Yoqubbek Yakvalxo‘jayev. Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq (1990)

Har qanday asar kitobxonda muayyan taassurot qoldiradi. Kitobxon yozuvchi tasvirlayotgan voqealarga ishonishi yoki ishonmasligi, e’tiroz bildirishi yoki undan qoniqmasligi ham mumkin. Erkin Samandarovning «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» romani shu jihatdan kitobxonda birmuncha yaxshi taassurot qoldiradi va munozarali fikrlarni uyg‘otadi, e’tirozlarga ham davomi…

Aleksandr Faynberg. Kelajakni o‘ylab (1989)

Oldindan aytib qo‘ya qolay, O‘zbekistonda hayoti kechayotgan har bir odam respublika tub aholisining milliy tilini o‘rganishi kerak, deb fikr bildirayotganlarning so‘zlariga to‘la qo‘shilaman. Lekin shu bilan birga ko‘nglimda tug‘ilgan ba’zi fikrlarni ham aytishim zarur, deb bilaman. Milliy munosabatlar masalasida til davomi…

Yangilanish umidi (davra suhbati, 1990)

O‘zbek adabiyotshunosligining buguni va kelajagi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Quyida e’tiboringizga havola qilinayotgan suhbatda O‘zbekiston Fanlar dorilhikmasi Til va adabiyot institutining yosh olimlari ishtirok etadilar. Suvon Meli, filologiya fanlari nomzodi: — Ilm-fan nisbatan qotib qolgan soha. Bu ayniqsa turg‘unlik davrida yanada gazak davomi…

Husan Maqsudov. So‘zchi holin boqma, boq so‘z holina

Biz kunda minglab so‘zlarni ishlatamiz, gohida turli maqol va topishmoqlar aytamiz. Ammo ko‘pchiligimiz doim ishlatib yuradigan so‘zlarimiz ma’nosini bilmaymiz, ehtimol, bilishga intilmaymiz. Quyida kunda-kunora iste’foda qilinadigan ayrim so‘zlarning etimologiyasi (kelib chiqishi) xususida so‘z yuritamiz. Anor va qozon Jahon Otin Uvaysiyning davomi…

Muhammad Ahmedov. Maqollar — javohirlar (1990)

Xalqimiz asrlar davomida yaratgan rang-barang doston, ertak, qo‘shiq, afsona, rivoyatlar singari maqol va matallar ham milliy og‘zaki ijodning eng qadimiy noyob durdonalaridan hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida og‘izdan-og‘izga, nasldan-naslga ko‘chib, pishib, xalq donoligini o‘ziga singdirib, yanada sayqal topib kelgan bunday tafakkur davomi…

Norboy Xudoyberganov. Dardning davosini izlaylik (1989)

Yaqinda Toshkent davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilariga hozirgi o‘zbek adabiyoti haqida ma’ruza qilishga to‘g‘ri keldi. Gapning ochig‘i, ma’ruza oldidan bir oz hayajonlandim. O‘zingiz o‘ylang: rus tili va adabiyotidan bo‘lg‘usi mutaxassislar o‘zlari o‘qib, yashab turgan joyga mansub yozuvchilarning davomi…

Nuriddin Muhitdinov. Usmon Yusupov (1992)

Ko‘plar Usmon Yusupovning millati va ijtimoiy kelib chiqishi bilan qiziqishadi. Uning onasi Oyniso opa — o‘zbek, toshloqlik hunarmand-to‘quvchining qizi bo‘lgan. Otasi Yusuf aka esa — tojik, Kaptarxonadagi vaqf yerda batraklik qilgan. Usmon Yusupov 1900 yilda tug‘ilgan. Ota-onasi farzandimiz xalifa Usmonday davomi…

Umarali Normatov. Toshqin paytidagi sokinlik (1989)

Aprel oyining oxirida Qo‘qon shahrida studentlarning o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha an’anaviy rvspublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Bu — Butunittifoq miqyosida «Student va ilmiy-texnik progress» shiori ostida o‘tadigan tadbirning bir qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Avvallari bunday tadbirlar universitet va pedinstitutlar davomi…

Asad Asil. Umrni uvol qilmang!

Dono xalqimizning hayotdan kelib chiqib to‘qigan sermazmun maqol va matallari bis­yor. “O‘tgan kuningni unutma, xom chorig‘ingni chiritma…” Sal dag‘alroq bo‘lsa ham bu topilma aynan haqiqatning o‘zi. Hayot sinovlaridan o‘tmay, boyvachcha ota-bobolarining erkatoyi bo‘lib o‘sgan, halol non topish mashaqqatini boshidan kechirmagan davomi…