OTOIYNI O‘QIGANMISIZ?
Oltmish uchinchi yilning bahor oylari edi. Sharq shunoslik institutining dastxatlar xazinasidan qo‘l yozma olib, qiroatxonada o‘tirgan edim. Soat o‘n birlarga yaqin chap qo‘lida bir kitobni ko‘kragiga bosibroq ushlab olgan (keyin bilsam, shu qo‘li urushda yaralangan ekan) ko‘zlari chaqchayib turgan, ko‘rinishda hamisha jonsarakday, baland bo‘yli, barvastaroq 45-50 yoshlardagi odam kirib keldi.
U mening o‘ng tomonimdagi stulga o‘tirib, kitob mutolaa qila boshladi. Bir oz o‘tgach, qo‘qqisdan:
– Mulla, qaysi institutda ishlaysiz? – deb so‘rab qoldi.
– O‘qiyman, Nizomiy nomidagi pedinstitut as pirantiman.
– Rahbaringiz kim, mavzuingiz nima?
Ilmiy rahbarimni aytdim.
– “Shoh noma”ning o‘zbekcha tarjimasi haqida il miy ish yozmoqchiman.
– Nega u kishi sizga rahbar bo‘ladi? U manbashunos emas, eski dastxatlarni o‘qiy olmaydi.
– Yo‘g‘-e, nega bunday deysiz? Aspiranturaga kirish paytida meni Navoiy ruboiylarining qo‘lyozmasidan o‘qitib ko‘rganlar.
– Bilmadim. Bo‘lsa-bo‘laversin. Ammo u kishi Ahmad Yassaviyni “mistik shoir” degan. Bu noto‘g‘ri, – dedi jahl bilan.
– Ha, aytmoqchi, Otoiyni o‘qiganmisiz? – yana ga pida davom etdi suhbatdoshim.
– O‘qiganman. Uning she’rlar devonini Ergash Rustamov nashrga tayyorlagan.
– G‘azallaridan yod bilasizmi?
– Bilaman!
– O‘qing-chi?
– Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
– Yana o‘qing!
– Qoshlaring yosin Otoiy ko‘rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surai Yosin o‘qir.
– Ana shu Ergash Rustamov biz bo‘lamiz, mulla.
Shu-shu Ergash aka bilan do‘st bo‘lib qoldik. Olim 50-yillarning boshlaridan o‘zbek adabiyotining hali kam o‘rganilgan davri – XV asrning birinchi yarmidagi o‘zbek she’riyatini tadqiq etish bilan jiddiy shu g‘ullana boshladi. Natijada “O‘zbek adabiyotida mu nozara janri va uning tarraqqiyotida Yaqiniyning o‘r ni” nomli yirik tadqiqot yuzaga keldi. Unda mu nozara janrining o‘ziga xos tabiati, san’atkor g‘oya viy niyatining majoziy timsollar orqali badiiy ifodalanish sehri teran ilmiy tahlil etilgan. Ayrim adabiyotshunoslarda munozara o‘zbek adabiyotiga arab hamda fors-tojik adabiyotidan o‘tgan, degan aqida bor edi. Ergash Rustamov Mahmud Koshg‘ariyning “De voni lug‘otit turk” asari hamda boshqa dalillarga asoslanib, o‘zbek adabiyotidagi bu janrning ildizi xalq og‘zaki ijodiga borib taqalishini asoslab, is botlagan.
U juda tezkor, shoshilib yurar, tez-tez gapirar, shiddat bilan ishlardi.
