim: «Siz, taqsir, nihoyatda chiroylik va oshno biror xotunning yodg‘a olib qiyos qilib fahmlamaysizmikim, bo‘lak bul tariqada chiroylik xotun yo‘qdir, siz yana mulohaza solib ko‘ring: aning yuzi qanday va tamom a’zosi qanday va tishlari va labi qandaydur va lekin ul bechora xafalik ahvolda turadur va agar ul xafalikdin xalos bo‘lsa ul vaqtda bundan ham yaxshiroq bo‘lsa kerak», – deb. Ul vaqtda to‘ra so‘radi: «Aning erining qarzidan necha hissani kechasan?» – deb. Vakil aytti: «Saning uchun uch hissadin bir hissani kechmoqqa ayamayman va agar xohlasangiz, man ul bechoraning puldorlaridin iltimos qilaman, alar sizning uchun yana bir hissani kechsalar kerak. O‘ylamang, vaqtni o‘tkarmang, mani aytgan va va’damni bajo kelturmakka amr qiling. O‘shal bechora xotun ham bilsunkim, aning erining xalosligi va aning xursandligi siz to‘radindur. Mundoq fahmlab ul bechora albatta sizdin ko‘b minnatdor bo‘lub, sizni xursand qilsa kerak», – debdur. To‘ra aytti: «Xo‘sh, saning maslahatingni qabulg‘a olaman, zeroki, aning xursandlig‘iga man ham xursand bo‘laman va lekin hech bir zulm va taaddini xohlamayman, bul vajhdan san bir tarafga borib ul chiroylik xotunni manga chaqirib bersang, man aning birlan bir necha kalima so‘zlashaman», – debdur.
Bechora xotun mazkur to‘raning taklifini xizmatkordin eshitib, o‘z joyidan turub, to‘rani oldig‘a borib turdi va to‘ra tabassum qilib va bir tillo berib aytti: «San nihoyati chiroylik xotun ekansan, saning chiroyingni har kim ko‘rub fahmlasa kerak va man sani ko‘rub ko‘nglimga ko‘b ta’sir tushdi. Agar san manum xohishimni qabul qilsang, man ko‘b katta ionat bermakka qodirman. Bul tariqa bo‘lub ko‘b, ko‘b iltimosim shuldurkim, ushbu kun kechqurun man yotaturgan uyga kelib ertag‘acha manim birlan yotsang, qancha pul so‘rasang ul pulni sanga beraman», – dedi. Bechora xotun bul yomon so‘zni eshitgan vaqtda uyatdin aning yuzi qizarib va ko‘b xafa bo‘lsa ham o‘z ahvolotini fahmlab ohistalik ilan aytti: «Manga hech nima kerak emas», – deb. To‘ra ul javobning ma’nosini fahmlamay aytti: «Besh yuz tillo beraman», – deb. Xotun aytti: «San manga tillo va’da qilsang ham, ul va’dani qabulg‘a olmayman». To‘ra aytti: «Ikki ming tillo beraman», – deb. Xotun aytti: «Baribir man saning uyingga bormayman». To‘ra anga qiziqib yanadin tezlik ilan: «Besh ming tillo beraman», – dedi. Xotun aytti: «O‘n ming tillo bersang ham, xohlamayman». To‘ra yana ko‘proq qiziqib aytti: «Yigirma ming tillo beraman», – deb. Ul vaqtda bechora xotun ko‘zlarini tuban qilib xafalik ila aytti: «Ey to‘ra, bul tariqa savdo ilan san mani ko‘b masxara va behuda ranjitasan, manum izzatlik erim yomon hodisaga tushgandin so‘ngra bul tariqa so‘zni ko‘b-ko‘b eshitib tinch bo‘lub turaman, zeroki, kambag‘al bechora odamlarni boy va qutlik odamlar kechurmakka lozimdur, lekin san boy va qutlik odam bo‘lsang ham, man ishqimni savdo qilmayman, manum ishqim yolg‘uz o‘z erimga taalluqlidur va bo‘lak har qanday odam bo‘lsun, ul ishqimni bermayman», – dedi. Va to‘ra: «Xo‘sh, o‘z ering­ga ishqingni mahkam tutasan va lekin manum ko‘nglumni qabulg‘a olib, andin so‘ngra kafforat va qurbonliq qilsang, sanga gunoh bo‘lmas, zeroki, san o‘z muhabbatlik eringni ozod qilmoq uchun shul tariqa ish qilasan», – deb. Va lekin xotun aytti: «To‘ra, san aytgan so‘zlarni ma’nisini yaxshi fahmlaysanmu, yo‘qmu, man o‘z zakovatim bilan manum erim zindonga tushgan vajhdin andin taloq xat olmoqqa qodirman. Agar xohlasam, man ani tashlayman va bo‘lak erkakka tegmoqqa manum ixtiyorim bor bo‘lsa ham, man o‘z erimni tashlamayman. Zeroki, ul erim birlan qancha yil yaxshi ahvolotda turub, emdi ul bechora sinib, zindong‘a tushganda nechuk man ani tashlasam va man yana qanday bo‘lak odam anga parvarish qiladur, ul ish yaxshi emas va man shundoq qilolmayman, shuning uchun san manga sadaqa bergan tilloni qaytib ol, manum bir necha mayda pulim bor, anga non va baliqni bozordin olib biror ovqat qilmoq uchun kifoya qiladur», – dedi.

TVG. 1903 yil 25 noyabr. №46

Va mazkur to‘ra bul tariqa aqllik va ohistalik javobga ko‘b rozi va taajjub bo‘lsa ham, aning yomon nafsi g‘olib bo‘lub va qiziqib aytti: «Bul tilloni manga qaytarib berma va bir tillo olib mandin qarzdor bo‘ldim deb o‘ylama va lekin uyingg‘a borib, anda o‘ylab o‘z ahvolotingni bilib manga kelarsan degan umidim bor, san ma’qul qilsang, man tamom pulimni sanga beraman va san ul pulni olib eringni puldorlarig‘a berib, ani ozod qilasan, yana sanga maslahat beraman, yaxshi o‘ylab ko‘rub, andin keyin manga javob berasan», – dedi.
