Asad Dilmurod. Oqbadan parivash nigohi (hikoya)
Arxeologik qo‘riqxona sanalmish qadimiy Afrosiyob xarobazorini kechayu kunduz qo‘riqlovchi afsungar: sochlari to‘lin oy shu’lasidek shokila-shokila oqbadan parivash!.. Yuragi tig‘ tilgandek simillab sanchayotgan Zarina yonida tizzalagan yolg‘iz o‘g‘li – Arslon burji ostida tug‘ilgan Sevinchakning bo‘y-basti va marhum eri Hikmat Roziqning dahliz davomi…


Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarkand viloyatining Urgut tumanidagi Qoratepa kishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1971). Ilk hikoyalar to‘plami — «Osmonning bir parchasi» (1978). «Tosh burgut» (1979), «Sirli zina» (1980), «Sherdor» (1986), «Mulk» va «Girih» (1989), «Tog‘lar, sukut saqlamang» (1987), «Oq ajdar sayyorasi» (2000), «Mezon burji» (2007) qissalari, «Afrosiyob sukunati» (1983), «Ko‘chki» (1991) kabi kitoblari nashr etilgan.«Mahmud Torobiy» (1998), «Fano dashtidagi qush» (2001), «Pahlavon Muhammad» (2006) singari romanlar muallifi.