Shamsuddinxon Boboxonov. So‘nmas ziyo

Shamsuddinxon Boboxonov. So‘nmas ziyo. Shayx Ziyovuddinxon hazratlarining hayot va faoliyatlari / So‘zboshi: A. Bahromov; Mas’ul muharrir: A. Mansur. — T.: «Ma’naviyat», 1998.

Dunyoda shunday insonlar bo‘ladiki, ularning qalbini hamisha iymon yog‘dusi yoritib, irodalarini e’tiqod bardam qilib turadi. Ana shunday kishilar bois insoniyatning eng noyob qadriyatlari davr bo‘ronlaridan omon qolib, avloddan avlodga yetib boradi. Millatimizning bugungi kunda jahon e’tirof etib turgan madaniy, tarixiy, ilmiy merosining minglab yillar mobaynida bezavol yetib kelishida bunday fidoyi insonlarning xizmati benihoya kattadir.
Ziyovuddin qori Eshon Boboxonov ana shunday jonkuyar insonlardan biri edi. U kishi eng yuksak insoniy axloqqa zamin bo‘luvchi diniy merosimizni, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband kabi allomalarimiz merosini ancha murakkab bo‘lgan zamonlarda ommalashtiribgina qolmay, millatning jipsligi, turli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida tinchlik, o‘zaro hamkorlik ishiga ham munosib hissa qo‘shdi.
Ushbu kitobda ana shu zotning hayoti va faoliyati haqidagi g‘oyat maroqli va ibratli voqealar bilan tanishasiz.

MUNDARIJA

Muqaddima
Tabarruk ajdodlar xonadoni. Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
Yosh faqih
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari dnniy boshqarmasining ta’sis etilishi
Shayx Ziyovuddinxon – O‘zbekiston qozisi
Muqaddas Qur’oni karimning nashr qilinishi
Xorijdagi dindorlar bilan aloqalarning rivojlanishi
Vatanimiz musulmonlari hayotida haj ibodatining yangidan tiklanishi
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon — O‘rta Osiyo na Qozog‘iston musulmonlari dnniy boshqarmasi raisining o‘rinbosari
Shayx Ziyovuddinxon — O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va muftiysi
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida tashqi aloqalar bo‘limining tuzilishi
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari — Islom konferentsiyasi va uchrashuvlarining tashkilotchisi va qatnashchisi
1978 yilda Karachida bo‘lib o‘tgan 1 Osiyo musulmonlari konferentsiyasi
Jazoirdagi «Islom fikri» yillik ilmiy uchrashuvlar
«Imom al-Buxoriy va hozirgi zamon» konferentsiyasi Xorijiy mamlakatlardagi konferentsiya va anjumanlardagi ishtiroki
Muftiy Ziyovuddinxon — Butun dunyo masjidlar bo‘yicha oliy kengashning a’zosi
XV hijriy asr — tinchlik va xalqlar o‘rtasida do‘stlik asri bo‘lishi kerak
1980 yilgi Toshkept konferentsiyasi
Musulmonlar tinchlik uchun kurashda
Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning konferentsiyaga tabrigi
1952 yilgi Zagorsk konferentsiyasi
Muftiy Ziyovuddinxon — Butunjahon tinchlik qo‘mitasi a’zosi
1969 yilgi Zagorsk konferentsiyasi
1970 yilgi Toshkent konferentsiyasi
Butunjahon dinlararo Moskva konferentsiyasi (1977 yil)
1982 yilgi Moskva Butunjahon konferentsiyasi
Xotima o‘rnida
Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazrati oliylari haqida xotiralar
Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlarining turli joylarda qilgan va’zlari
Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari ijodidan namunalar