O‘sha yillari Ergash aka ko‘hna dastxatlarni nuk tadonlik bilan o‘rganib, Otoiy, Lutfiy, Sak ko kiylar she’riyatining asl nusxalari asosida iz lanishlar olib bordi. Ana shu zahmatkashlik mahsuli o‘laroq Otoiy devonining ilk nashri yuzaga keldi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur davrda o‘zbek matnshunosligi hali katta tajribaga ega emas edi. Shu tufayli klassik matnlar nashrida ko‘p nuqsonlarga yo‘l qo‘yilib, matbuotda turli bahslar paydo bo‘lar edi. Otoiy devonining mazkur nashri har jihatdan mukammal, tanqidiy matnga yaqinligi bilan ilm-adab ahlining e’tirofiga muyassar bo‘ldi. Unda noshir shoir ijodiy biografiyasini noyob manbalar, tazkiralarga asoslangan holda yaratishga erishgan; g‘azallarning o‘q mavzusi, obrazlar silsilasi, g‘oyaviy yo‘nalishini aniq ko‘rsatib bera olgan. Xususan, Otoiy g‘azallaridagi ishq ko‘p qirrali ekanligiga olimlar diqqatini jalb etib, lirik qahramon ruhiy olami masalasi yaxshi tahlil qilingan. Nashr oxirida g‘azallarda uchraydigan nomlar, atama, ibora va qiyin tushuniladigan so‘zlar izohi berilgankim, ular oddiy kitobxongagina emas, balki mumtoz she’riyat tahlili bilan mashg‘ul ilmiy xodimlarga ham katta ma’rifat beradi. Xullas, lug‘at va izohlar ham noshirning chuqur ilmiy salohiyatidan darak berib turadi.
ZAHMAT ZINAPOYaLARI
Kunlardan bir kuni qizg‘in, suhbat asnosida:
– Ergash aka, siz asli qayerliksiz? – deb so‘rab qoldim.
– Ha, sizga mening qayerdanligim nega kerak bo‘lib qoldi?
– Shunday, o‘zim bilib olay devdim, ustoz-sho girdday bo‘lib qoldik.
U kishi: – Men o‘zbekman, – dedilar-da, o‘z sar gu zashtlarini gapirib berdilar: – Men 1925 yili Chim kent viloyatining Sayram tumanida dehqon oila sida dunyoga kelganman. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng bir oz vaqt kolxozda traktorchilik qildim, o‘zga yurtlarni kezib chiqdim; bir necha yil Tojikistonda yashadim; ikkinchi jahon urushida qatnashib, 1943 yili chap qo‘lim nogiron bo‘lib qaytdim. ToshDUning Sharq fakultetini tugatgach, Moskvadagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil ko‘rdim va 1959 yili nomzodlik desertatsiyasini himoya qildim. 1964 yilgacha shu institutda ilmiy xodim vazifasini o‘tadim. Moskvada tinimsiz mehnat qilishga, vaqtni qizg‘anishga to‘g‘ri kel di. Natijada Bertels domla saylanmasining 4-jildi – “Jomiy va Navoiy”ni mu kammal izohlari bilan nashrga tayyorladim; “O‘n beshinchi asrning birinchi yarmidagi o‘zbek she’riyati” nomli risolamni nashr ettirdim. Bu yillar mening ijodimda eng mashaqqatli va sermahsul yillar bo‘l di. Zeroki, men o‘zbek adabiyotining hali o‘rga nilmagan davri haqida birinchi sarchashmalardan ko‘plab dalillar to‘pladim, yangi dastxatlarni qo‘l ga kiritdim. Arab va fors-tojik adabiyoti buyuk siymolari ijodini o‘zbek she’riyati bilan qiyosiy-tipologik tahlil uchun mukammal o‘rganib chiqdim. Bu yog‘ini o‘zingiz ko‘rib-bilib yuribsiz.
Haqiqatan ham, Ergash Rustamov 1964 yildan bosh lab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va ada biyot institutining klassik adabiyot bo‘limiga ishga o‘tdi. Tinib- tinchimas olim o‘zi tanlagan mavzuga sodiq qolib, XV asrdagi o‘zbek she’riyatini janr, tema, obrazlar tizimi, g‘oyaviy yo‘nalish, san’atkorlik ma horati, ayrim an’anaviy timsollaru badiiy un surlar jihatidan arab hamda fors-tojik adabiyoti bilan atroflicha qiyosiy o‘rganishga kirishdi. Endi u kishini har kuni Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qiroatxonasidan topardingiz. Hamon u ko‘hna dastxatlarga mahliyo; hali qarasangiz qo rilardek hikmat o‘qiyotgan, boshqa bir kun qarasangiz Gadoiy devonidan mumtoz bir baytni ko‘chirib olayotgan yoki Sakkokiy qasidalarini Sharqning boshqa mashhur qasidanavis shoirlari asarlari bilan qiyoslayotgan bo‘ladi yo bo‘lmasa, Yassaviy hikmatlarining dastxat va nashriy nusxalarining solishtirma mutolaasi bi lan band bo‘lardi.
