Quvada bir ajoyib odam bor. Uning xususida turli afsonalar yuradi. Sirtdan qaraganda hamma qatori bir odam, andak oqsoqlanib, hassaga suyanib yurishini aytmasa hech kimsadan a’lo joyi yo‘q: past bo‘yli, ixcham jussali, o‘rtamiyona odam. Boshqalardan farq qiladigan xususiyati ham sezilmaydi: yig‘inlarda, to‘y-ma’rakalarda el qatori odobu iffat ila o‘tirib-turadigan, hech kimdan salom-aligini uzmaydigan, yoqasiga chang yuqtirmay oppoq kiyinib yuradigan hokisor bir inson. Chekib, ichib yurganini ham birov ko‘rgan emas. Ammo uni tanimaganlar Quvada topilmas, muzofotda esa, kamdan kam bo‘lsa kerak, deb ta’riflaydilar.
Bu sipo kishi haqida orqavorotdan turli-tuman gaplar yuradi. Birov uni «qo‘yning og‘zidan cho‘p olmagan kishi» desa, boshqasi «Yulduzni narvonsiz uradigan» olg‘irlar qatorida sanaydi.
Ba’zilar: «O‘tirgan joyida ish yuritib, kesakdan olov, suvdan alanga chiqaradi. Bir qo‘lida tovuqqa don berib, ikkinchi qo‘lida tuxumini oladi, deb maqtaydi. «Birni ikki qilmagan kuni uxlamay bedor chiqadi…»
Bu gaplarga goh ishonib, goh ishonmay yurardim. Onda-sonda ko‘rishib qolsam ham unga go‘yo bir jumboq deb qarar, shunchaki bir salom-alik, xayr-xo‘sh bilan kifoyalanardim.
Zamona charxpalak bo‘lib, «bozor iqtisodiyoti» barchani babbaravar o‘z girdobiga tortayotgan kunlarda, jamiyatda «Ishbilarmonlar qaydasan?» degan savol berilayotgan paytda o‘sha «Yulduzni narvonsiz uradigan», «O‘tirgan joyida ish yuritib, kesakdan olov, suvdan alanga chiqaradigan», «Birni ikki qilmasa bedor tun o‘tkazadigan quvalik»ni esladim.
Esladim-u, albatta u bilan uchrashib, o‘sha afsonaviy jasorat bo‘lib ko‘ringan «ishbilarmonlik sirlari»ni bilishga oshiqdim.
Manzilga yetguncha yo‘l-yo‘lakay quvalik bir guruh donolar bilan uchrashdim. Ularning fikri men uchun bebaho topildiq bo‘ldi.
Yo‘limdagi birinchi bekat — Bekat qishlog‘i edi. Bu yerda zamonaviy dehqonchilikning otaxoni Musajon Sherbo‘tayev yashardi va Katta jamoa ro‘zg‘orini mohirona tebratib, mingquloqlik qozonni ustalik bilan qaynatardi. Bu sohada Musajon el og‘ziga tushgan maslahatgo‘y odam edi.
Musajon Sherbo‘tayevni odam tanigan va odam taniydigan dono oqsoqol deb ta’riflaydilar: «Ko‘chadan o‘tib borayotgan kimsaning kadam tashlashiga qarab turib, uning belida qancha puli borligini biladi. Notanish kishining ishiga qarab turib, o‘zi qanday inson ekanligini g‘oyibdan bexato tasvirlab beradi», deydilar. Men so‘rab bilmoqchi bo‘lgan odam to‘g‘risida esa, Musajon Sherbo‘ta o‘g‘li ming yillik tanish va sinashta kishiday hikoya qildi.
— Jamiyat tegirmonini ana shunday kishilar yurg‘iza oladi. Ularning davri endi ketdi, — dedi Sherbo‘tayev.
— Ey, avval siz uning qo‘yniga qo‘l solib ko‘ring,— dedi yosh bo‘lsa ham tumanda bir yuz qirq ming kishnga bosh bo‘lib turgan Muhammadjon Nosirov. — Ichi to‘la dard, tarixni tilga kiritadi.
Yoshlar nima der ekanlar? Ularning ham fikrini bilgim keldn. Farg‘ona viloyat komsomollarining sobiq rahbzrlaridan biri Abduhalil uchrab qoldi. So‘rasam, «Hozirgi pshbilarmonlarniig otasi o‘sha kishi bo‘ladilar, — dedi u. — Ko‘rgan ko‘rguliklariyu tortgan azob-uqubatlari ham bir dunyo! To‘g‘risini aytsam, hozirgi kun adabiyotiga qahramon kerak bo‘lsa, bundan boshqasini qidirmang! Sho‘ro zamoniga xos jami kerakli xislatu ziddiyatli qismatni boshidan o‘tkazgan shaxs shu kishi bo‘ladilar. U kishining jumboqlarini hali birov yechgani va sir daftarini hoch kim ochgani yo‘q. Sizga ochilarmikin-a?…
Nihoyat, u kishi bilan uchrashdim. Ismi Ibrohimjon. Otasining ismi Mirza Karim. Hamma uni Karimov deydi.