Bechora xotun aytti: «San, to‘ra, ko‘p saxovatpesha odam ekansan, maning chiroyligimni shul tariqa baland darajag‘a ko‘tardingkim, manim erimni ozod qilmoq uchun ul baho durustdur va lekin man sanga bir javob aytamankim, man saning so‘zlaring­ni o‘z erimga aytaman va erim nechuk javob bersa, man mundoq qilaman», – dedi.
Bul javobni to‘ra beaqllik javob qatorida ko‘rdi va lekin yuqorida zikr bo‘lg‘on hiylalik va yomon xulqlik vakil to‘rag‘a aytti: «Mayli va ixtiyori, erkaklarning aqli bor, albatta, o‘z chiroylik xotunig‘a sanga marg‘ub javobni bersa kerak va andin keyin xotun o‘z ixtiyori birlan sening uyingga keladur», – deb. To‘ra bul so‘zni eshitib xafalik ilan zindondin chiqib o‘z turadurgan joyi­g‘a bordi va mazkur hiylalik vakil ul bechora singan va chilbir ila boylangan odamg‘a ohistalik ilan kelub to‘raning va’dasini shirin so‘z ilan bayon qildi.
Bechora mahbus singan boy o‘z xotunig‘a mazkur to‘ra aytgan so‘zlarni eshitib, hech bir javob bermay ko‘b yig‘ladi va ertasi xotuni anga kelgan vaqtda quchoqlab, yig‘lab vafo qilg‘on uchun xotunig‘a ko‘b minnatdorlik aytti va xotun so‘radi: «Mazkur so‘z xususida san nachuk o‘ylaysan?» – deb. Eri: «Agar manga yana ko‘b yil bul yomon zindondin ortuq yomon joyda o‘lturmoqqa taqdir bo‘lsa va agar o‘shal joyda umrimni oxirig‘acha yotib, hech bir vaqt dengizni va oftobni va farzandlarimni ko‘rmasam ham, agar san vafolik bo‘lub, yomon va uyat yo‘lg‘a yurmasang, man tinchlikda turaman va lekin ixtiyor sandadur. Nachuk xohlasang o‘zingdadur, ammo man o‘zum bul chuqur zindonda umr o‘tkarib vafot tobsam ham, manum ozod qilmoq uchun o‘z tozalig‘ingni bulg‘otma. Zeroki, sani tozalig‘ing eng katta husn va latofatingdur va man ul tozalig‘ingdin xursand bo‘lub quvvat topaman», – deb aytti. Bul tariqa javobni eshitib bechora xotun ko‘b xursand bo‘lubdi. Zeroki, xotun ham fikr aylab va ham ko‘b rozi va minnatdorman deb. Yana aytti: «Maning sab­rimni ziyoda qilding, emdi manum ko‘ng­lumdag‘i maxfiy xayolimni sanga aytaman. Chunonchi, agar san mazkur to‘raning taklifini qabul qilsang, bo‘lak yomon niyatlik odamlardin ko‘proq san mani ranjitib xafa qilar eding va man bul uyat ahvolotimni ko‘tarmakka qodir emas edim». Eri so‘radi: «Shundoq bo‘lsa, san nima ish qilar eding?» – deb. Xotun aytti: «Agar san mani mazkur to‘raning uyig‘a yuborg‘udek bo‘lsang, man borib, andin ko‘b pul olib, saning qarzlaringni to‘lab va sani xalos qilib, o‘zim saning yoningg‘a kelmay dengizg‘a borib o‘zumni suvga tashlar edim», – deb. «Albatta, man ham shundoq o‘yladim», – deb eri javob aytti va xotun yana aytti: «San manum ko‘nglum va jasadimni toza ahvolda saqlaganing uchun man ko‘b minnatdorman va emdi o‘z farzandlarimiz birlan turmoqqa qodirdurman», – dedi.
Bul tariqa so‘zlashib o‘lturib ul bechora er-xotun o‘z afsuslik­larini faromush aylab, daf’atan yangi va qayta saodatmandlik bo‘lgan odamlarg‘a o‘xshabdurlar va alarning yaqinida yuqorida zikr bo‘lg‘on katta qaroqchi va bo‘lak o‘g‘rilar ul bechoralarning so‘zlarini eshitib, ba’zilari o‘zlarining yomon xulqig‘a qarag‘anda mazkur bechoralarni toza xulqlarig‘a kulub masxara qildilar va lekin katta qaroqchi hech so‘z aytmay o‘z fikrini ko‘nglida saqladi va qarz so‘raydurgan vakil bul ahvolotni bilib achchig‘i kelib, mazkur bechora xotung‘a har xil zulm va taaddi qila boshladi. Chunonchi, ul bechora kechqurun o‘yun qiladurgan boqqa borgan vaqtda ul vakil xotun oldig‘a borib ohistalik ilan aytti: «Ey beaql xotun, nega san to‘raning taklifig‘a yaxshi qaramaysan, zeroki, ul to‘ra ko‘b boy va ko‘b qudratlikdur». Va bechora xotun javob bermay boshi ishorati ilan man qildi va vakil uyalmay yana aytti: «San bilmaysanmi, ul to‘ra saning uchung‘ina bul shaharda to‘xtab turadur, saning birlan oshno bo‘lmoqqa xohlamasa, mazkur katta qaroqchini ishi xususida tezlik ilan hukm qilib o‘z shahrig‘a qaytar edi. Aning taklifini yaxshi fahmlamoq kerakkim, san aning birlan qisqa vaqt bir xonada bo‘lgandin so‘ngra ul ketadur va san joyingda turib qolub, mazkur to‘rani hech bir vaqt ko‘rolmaysan va hech kim saning ul to‘ra ilan qilg‘on oshnolig‘ing xususida hech so‘z aytmassan ham o‘z ering birlan oshiqlik qatorida turub, ul to‘ra to‘g‘risida hech nima aytmaysan va ering har kun sani o‘z uyida ko‘rub quchoqlab ko‘b xursand bo‘lub tursa kerak. San manga inongil, man bul ishni ko‘b ehtiyot ilan qilaman. Chunonchi, har kecha man ul to‘raga har xil ovqat yetkuraman va san ma’qul ko‘rsang, kechqurun baliqchi libosini kiyib baliq sotmoq bo‘lub aning uyig‘a borasan va andin o‘shal libos ilan o‘z joyingg‘a qaytasan va o‘z chodiring oldida yanadin o‘z libosingni kiyib uyingga kelasan va qaynona va farzandlaring ul maxfiy ish xususida hech bir xayol qilmas», – deb. Bechora xotun qattig‘ achchig‘lanib so‘z ilan aytti: «Emdi aslo manga bu so‘zni aytma», – deb va vakil ham achchig‘lanib aytti: «San ma’qul qilmasang, bilgilkim, man saning farzandlaringni ham nobud qilaman», – deb.
