Hamid Alp. Maynagul (hikoya)

Gulbuloq kattagina qishloq. Serqatnov yo‘l ustida, tog‘u cho‘lga boruvchilar shu yerdan o‘tishadi. Yoshroq yo‘lovchilar qishloq oralaganda atrofga alang-jalang qarashadi. Nega deganda azaldan Gulbuloqning qiliqsigan qizlarining dong‘i ketgan. Vaqtida bu yerlarda vulqon qaynagan deyishadi, tup­rog‘i qizil, yashil, ko‘k. Balki, shu bois davomi…

Hamid Alp. Xapamat (hikoya)

Rang-barang mayda munchoqlardan o‘tovning qo‘r va tizmalariga o‘xshash gul va naqshlar solib to‘qilgan kashtali taqinchoq XAPAMAT deb atalardi. Qasaba, setira, latiba, baldoq kabi o‘zbek ayollarining qadimiy bezaklaridan biri. Janubiy viloyatlarda yashovchi qo‘ng‘irot momolari uni hali-hamon selpillatib ko‘kraklariga taqib yurishadi. Lekin davomi…

Hamid Alp. Shamg‘alat (hikoya)

Bu g‘aroyib hikoyani bir vaqtlar Sangardak tog‘­larida sayohat qilib yurganimda eshitganman. Buyuk Pomir bilan Hisor tizmalari tutashgan eng baland cho‘qqida turibman. Atrofni qurshagan ma­hobatli zovlar, oppoq sharsharalar, yam-yashil qo‘­riqlar, zangori zarangzorlar orasidagi ko‘hna qish­loqlar, ho‘kiz bilan qo‘sh haydayotgan kishilar, o‘roq davomi…

Hamid Alp. Ayol va ilon (hikoya)

Rassomning toqqa kelganiga hafta bo‘ldi. Ammo chizishni boshlashga hali kirishgani yo‘q. Uskunasi oldida bo‘yoqlar terilganicha, ilk tasvir qog‘ozi – eskiz esa oppoqligicha turibdi . Gap uning ko‘p yillardan beri yaratishni o‘ylab qo‘ygan, durdona bo‘lmasa hamki, bosh asari g‘oyasini chizishni dilida davomi…


Maqolalar mundarijasi