Karimovning daftari menga ochilarmikin?
Tergovchilaru prokurorlar uni tilga kiritolmaganlar, senga chikora. O‘ychi o‘yga yetguncha tavakkalchi manzilga yetibdi. Baxtash tavakkal.
Karimovning idorasi Quva shahar markazi bilan temiryo‘l bekati o‘rtasida Tosh yo‘l bo‘yidagi keng maydonga koshona qilib qurilgandi. Uzoqdan xuddi dengizdagi yolg‘iz kemaday gerdayib ko‘rinadi. Oldi gulzor.
Darvoza yonida beqasam to‘nli, boshida marg‘ilon do‘ppili, hrom etik kiygan, ammo, yaxshida yaroq yo‘q, deganday qurolsiz soqchi, qo‘llari ko‘ksida, tabassum bilan keldi-kettiga parvona edi. U meni ham ta’zim bilan boshlig‘i huzuriga boshlab kirdi.
Karimovning kabineti yumush bilan kelgan odamga to‘la edi. Ammo hech qanday gap-so‘zsiz ish bitardi. Kog‘oz uzatiladi. Qo‘l qo‘yiladi. Ba’zi ishlar ko‘z urishtirish bilan hal bo‘lyapti.
Kabinetga yoshgina, kelishgan, bashang yigit kirdiyu qo‘l qovushtirdi, Karimov «bo‘pti» deb qo‘ydi — uning ham ishi bitdi. Nima ish, qanday hal bo‘ldi — o‘zlariga ma’lum. Telefonda ham gapi qisqa: Ha… yo‘q… Kirdi-chiqdining keti uzilmasdi. Ha deganda menga navbat kelavermadi. Shu payt Abduxalilning gapi yodimga tushdi: «U kishining jumboqlarini hali birov yechgani va sir daftarini hech kim ochgani yo‘q. Sizga ocharmikin?» «Nahot shunday bo‘lsa?» U men bilan ham imo-ishorada ish bitirsa murodga yetolmasligimdan xavfsirab o‘tirdim.
Nihoyat, Karimov menga yuzlandi-da, gap qotdi:
— Ichkariga kira qolaylnk.
Dam olish xonasini bosib o‘tib, majlislar zaliga kirganimizda Karimov kotibasiga «men yo‘qman, kabinetda ham, telefonda ham», dedi-da, shoferini o‘z uyida kutishnn buyurdi. Ichidan qulflab qo‘yilgan xonada ikkimiz qoldik.
— Shu yerda xotirjam gaplashaylik…
Karimov xona devoriga qator terib qo‘yilgan stullarning birdaniga ikkitasini band qilib oqsoq oyog‘ini sinoqta hassasiga tirab oldi. (U dardmand oyog‘iga dam berish uchun shunday qilardi.) Bir qo‘lida do‘ppisini boshiga qulayroq o‘rnashtirib bosib qo‘ydi-da, mayin gap boshladi:
— Aqlimni tanibmanki, tinim yo‘q, tinchlik yo‘q. Hozirda esa, ayniqsa, qiyinlashib ketdi.
— Masalan?
Karimov qoshini chimirib qo‘ydi.
— E, siz so‘ramang, men aytmayin. Aytsam ado bo‘lmaydi, daftaringizga sig‘maydi bu dunyoning ishlari…
Karimov ixcham o‘tirib oldi.
— Odam boshi toshdap qattiq deganlaricha bor ekan. Buni o‘z qismatimda sinadim. Ne-nelarni ko‘rmadi bu so‘qqa boshim. O‘tda yondi, kuydi, ammo kul bo‘lmadi. Suvda g‘arq bo‘ldi, ammo cho‘kmadi, io‘qs.a nahanglarga yem bo‘lish hech gap emasdi. Kayg‘udan, alamdan ezildi yurak. Lekin qon bo‘lib ketmadi. Bo‘ynim egildi, bukildi, biroq sinmadi. Qancha-qancha fisqu fasot, ig‘vo, malomatlarga qoldim, lekin tushkun bo‘lmadim.
Hayot qarama-qarshiliklardan, kurashlardan iborat deganlari haqiqat ekan.
Nihoyat Karimovning sir daftari varaqma-varaq ochildi. Men uni oqqa ko‘chirdim, xolos.
Bu ajib voqealar bayonini qisqa boshlasam bo‘lardiyu, lekin men uni bir boshdan, voqeayu voqeliklarga to‘la bo‘lgan hayotim qay holatda kechganini ayggib o‘tgim kelyapti. Maylimi?