Shundoq qattig‘ va xavflik so‘zni eshitib bechora xotun ko‘ng­li buzulmay sabr qilib, o‘z afsuslik ahvolotig‘a chidab, har kecha o‘yun bog‘ig‘a borib va pul topib, bozordin ovqat olib, kunduz kuni farzandlari birlan va bechora eri birlan vaqt o‘tkaribdur va mazkur yomon qattig‘ko‘ngul vakildin hech qo‘rqmay xursandlik ilan tanbur chalib, qiladurgan ishni qilib turdi va mazkur o‘yun bog‘ning egasi bechora xotunni vafolig‘i uchun ko‘b aqllik deb ayt­masa ham anga rahm qilar edi va ul bog‘da o‘lturgan odamlarg‘a mazkur xotunga hech ranjish so‘z aytmas, pulni ko‘proq berar edilar, bul tariqa ilan ul bechora xotun kechalari uxlamay ayri farzandlari xususida xayol qilar edi va yomon vakil ham kechasi uxlamay mazkur bechora xotunga yangi zulm va yomonliq qilmoqni o‘ylar edi.

TVG. 1903 yil 1 dekabr. №47

Mazkur yomon ko‘ngullik vakilning maslahatini bechora xotun qabul qilmagan uchun ko‘b qahri kelib, shul tariqa yomon niyat qilibdurkim, «bir kechasi ul xotunni zo‘rliq ilan kema yelkaniga o‘rab o‘shal to‘rag‘a yetkuraman», – deb va lekin ul to‘ra zo‘rliq ilan kelturgon xotunni xohlamas ekan. Ul vaqtda vakil tamomi puldorlarg‘a borib aytibdurkim: «Ul xotunni erini ozod qilmoq uchun to‘ra tamomi pulni bermoqchi bo‘lub edi va lekin xotun o‘shal to‘rag‘a bir kecha bormoq xohlamadi va sizlar ham bul vajhdan pulsiz qoladurgan bo‘ldingiz», – deb. Puldorlar bul so‘zni eshitib, turmag‘a borib, o‘shal singan bechora boyg‘a har xil haqorat so‘zlar aytibdurlarkim: «San o‘zing va saning xotuningda hech insof yo‘qdur, zeroki, bizning mollarni nobud qilib, o‘zing ham munday yomon ahvolotga tushding, ham saning xotuning to‘rag‘a bormoqqa xohlamadi, bizni pulsiz qolduradursan, nechuk erdursankim, o‘z xotuningg‘a yaxshi maslahat bermaysan va san Ibrohim va Ishoq payg‘ambarlardek emassan, shuning uchun bir soat muddatda bul zindonning devorig‘a qarab yotsang, hech bir zarar ko‘rmaysan va o‘shal vaqtda saning xotuning to‘rag‘a borib, aning pullarini olib, bizni xursand qilib va o‘zing ham bul zindondan xalos bo‘lib, o‘z uying­g‘a qaytib farog‘atda bo‘lasan. Bul tariqa fahmlab tezlik ilan beaql xotuningni mazkur to‘rag‘a yuborasan», – dedilar.
Bechora: «Yo‘q! Bul tariqa yomon maslahatni xotunimga bermayman va sizlarning mollaringni qasd ilan nobud qilg‘onim yo‘q va o‘zimning xotunimni zino ishqa sa’y qilmayin, zeroki, munday yomon ish birlan man o‘zum xursand bo‘lolmayman va toza xotunimni najasga bulg‘amayman. Agar xohlasangiz, umrim boricha zindonda turub vafot qilsam ham, manum ko‘nglum tozalik ilan ketadir».
Ul vaqtda savdogarlar achchig‘lanib baland ovoz birlan ayttilar: «San noinsof va yomon odam ekanlig‘ingni emdi ravshan fahmladuk. Zeroki, san o‘zingni va xotuningni bilasan va bizlarga hech bir rahm-shafqat qilmaysan va bul vajhdan o‘shal vakil sanga qattig‘roq jazo beradur», – deb. Bechora aytti: «Sizlarning xohishingizcha bo‘lsun va lekin manga xotunumning tozalig‘idin hech bir bo‘lak qiymatbaho narsa yo‘qdur», – deb.
Andin so‘ngra yomon vakil zindonning qorovulig‘a buyrug‘ berdi: «San bul xotunni erig‘a yubormagil», – deb. Va mazkur o‘yunbog‘ning egasig‘a borib aytti: «San tezlik ilan Misrdan bir necha chiroylik fohishalarni yollab bul boqqa kelturib, o‘shal singan boyning xotunini haydab yuborasan», – deb. Bul tariqa bo‘lib, bechora xotun zindonga borgan vaqtda zindonni qorovuli ani erig‘a yubormay, har xil haqorat so‘zlar ilan aytibdur: «Saning afsuslik ishlaring o‘z fe’lingdindur, nima uchun san o‘z tozalig‘ingni mahkam tutasan va san o‘zing xususingdag‘ina fikr qilasan va eringni hech ayamaysan», – dedi. Xotun aytti: «San nodurust aytasan, man gunoh ilan erimni xursand qilmayman va umrimni oxirig‘a va o‘zumni betinch va xafa qilib o‘z bolalarimni ham uyatqa qoldurmayman», – dedi.
