Estetik ideal o‘tgan asrning 80-90 yillarida adabiyotimizda o‘z o‘rni va ovoziga ega A’zam O‘ktam asarlarida yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi va shakllandi. Shoirning “Kuzatish”, “Kuzda kulgan chechaklar”, “Ziyorat”, “Qirqinchi bahor”, “Saodat manzili”, “Osmon olis”, “Sahar vaqti yurak yig‘lar” singari to‘plamlari va “Xabar” qissasi lirik qahramon estetik ideali qiyofasini belgilab beradi. Monografiyada shoir estetik idealini ochuvchi “oshiq”, “ma’shuqa”, “raqib” va “do‘st” obrazlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Ilmiy tadqiqotdan shu sohada izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurti talabalari hamda adabiyot ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.
Ilmiy rahbar: Habibulla JO‘RAEV, filologiya fanlari doktori, professor.
Mas’ul muharrir: Mo‘minjon SULAYMONOV , filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar: Muhayyo YO‘LDOShEVA, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Komiljon ABDULLAEV, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.