Olimning bir necha yillik mehnatining mahsuli bo‘lmish “O‘n beshinchi asrning birinchi yarmidagi o‘z bek she’riyati” kitobi ko‘p jihatlari bilan ada biyotshunoslarning diqqatini o‘ziga tortdi. Dastlab shuni ta’kidlash kerakki, tahlilga jalb etilgan dalillar – asarlarning barchasi turli dastxatlar xazinalaridan yangi topilgan kashfiyotlar edi. Ik kinchidan, nozikbin matnshunos har bir asarning mavzu, mundarija, g‘oyaviy yo‘nalishini ko‘zdan kechirar ekan, ularni qay yo‘sinda, qanday libosda, uslubda tasvirlanganligiga – san’atkorlik mahoratiga e’ti bor bergan. Uchinchidan, o‘zbek g‘azaliyoti arab, fors-tojik hamda turk adabiyotlari bilan qiyosiy-tipologik usulda tekshirilar ekan, o‘zaro ta’sir, sayyor syujet, timsol va mavzularni an’ana va o‘ziga xoslik qonuniyatidan kelib chiqib baholagan. Va nihoyat, Ergash Rustamov ushbu asarida hamkasblari orasida birinchi daf’a o‘zbek mumtoz she’riyatiga xalq og‘zaki ijodi asarlarining barakali ta’sirini sinchkovlik bilan tekshirgan va jiddiy ilmiy xulosalar chiqargan. Uning bu boradagi nazariy mulohazalari keyinchalik do‘stlari va shogirdlariga qo‘l keldi.
1967 yilning mart oyi kunlaridan birida Er gash aka ishlaydigan bo‘limga kirib borsam, domla nimanidir yozib o‘tirgan ekan. Salom-alikdan so‘ng:
– Avtoreferatim chiquvdi, sizga olib keldim, – dedim.
– I-ye, referatingiz ham chopqillab chiqa qol dimi? – miyig‘ida kuldi Ergash aka.
– Siz fotiha bergandan keyin chiqadi-da, – dedim bir oz sergaklanib.
– Bo‘pti, ko‘rib chiqaman, – deb avtoreferatni olib qoldilar.
Besh kun o‘tgach, institut yo‘lagida tursam, Ergash aka ko‘chadan kirib keldi. Salomimga alik olgach:
– Mana taqriz. Buni siz uchun ham, ustozingiz uchun ham emas, ilmingiz uchun yozdim, – dedi. Taqriz lo‘nda, ammo g‘oyatda samimiy, ilmiy teran yozilgandi. U kishining tezkorligiga qoyil qoldim.