Mundan so‘ngra ul bechora xotunning ahvoloti yomonroq bo‘ldi. Zeroki, zindon qorovuli aning erig‘a ikki qabat zanjir bog‘lab va har kuni erta-kech vaqtlarda darraga o‘xshash quruq qayish ilan urub jazo berar edi. Aning bechora xotuni bul ahvolotni fahmlab ko‘p afsus bo‘ldi va mazkur o‘yinbog‘ning egasi o‘ttuz adad chiroylik fohisha yollab, yetkurub, mazkur xotunni bog‘din chiqarubdur. Ul vaqtda vakil zindon qorovulig‘a aytibdur: «San bul kunda ul xotunni erig‘a kirmakka ruxsat berib va xotun zindonga kirgan vaqtda qayu bandda yotgan bandilarg‘a yaxshilab non berib aytasan, bul sadaqani bizlarga Damashqdin kelgan to‘ra berdi, ul to‘ra o‘zi bir hodisadin betobroq bo‘lib xafalik ilan o‘z uyida yotadur», – deb. Bandilar ul nonni olib to‘raning haqqig‘a duo qilib so‘radilar: «Nima hodisadin betobroq bo‘ldi?» – deb, vakil aytti: «Ul shafqatlik to‘raning betoblig‘i bul xotundindur. Zeroki, bul o‘z erining ahvolig‘a qaramay, o‘zi xususidag‘ina o‘ylab, ul katta to‘rani xursand qilmoqqa xohlamabdur», – deb. Bul so‘zni eshitib tamomi bandilarg‘a ovoz birlan qichqirishubdurkim: «Shafqatlik to‘ra salomat bo‘lsun va bul beaql xotun har xil balog‘a duchor bo‘lsun», – dedilar. Mundin so‘ngra zindonda yotgan tamomi bandilar ul bechora xotunni ko‘b yomon ko‘rubdurlar va shahar ichidag‘i fuqarolar, xususan, mol yo‘qotgan odamlar zindonga kelib singan boyni ko‘rub bir ovozdek anga ayttilar: «Ey singan boy, beaql bo‘lma, betobroq bo‘lgan katta to‘rag‘a o‘z xotuningni yuborib, o‘zingni xalos qilib, bizlarni ham xursand qilasan», – dedilar va lekin ul bechora xotunni eri bul tariqa so‘zlardin ko‘proq afsuslik bo‘ldi, chunki anga xotuni kelgan vaqtda tamomi bandilar alarg‘a qarab har xil haqorat so‘zlarni aytar edilar, hattoki o‘shal bechora o‘z xotunini zindong‘a kelmoqdin man qildi.
Muni bilib yomon vakil yanadin bir yomonroq niyat qildi, chunonchi, ul xotunning qaynonasi kampirga borib aytti: «San, kampir, ko‘b yoshga kirding, albatta, fahmlaysankim, biror xotun o‘z erini qo‘yub bo‘lak bir erga borsa, albatta, yomon gunoh bo‘ladur va agar o‘zi erining xalosligi uchun sanga va ham yosh bolalarg‘a ovqat topmoq uchun bo‘lak begona erkakka biror martaba borsa, ul vaqtda hech bir gunoh bo‘lmasa kerak va bul so‘zni yaxshi fahmlag‘ilkim, saning yolg‘uz o‘g‘ling zindonda yotib ko‘b azob ko‘radur va san nabiralaring birlan bul tariqa kambag‘allikda turasan va lekin saning kelining Damashq shahridin kelgan to‘rani biror xursand qilsa, ul shafqatlik to‘ra anga ko‘b pul berib, o‘g‘lungni ozod qilib va sizlarg‘a ilgarigi ul mollaring­ni qaytarib, sizlarni tamom farog‘atda qiladur», – deb. Bul so‘zni eshitib kampir ochlig‘i va kam­aqlligidin so‘radi: «Durust va rost aytasanmu?» – deb aning ko‘zidin yosh chiqib, yana kampir so‘radi: «Manga batafsil o‘shal ishni bayon qil va nima qilmoq kerak, manga tushunturasan», – dedi. Vakil yuqorida zikr bo‘lgan hikoyalarni bayon qildi va kampir ko‘b taajjub aylab va afsuslikidin qarsak urub yig‘lab aytti: «Ey, nechuk bechoramiz, agar manum kelinim maxfiylik ilan ul to‘rag‘a borgan bo‘lsa edi, emdi manim o‘g‘lum va nabiralarim va ham o‘zum avvalg‘i uylarimizda tinchlik va osoyishtalikda turar eduk», – deb. Ul vaqtda yomon vakil aytti: «Mana aqllik kampirni ko‘raman, san umrning qadrini bilasan va muning uchun sandin iltimosim shulkim, keliningga yaxshi maslahat berasan. Agar vaqt o‘tkarib ul to‘ra Damashq shahrig‘a qaytib ketsa, ul vaqtda san va beaql yosh kelin afsus va befoydalik qolarsiz». Kampir biroz vaqt indamay turub yig‘lay boshladi. Ul vaqtda vakil aning qo‘lini ushlab aytti: «Sani yig‘lag‘oningni ko‘rmoq ko‘b qiyindur, albatta, san mazkur ishni ma’nisini yaxshi fahmlab keraklik harakatni qilasan», – deb. Kampir «oh» deb aytti: «Saning so‘zing ko‘b ravshandur va lekin manga ma’qul bo‘ldi va man o‘z kelinim birlan so‘zlashaman», – dedi. Vakil ham xursand bo‘lub o‘yinboqqa qarab jo‘nadi.

