G‘afur G‘ulom. Qayda baxt (komediya)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» tsingari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
I bo‘lim Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakoy choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi. Uzun rasta, davomi…
Yozning qiziq kunlari. Egnimda yelvagaygina, ko‘ksi ochiq, yoqasiga pilta otgan surp yaktak. Boshimda chust do‘ppi, belimda shohi qiyiq, oyog‘imda nimposhna xrom etik. Uzun, tor bog‘ko‘chalarning birida ketmoqdamay. Zeriktiruvchi tuproqli ko‘cha jimjit. Daraxtlarning soyasi o‘z atrofidan bir qadam nariga siljimay tik davomi…
Savr oylarining uzluksiz yomg‘irlari ko‘katlarni qulog‘idan tortib chiqargan. Havo musaffo. Quyosh yig‘ilar so‘ngidan kulgan qiz kabi shabnamli kipriklari bilan ko‘k o‘rtasidan mo‘ralaydi.Navro‘ziy bedanalarning paydar-pay sayrashlari ko‘klam keliniga: «Xushvaqt, xushvaqt…»—deb chuchut otadi.Qish bo‘yi to‘kmada qo‘r to‘kkan yigitlar kurash olg‘uday bir maydon davomi…
Bir tancha bo‘lib gurunglashib, g‘o‘za chuvib o‘ltirgan qiz-juvonlar qo‘yarda-qo‘ymay Sarvar xoladan o‘tgan gaplardan hikoya so‘ylatmoqchi bo‘ldilar. Sarvar xola qo‘lidagi ko‘sakning og‘zini yorar ekan, javob kutib tikilgan juvonlarga qaradi-da:— Qurib ketsin o‘sha bema’ni gaplar, ishlaringizni qilsalaring-chi, aylanaylar,— dedi. Bunga Mukambaroy unamay:— davomi…
Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil — o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetimdan xabar olib turishga katta onam — onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» davomi…