Darvoqe, Ergash akaning betinim zahmatining hu dudi yo‘q edi. Bu orada u “O‘zbek qomusi”ga maqolalar yozdi; besh jilddan iborat “O‘zbek adabiyoti tarixi”- ni yaratishda ishtirok etdi. Olim o‘sha yillardayoq boy adabiy merosimizni “diniy mistik adabiyot”, “feodal-klerikal adabiyot” deb chiqitlarga chiqazib o‘rganishga qarshi chiquvdi. Ana shu aqidalarga so diqligi tufayli dastlab “Ahmad Yassaviy” de gan maqolasi “Toshkent oqshomi” gazetasida, so‘ng ra “Ahmad Yassaviy hik matlarida tarix va hayot sa dosi” “O‘zbek tili va adabiyoti” (1972,4-5-6 son lar) jurnalida bosildi. Olimning har bir ma qola va tadqiqotida o‘ziga xos kashfiyot, yangilik bo‘l ganidek, bu yerda ham Yassaviy shaxsiyati, ilmiy, adabiy muhit, hikmatlarining mohiyati xolis, teran tekshirilgan; ayrim hamkasblarining Yassaviyni “mis tik”, “tarkidunyochilik g‘oyasini targ‘ib etgan” degan fikrlarining asossiz ekanligini isbotlagan; hik matlarning irfoniy, ma’rifiy mohiyatini to‘g‘ri ko‘rsatgan. “Biz bu maqolani yozishda, – deydi muallif, – birinchi galda Ahmad Yassaviy yashagan tarixiy sharoit va hayotni o‘zida aks ettirgan hikmatlarni tahlil etishga, ularning tarixiy, adabiy, falsafiy ildizlarini aniqlashga harakat qildik” (O‘sha jurnal, 4-son, 21-sahifa). Kommunistik mafkuraning “har bir milliy madaniyatda ikki xil madaniyat bor” degan aqidasi hukmfarmon bo‘lgan bir davrda shoir hikmatlarining “falsafiy ildizlarini” aniqlamay turib, uni to‘g‘ri anglash mumkin emasligini dadil aytish katta jasorat edi.
Shundan so‘ng olimning “Bertels domla”, “Lut fiy”, “Sakkokiy” singari bir necha mutlaqo yangi yo‘ nalish va qarashlar asosida yozilgan maqolalari e’lon qilindi. “Malikul kalom” Lutfiyning ijodi filologiya fanlari doktori S.Erkinov hamda fi lologiya fanlari nomzodi Erkin Ahmadxo‘jayevlar tomonidan xiyla puxta o‘rganilgan. Ergash Rustamov esa shoir lirikasining xalqona ruhi va sehrini alohida nuktadonlik bilan tahlil qilgan.
Ma’lumki, Sakkokiy she’rlari sharqshunos Q. Munirov tomonidan nashr ettirildi, majmuayu dars liklarda shoir ijodidan namunalar keltirilib uning g‘azal va qasidalari u yoki bu darajada tahlil qilindi. Ammo shoir asarlarining har tomonlama chuqur tahlili Ergash Rustamov qalamiga mansub. Chunki olim “Sakkokiy” maqolasida birinchi manbalar asosida shoir hayoti va ijodiy biografiyasini tik lashga intilgan, g‘azallarini tematik, g‘oyaviy yo‘-nalish va bidiiylik jihatdan yaxlit tahlil etgan, shoir ijodida Hofiz Sheroziy an’anasini ishonarli misollar orqali ko‘rsatgan. Eng muhimi, nuktasanj olim Sakkokiyning ikki qasidasini tahlil etar ekan, ular syujet, tuzilishi tarkibi (nasib, gurezgoh, madh) jihatidan Sharq qasidachiligining barcha talablariga javob berishini ko‘rsatgan. Qasidalarda tilga olin gan tarixiy shaxslar – Ahmad Hojibek, Xoja Ahmad, Xoja Muhammad Porsoning hayoti va madaniy-ada biy hayotda tutgan mavqei xususida kitobxonlarga batafsilroq ma’lumot beradi. Jumladan, Sakkokiy qasidalarida vasf etilgan “Xoja Muhammad Porso naqshband sulukiga mansub bo‘lib, zamonasining fo zil kishilaridandir. Uning o‘sha vaqtda juda shuh rat qozongan ajoyib kitobxonasi bo‘lgan. Sar chash-malarning guvohlik berishicha, bu kitobxona Boy sunqur kitob xazinasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turgan”, – deb ta’kidlaydi olim.
O‘ZBEKNING FIDOYI FARZANDIMAN
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Ergash aka yaqin o‘n besh yillik kuzatishlarini saralab-yakunlab “O‘n beshinchi asr o‘zbek she’riyatini boshqa Sharq xalqlari (arab, fors, turk) adabiyotlari bilan qiyosiy o‘rganish” degan nom bilan doktorlik dissertatsiyasi sifatida rasmiylashtirib, himoyaga taqdim etdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi tarix, til va adabiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasi beradigan ixtisoslashgan kengashda ishning himoyasi bo‘ldi. Rasmiy va norasmiy hakam sifatida so‘zga chiqqanlar mazkur tadqiqotning ilmiy-nazariy qimmatiga yuksak baho berdilar.