TVG. 1903 yil 11 dekabr. №48

…Qarzxohlarning vakili ul xotundin o‘zig‘a keraklik javobni ololmay, aning kampir qaynonasig‘a borib ul kampirni mazkur yomon ishg‘a yordamchi qilibdur. Va bechora xotun o‘z ahvolotida va niyatlarida mustahkam bo‘lub, avvalg‘i kunlaridek kechqurun ovqat uchun keraklik pul topmoqqa o‘yin bog‘ig‘a boribdur va mazkur yomon vakil ul bechora xotunga yangidin qiyinlik ahvolotni qilmoq uchun Misr atrofidin har xil chiroylik va yomon xulqlik bazm qiladurgan xotun-qizlarni yollab ul boqqa keltirubdur va bul yomon xulqlik xotunlar o‘shal boqqa kelganini eshitib Isqolon shahridag‘i boylar, xususan, o‘rta va ko‘broq yoshga kelgan odamlar mazkur boqqa borib o‘lturub, har xil qiymatbaho ichkuliklar ichib, o‘shal yomon xotun va qizlarg‘a qarab, alar birlan ishqibozlik qilishib va so‘zlashib qiymatbaho ichkulikka qalampirmunchoq qo‘shib, ul ichkulikni nihoyatda xushbo‘y qilib, bazmi jamshiddek suhbat qilubdur. Mazkur singan boyning bechora xotuni o‘shal bog‘din ketib nihoyati xafa bo‘lub va pulsiz qolib o‘z chodirig‘a qaytibdur. Aning onasi – kampir ul bechorani xafaliq ahvolotini ko‘rub, ahvolotni so‘ragan vaqtda bechora xotun hech so‘z aytolmay, kampirning tizzasig‘a boshini qo‘yub yig‘lab, afsuslik ila aytti: «O‘tgan kunlarda man o‘shal bog‘da yaxshi mazmunlik xonish qilib keraklik ovqat uchun pul topar edim va emdi mazkur bog‘da yomon xotun va qizlar hozir bo‘lubdur. Man o‘zum ham anda borib xonish qilmoqni xohlamayman va bog‘ egasi ham san emdi kerak emassan deb aytti. Bul ahvolotda nima qilamiz va nechuk ovqat toparmiz?» – dedi. Ul kampir so‘zni eshitib afsuslik bilan aytti: «Ovqatsiz odamzod turolmaydur va biz munday ahvolotga chidolmaymiz, shuning uchun man sandin aylanaman, o‘z eringg‘a va bolalaringg‘a va man – kampirg‘a rahm va shafqat aylab nechuk bo‘lsa ham pul topmoqqa sa’y va harakat qilasan», – dedi. Bechora xotun xafalik ilan so‘radi: «Ey ona, san mandin nima qilmoqqa xohlaysan?» – deb. Va kampir og‘zini bechora xotunni qulog‘ig‘a yaqin qilib ohistalik ilan aytti: «Mazkur ko‘p pullik to‘rag‘a bor», – deb.
O‘z erining onasidin bul tariqa so‘zni eshitib, mazkur bechora xotun daf’atan xavf ilan titrab so‘radi: «Sandek onamdin munday so‘zni eshitamanmu, san manum erimning onasisan va manum vafoliq va tozalig‘imni mahkam qilmasdin, boshqa o‘zung manum toza qo‘limg‘a pichoqni berib o‘zumni o‘ldurtmoqqa xohlaysan, albatta, mani mazkur to‘rag‘a yuborib tamom uyatimni va vafolig‘imni barham berib, yo‘q qilasan va man bul so‘zdin keyin saning birlan so‘zlashmay va sandin hech bir maslahatni olmayman», – dedi va kampir aytti: «San aytgan so‘zlar ko‘p yaxshidur va lekin bizning ahvolotimiz shul darajada ekankim, anga chidamoqqa iloj yo‘q. Agar bizning ahvolimiz ilgarigidek bo‘lsa, man sanga munday so‘z aytmas edim va lekin halokat darajasida turamiz va san bul halokatdin xalos qilmoqg‘a qodirsan», – deb tavoze’ ilan sajda qilib, bechora kelinni oyog‘ig‘a oq sochini o‘rab ushlab yig‘lab: «Ey kelin, bizni qattig‘ halokatdin qutqarg‘il», – deb yalinib turdi. Bechora xotun ko‘broq xafa bo‘lub aytti: «San shundoq aytasanmu va lekin man o‘z erimni ko‘b yaxshi ko‘raman va ango vafoliq ahvolda turmoqni xohlayman va umid qilamankim, ul manim vafolig‘imni bo‘lak ahvolotdin baland darajada fahmlab turadur». Kampir aytti: «O‘z eringni yaxshi ko‘rma deb man ham aytmayman va lekin o‘zingni kichik bolalaring uchun sango ayttim, zeroki, sanga to‘rag‘a bormoqg‘a qiyin emas va agar san shundoq qilmasang, bul bechora va begunoh kichik bolalaring gadoy qatorida turub bo‘lak odamlardin doim xorlik ko‘radurlar, muni fahmlab o‘zing xafa bo‘lmaysanmu?» – deganda aytti: «Ey onam, o‘shal ishni qiyin emas deb manga aytasan. Ey Xudo, nachuk so‘zni manim qulog‘im eshitadur?» – dedi. Kampir aytti: «Ey kelin, man ham shuning uchun bul tariqa ishni uyat ko‘rub va lekin kerak bo‘lg‘onda o‘z uyatini quvib ul ishni qilar edilar».
TVG. 1904 yil 21 yanvar. №3
Va yana ul kampir ohistalik ovoz ilan: «O‘shal xotunlar xususida eshitganman, uyalmaslik uchun bir alayhida aqlni yo‘q qiladurgon ichkulik ichib, andin keyin har nima qilgan ishlarini bilmay qolar edi. Ul ichkulik bir qo‘ziqoring‘a o‘xshash nimarsani suvg‘a solib va qaynatib ani ichgan holda ko‘knori odamdek xushxayol bo‘lub, xayol ilan har nima qilganni bilmay qoladur. San ham bul tariqa ichkulik tayyor qilib, ichib, to‘rag‘a borib, anda ertasig‘acha yotasan va subh vaqtida man o‘zum aning hovlisig‘a borganda sanga to‘ra bergan pulni manga berasan va man xursandlik ilan turmaxonag‘a yugurub borib, aning qarzini to‘lab mani o‘g‘lum – saning eringni ozod qilib, o‘z uyingg‘a birgalashib olib qaytaman va san o‘zung o‘shal vaqtda qorong‘uda hech bir odam yo‘q vaqtda dengiz labig‘a borib suvg‘a tushub g‘usl qilib pokiza va ozoda bo‘lub, o‘tgan kechadagi ishni unutub, ilgarigi hovlig‘a qaytib, anda o‘z eringni va bolalaringni ko‘rub nihoyati xursand bo‘lub va andin keyin ilgarigi ahvoldag‘idek betashvish umr o‘tkarasan», – deb. Bechora xotun ko‘b taajjub bo‘lub, qo‘rqunch ilan aytti: «Nima aytasan va san aytganingdek ish bo‘ladurmu?» – dedi. Kampir boshi ilan ishorat qilib: «Albatta bo‘ladur», – deb. «Mazkur ichkulikning shunday quvvati va xosiyati bordurkim, hech vaqtda qilg‘on gunohingdin xafa va pushaymon bo‘lmaysan va o‘z ering ilan chin ko‘nguldin toza do‘stlik ahvolda turasan, eringni ko‘nglida hech shubha va gumon bo‘lmaydur». Bechora xotun yana aytti: «Oh, man nechuk bechoraman, yomon nasihatlar mani nachuk ahvolotga soladur, manum aqlim boshimdin ketardek bo‘ldi, man hech nimani fahmlamayman. Va lekin uyatim ko‘nglimda bordur va manim erimg‘a taalluq ishqim mani jazb qilib tortadur». Kampir aytti: «O‘shal ichkulikni ichib uyatni unutasan». Va bechora xotun titrab aytti: «San aytgan nasihatni tezroq unutmoq uchun bilotavfiq mazkur ichkulikni manga bering». Kampir aytti: «Agar san o‘zingni yaxshi ko‘rub va ering va bolalaringni ahvolotini oson qilmoqqa xohishing va ixtiyo­ringcha turg‘il va lekin man sanga yanadin aytaman, og‘irlig‘ingni tashlab o‘shal ichkulikni ichkil», – dedi. Xotun aytti: «Man erimni ko‘b yaxshi ko‘raman va shuning uchun toza turmoqqa xohlayman va san, onam, o‘z o‘g‘lungni yaxshi ko‘rsang ham manga yomon nasihat berasan, man nima qilay, man fahmlamoqqa aqlim yetmaydur». Kampir aytti: «Har qayu odam sanga javob beradur zavjaning ishqi onaning ishqidin kamroq bo‘lsa kerak deb, muning birlan man o‘z o‘g‘lumni ahvolotini yengilroq qilmoq uchun sanga shundoq maslahat berdim», – dedi. Bechora xotun ul «kamroq» degan so‘zni eshitib ko‘b xafa bo‘lub va baland ovoz ilan aytti: «Yo‘q-yo‘q, durust aytmaysan». Xotun o‘z erig‘a nihoyatda ko‘b oshiq bo‘ladur deb o‘z sochini bo‘ynig‘a o‘rab, tortib, o‘z joyidin turub tanburini qo‘lig‘a olib ovqat qilmoqqa keraklik pul topmoq uchun yuqorida zikr bo‘lgan boqqa bordi va lekin mazkur bog‘da bechora xotung‘a yangidin xafalik ahvolot paydo bo‘ldi.

TVG. 1904 yil 21 yanvar. №3

Bechora yosh xotun o‘z chodiridin ketgandin so‘ngra aning kampir qaynonasig‘a o‘shal singan boyning qarzini talab qiladurgan vakil kelib so‘radi: «San kelinni mazkur to‘rag‘a bormoqqa ko‘ndirdingmu?» – deb va mazkur kampir aytti: «Yo‘q, manim kelinim hech bir vaqt bormayman deb javob berib ketti», – deb va lekin vakil bul xabarni eshitib xafa bo‘lmay va ozg‘ina tabassum qilib aytti: «Ey hurmatlik kampir, san unuttingmukim, ishqg‘a mubtalo bo‘lg‘on odamlar albatta beaql bo‘ladur va san munga qarama, o‘z fikringni dema, ko‘ngulda tutub turg‘il, albatta sanga bir tomchi suv o‘zi yengil bo‘lsa ham doimo tushub tursa toshni teshadur va qadimgi vaqtda bir donishmand odam bor ekan, bir martaba ul donishmand birlan bir nodon munozara qilib, ko‘nglida mulohaza qilmay, hech bir vaqt degan so‘zni aytar ekan va donishmand anga aytti: «Hech bir vaqt degan so‘z ne ma’no so‘zdur va man sanga maslahat berayinkim, «hech bir vaqt» degan so‘zni hech qachon ayt­ma», – debdur. Va san, hurmatlik kampir, munga tafakkur aylab, o‘z niyatingni mahkam ushlasang maqsudingg‘a yetarsan», – dedi. Kampir aytti: «Manum umidim yo‘q, zeroki, manum kelinimning ko‘ngli toza va musaffodur». Vakil aytti: «Toza va musaffo tosh bo‘lsa va o‘shal toshga ko‘b uzoq vaqt ohistalik ilan urub tursa, ul vaqtda o‘shal tosh qaro rangda bo‘lmasmu, keyin sening kelining san aytadurgan so‘zni ham doim eshitib turadur va bul yaxshi dalildur, zeroki, har vaqt toza va musaffo tosh tadbir ilan, avvalo, ozroq qora rang bo‘lub va andin ko‘k va andin sorig‘ rang va oxiri qora rang ham bo‘lsa kerak. Va san mazkur donishmandni maslahatini unutma, ya’ni «hech bir vaqt» degan so‘zni hech qachon aytma va yana man sanga bir maslahat berayin, chunonchi, o‘shal to‘rag‘a ko‘b vaqt kutub turmoqqa toqati ketgundek bo‘lmaslik uchun tezlik ilan harakat qilmoq kerak va agar ul to‘raning toqati qolmasa, ul to‘ra qaroqchini ustig‘a hukm qilib Damashq shahrig‘a qaytib ketadur», – deb. Kampir o‘shal maslahatni qabul qilib aytti: «Xo‘sh, man o‘z niyatimni e’timomig‘a yetkuraman, so‘zumni durustlig‘i uchun o‘z umrim va o‘zumni ikki nabiramni umri birlan», – deb qasam ichdi. Mazkur vakil bul tariqa mahkam niyatni bilib va fahmlab xursand bo‘lub yuqorida zikr bo‘lg‘on Misrdan kelgan fohisha xotunlarning bazmini ko‘rmakka jo‘nab ketti va aning hamyonida tillolar va ko‘ngulni xursand qilmoq uchun xushbo‘y qalampirmunchoq bor edi.