Raislik qiluvchi E. Rustamovga so‘z berdi. U odatdagidek yuragi hapqirgan, olovday yonib turgan bir tarzda shiddat bilan minbarga yaqinlashdi:
– Aziz do‘stlar, men o‘zbekning bir fidoiy far zandiman. Bu ishga mening yigirma yillik umrim ketgan. Uni yaratguncha men ne-ne dastxatlarning changini yutmadim deysiz… Hammangizga tashakkur.
Keyin domla Moskvaga qulog‘i ding bo‘la-bo‘la kasallanib qoldi. Savil qolgur diplom kelganda esa, huzurini ko‘rmay olamdan o‘tdi.
Ba’zi hamkasblarning salohiyatiga mensimay qarashi, tadqiqotlari qadrini astoydil e’tirof et masligi, tahlilga jalb etgan dalillariga ishon qiramasligi ham Ergash akadagi qaysarlik, o‘zbek adabiyoti tarixiga oid ilmiy ish faqat birinchi manbalarga asoslanishi lozim, ilm vagoniga “chiptasiz chiqmaslik” kerak, degan aqidasining natijalari edi. Aslida u chin olimni qadrlaydigan, iqtidorli, fidoiy yoshlarning peshonasini silab, yelkasiga qo-qadigan rahnamolardan edi. Mana, safdoshlari, hamkasblari u kishi haqida nima deydi:
Akademik Aziz Qayumov:
– Ergash Rustamov tinimsiz ishlaydigan olim edi. Unga ikki buyuk insonning – Bertels domla, G‘afur akalarning nazari tushgandi. Moskva ilmiy safarida bo‘lgan kezlarida sharqshunos Ye.S.Bertels maslahati va rahnamoligida ishlagan. E.Rustamov 1959 yili Otoiy devonini chop etdi. Bir mashhur tilshunos matbuotda katta maqola e’lon qilib, noshirni shoir taxallusini noto‘g‘ri yozishda aybladi. Shunda G‘afur G‘ulomning “Atoiy emas, Otoiy” maqolasi e’lon qilindi. Ustozning bu daldasi Ergash Rustamovga qa not baxsh etdi.
Filologiya fanlari doktori, professor I.Abdul layev:
– Biz ToshDUning Sharq fakultetida Ergash aka bilan bir vaqtda o‘qiganmiz. Dorilfununda, moddiy jihatdan qiynalib bo‘lsa ham, zo‘r o‘qidi. Forsiy tilni mukammal bilgani, ilmga jiddiy tirmashgani uchun yaxshigina manbashunos bo‘lib yetishdi. Shuning uchun ham u kishining risolasiyu maqolalari asl sarchashmalar asosida yozilgan. Ergash aka eng murakkab davrda Yassaviyning ijodiy biografiyasini yaratdi. “Devoni hikmat”ning asl mohiyatini ilm-adab ahliga to‘g‘ri ko‘rsatib bergan.
Filologiya fanlari doktori E.Karimov:
– Ergash aka tug‘ma olim, nuktafahm matnshunosu manbashunos edi. U ilm fidoiysi edi, shu yo‘lda o‘zini ado etdi.
Ergash aka zo‘r kitoblar yozdi, sara maqolalar bit di. Mana, chorak asrdan ziyod vaqtdan beri ulardan qanchadan-qancha tolibi ilmlar, adabiyot muhiblari bahramand bo‘lib, muallif nomini yaxshilik bilan eslab yuribdilar. Bu eng buyuk mukofot. Zero, shoir aytmoqchi, halol, yaxshilik bilan yashagan odam ana shu yaxshiliklari bilan tiriklar tilida hamisha zikr etilib, barhayot yuradi.
“Yoshlik” jurnali, 2011 yil, 9-son.