Va bechora xotun ham yuqorida zikr bo‘lg‘on qaynonasining yomon so‘zlaridin ko‘b xafa bo‘lub va o‘z ko‘nglini jarohat bo‘lgandek fahmlab, tanburini olib, o‘shal boqqa borar edi. Tanbur og‘irliq qilib va ko‘ngli xafalik va a’zosi bequvvatlikdin ul bechorani qaddi egilib, xam bo‘lub va oyog‘i toyilib va ko‘zidin o‘t chiqib, o‘z boradurgan yo‘lini ko‘rolmay xafalik ilan fikr aylar edikim, «Bul tariqa xafa va bequvvat bo‘lub qanday xonish qilaman va manum ovozim qanday chiqadur», – deb yurar edi va lekin mazkur bazm boqqa kirganda ul bechora to‘g‘ri ko‘rdikim, o‘shal bog‘da nihoyatda ko‘b mo‘ysafid va yosh yigit va inobatlik odamlar jam bo‘lubdur. Alarning ba’zilari uyatsiz bazm joyig‘a yaqin turub va ba’zilari uyalib chetga borib daraxt shoxlarini arosidin qarab turar ekan. Bazm joyida bir necha chiroylik xotun va qiz atroflab o‘lturgan ekan va alarning eng o‘rtasida bir nihoyati chiroylik qiz turubdur, o‘shal qiz va xotunlarning qoshlari qayrilgan va ko‘zlarig‘a surma qo‘yub va kipriklarini ham qaro qilgan va ko‘kraklari ochuq va bo‘ynug‘a taqqan marjonlari qimirlab va sholdirab turgan va qo‘llarining kafi va oyog‘ tobonig‘a qizil rang qilg‘on o‘shal jamiyatga qaraganda fikr qilinadurkim, o‘shal qiz va xotunlarning atroflarida qarab, ko‘rub turgan odamning ko‘ngullarig‘a elektrichestvo shu’lasig‘a o‘xshash shu’la ta’sir qilg‘on, o‘shal qiz va xotun turgan yer ham qiziq va issiq ekan… Albatta, bul tariqa yomon jamiyatga o‘shal bechora toza ko‘ngillik xotun kerak emas va aning insoflik so‘zig‘a va xonishig‘a joy va o‘run yo‘q ekan va aning tanbur ovozig‘a hech kim quloq solmasa kerak va mazkur yerg‘a yotgan uyatsiz qiz va xotun ohista-ohista ovoz ilan xonish qilsa ham ma’nisi yo‘q ekan va lekin alarning ovozi ari ovozig‘a o‘xshash ekan va mazkur bazm­ning boshlag‘uvchi rubob ushlab ohista-ohista chaldi va o‘rtada turgan bir chiroylik qiz har tarafga qarab, usul qilib ari chaqmasun deb ehtiyot qilib, seskangan odamdek harakat qilur edi. O‘shal tariqa ohistalik xonish ovozlar daraja-bedaraja baland bo‘lub va o‘shal qiz bir joyda turib, qo‘lini har tarafga aylantirub, raqs urub o‘ynar ekan va ko‘rgan odam xayol qilar ekankim, arilar mazkur qizga yaqinroq kelib ba’zi yupqa libosig‘a yopishdimu deb va qiz qo‘rqqandek balandga sakrab, tamom a’zosi ilan harakat qilgan vaqtda o‘shal yerda yotgan tamomi bo‘lak xotun va qizlar ham tik turub, qayroqbozni toshidek qo‘llarig‘a tosh ushlab, qo‘llarini qimirlatib va toshni ham qimirlatar ekan. O‘shal qiz-xotunlar ari biridin-birig‘a uchub o‘tib, bizni chaqmasun degan xayol va harakat qilg‘ondek harakat ilan aylanib, o‘z liboslarini tezlik ilan tashlab tamomlari yalang‘och bo‘ldi va o‘shal vaqtda bog‘da yoqilgan fonuslar ham o‘churulib va bog‘da jam bo‘lg‘on mo‘ysafid va yosh yigitlarning uyatlari ketibdur. Nayrangboz boshlug‘i bechora xotunni ko‘rub qo‘l ilan orqasig‘a urub va «ket» deb itarib, aning tanburini qo‘lidin olib yerga urub sindirdi.
TVG. 1904 yil 28 yanvar. №4
Bechora xotunni o‘yin bog‘idin haydab chiqargandin so‘ngra o‘z erig‘a va ikki bolasig‘a va qaynonasig‘a keraklik vazifalarini top­moqqa iloj tobmay, bir kun o‘shal bechoralar ertadin to kechg‘acha taom yemay och qolubdurlar va ul kuni ham bechora xotun o‘z erig‘a rahmi kelib, quruq qo‘l ilan zindong‘a borib eri birlan ko‘b xafaliq ahvolotda o‘lturubdur va o‘shal vaqtda zindonda yotgan bandilar mazkur xotunga har xil haqorat so‘z aytibdur. Aning eri bul haqorat so‘zni eshitib xotunga aytti: «Man saning ahvolingni ko‘b yaxshi bilaman, Xudo xohlasa, o‘lmakka yetdim, emdi san o‘zingni ixtiyoringda turaman deb va man sanga bir maslahatni aytaman, bizning nurchashmlarimizni gadoydek qilib ko‘chaga yuboring, ul bechoralar xayrxoh odamlardin sadaqa so‘rasun, albatta, ul ikki kichkina yosh bolalar manum kampir onam ilan pul ustida o‘lturub xayr so‘ragan vaqtda har qayu odamlarni ko‘rub va ayab alarg‘a xoh g‘alla va xoh yomon baliq bersalar kerak», – deb va xotun aytti: «Yo‘q, man bolalarimni ko‘chag‘a yuborib edim va lekin bu kun hech kim hech nima bergan yo‘q. Zeroki, Damashqdin kelgan to‘radin qo‘rqub manum qizimg‘a masxara qilib aytubdurlar: «Onang sizlarga rahm qilmaydur, muning uchun sizlarning va bolalaringiz onangizni gardanig‘adur va kampir mani quruq qayt­ganimni ko‘rub manga har xil haqorat so‘z aytib, mazkur to‘rag‘a nima uchun bormaysan deb aytadur», – dedi. Ul vaqtda bechora singan boy ko‘b xafaliqdin o‘zining yirtiq va yomon qilingan libosini yirtib aytti: «Hech bir munga o‘xshash so‘zni eshitmoqqa qodir emasman, nima xohlasang ani qil», – dedi.
O‘shal vaqtda qarovul zindonni kelib qaradi, bechora xotun zindondin chiqmog‘ni fahmlab, oyog‘ uzasig‘a turub daf’atan qo‘rqub titradi. Zeroki, o‘shal vaqtda yuqorida zikr bo‘lg‘on katta qaroqchi tamomi besh zanjir ilan titrab, zanjirlarini shildiratib, bechora xotunni oyog‘iga bir narsani tashlabdur. Xotun enkayib qarasa, ikki kichkina nonni ko‘rub ko‘tarib olib ohistaliq ovoz ilan so‘radikim: «Bul tariqa rahmlik ishni qilg‘on odam kimdursan, albatta, o‘zing ko‘b bechorasan, ikki kun ichida sanga berilgan nonni o‘zing yemay, man bechora xotunga berasan, san qaysi dindasan, manga javob ayt, man saning Xudoyingni bilib, saning xususingda duo qilayin», – dedi. Ul qaroqchi aytti: «Ey xotun, manim ismimni va manim Xudoyimni so‘rama, san o‘z eringg‘a kelib, bechoralik ahvolotlaringni so‘zlashgan vaqtda tamomi so‘zlaringni eshitib sanga bo‘lg‘on katta avbolni fahmladim va saning xafaliq ahvoling manim qattig‘ ko‘nglimg‘a ko‘b ta’sir qildi, emdi bul ikki nonni olib ikki kichkina bolalaringg‘a bergin, ul bechoralar yig‘lamasunlar», – deb. Bechora xotun ul nonni olg‘on vaqtda aning eri ochliqidin bo‘ridek bo‘lub tishlarini shaqirlatib, ul ikki nonni olib tezlik ilan yovvoyi hayvondek yebdur. Bechora xotun muni ko‘rub yig‘lab, ko‘zini qo‘li ilan berkitib, tezlik ilan zindondin qochib chiqib o‘yladikim, manum erim bul tariqa qiyin ahvolot ilan manga to‘raga boring deb aytmasun dedi.
Kechqurun bechora xotun zindondin chiqib, zindon oldida to‘xtab fikr ayladi: «Emdi qayu yerg‘a boraman, agar bolalarimg‘a borsam, ul bolalar manim quruq qo‘l ko‘rub yanadin ko‘broq yig‘lasa kerak va agar kampir qaynonamni ko‘rsam, ul ham ko‘b haqorat so‘zlarni aytsa kerak». Bir marta ul kampir achig‘lig‘din aqli ketib shundoq degan edi: «Manim ilgarigi chiroyligim qayda, nima sababdin maningdek kampirni chiroyim yo‘q bo‘ldi, agar dengizda turadurgan ajdarho mani o‘z to‘shokig‘a chaqirgan bo‘lsa, o‘z o‘g‘limni va nabiralarimni ochliqdin xalos qilmoq uchun borar edim va manum kelinim shul tariqa yomon va qattig‘ko‘ngillig‘idin, albatta, la’natga mustahiqdur», – deb. Bul og‘ir xayolni o‘ylab bechora xotunni ko‘nglig‘a gumon tushdi. Agar manim kampir qaynonam shundoq deganda bo‘lak odamlar manga ishonmaydur, manim to‘rag‘a bormoqqa xohlamaslig‘im durustmu yo nodurustmu, emdi manim yosh bolalarim yalang‘och va och o‘lturub va kampir o‘lukka o‘xshash turadur, alar yotadurgan chodirg‘a bormoqqa toqatim yo‘q va kechasi sovuq va shahar ichida betinchlik, emdi nima qilaman deb o‘yladi.
Va ul betinchliqning sababi shul ekankim, o‘shal qaroqchining sheriklari har tarafdin kelib jam bo‘lub, mazkur shaharning ba’zi joylarida o‘g‘urliq qilib va odam o‘ldurub o‘z boshliqini ajratib ketmoq qasdida. Chunonchi, ul qaroqchilar rasmiy odamlarning libosini kiyib, kech vaqtda shahar ichig‘a zindon eshikini ochib olib ketmoqchi edi. Va zindon qarovuli ham bul xabarni uzun quloqdan eshitib qo‘rqar ekankim: «O‘g‘rilar bul kechasi kelmasmukin», – deb. Mazkur to‘ra ko‘b uzoq vaqt ul bechora xotunga umid­vor bo‘lub turub, emdi oxiri pushaymon bo‘lib amr qildi, shahar ichida va zindon atrofida navbat-banavbat qarovul yurib, har qayu nodurust va bekor odamlarni ushlab mahbus qilsun deb va bechora xotun bul ahvolotni fahmlab fikr qildi: «Kim manga ikki xil tashvish bo‘ldi, chunonchi, shahar ichida yursam, qorovul ushlaydur va o‘z chodirimg‘a bormoqqa qodir emasman», – deb. Ul xotun tezlik ilan shahar darvozasidin chiqib, bir qabristong‘a borib, anda ochuq qabrlar va qalin daraxtlar orasida kechani o‘tkazmoqqa niyat qildi va mazkur qabristonda bir taajjublik qabr bor edikim, bir dafn bo‘lingan odamning boshi qabrning ichidin tashqarida qolib, ba’zi odamlar qilg‘on savollarig‘a javob berar ekan va mazkur xotunning ko‘nglig‘a bir qiyos tushdikim: «Bir chuqurda yig‘ilib turgan suv yaxshimu yoki chuqurdan har tarafga oqadurgan va har xil odamlarg‘a foyda kelturadurgon suv yaxshimu?» – deb. «Manga shul tariqa xayolni ko‘b odam ayttilar, ushbuni tezlik ilan qabristong‘a borib, mazkur taajjublik boshdin savol qilib, aning javobig‘a muvofiq ish qilaman», – deb qabris­ton tarafig‘a ravona bo‘ldi.

TVG. 1904 yil 3 fevral. №5
______________________
Usmonli turkchadan bayoniy tarjima.